-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Ғўбдин тоғи ландшафтларида чўлланиш жараёнини таянч - тажриба участкалар ёрдамида баҳолаш ва карталаштириш
Монографияда Нурота тоғлар тизимидаги Ғўбдин тоғи ландшафтларида рўй бераётган чўлланиш жараёнини таянч-тажриба участкалар ёрдамида ўрганиш масалалари бағишланган. Нашрда чўлланиш жадаллиги, мониторинг майдончаларини ташкил қилиш, табиiy ресурслардан фойдаланиш ва турли масштабдаги чўлланиш карталарини тузиш методикаси ёритилган.
-
Табиий география ва геоэкология назарияси
Монографияда Марказий Осиёда илк бор умумгеография, жумладан Табиий география ва Геоэкологиянинг фундаментал назарий асосларига доир муаммолар ва уларнинг ечимига оид қарашлар монографик тарзда таҳлил қилинган. Унда табиий географик қарашларнинг пайдо бўлиши, ривожланиши, ҳозирги ҳолати ва келажак истиқболлари ўзига хос равишда ёритилган.
-
Nutq madaniyati va notiqlik san'ati
O'quv qo'llanmada nutq madaniyati, nutqning kommunikativ sifatlari, til va nutq, adabiy til kabi masalalar haqida fikr yuritiladi. Nutq madaniyatiga oid nazariy ma'lumotlar amaliy mashg'ulotlar bilan mustahkamlanadi, xalq og'zaki ijodidan namunalar keltiriladi. Shuningdek ishda notiqlik san'ati tarixi haqida ham ma'lumot beriladi.
-
Toponimika: “Geografiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo'nalishi talabalari uchun darslik
Kitobda toponimikaning asosiy yo'nalishlari bo‘yicha hozirgi zamon tushunchalari bayon etilgan. Toponimikaning fanlar tizimida tutgan o'rni aniq belgilangan, sohaga oid ilmiy izlanishlar tarixi, fanning o'ziga xos xususiyatlari va tadqiqot metodlari aniqlangan. Darslik oliy o‘quv yurtlarining tegishli bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallab tayyorlangan.
-
O'ZBEK NUTQI MADANIYATI VA USLUBIYATI
Mazkur uslubiy qo'llanma bakalavr va magistr talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, o'zbek nutqi madaniyati va uslubiyati asoslari, notiqlik san'ati tarixi hamda nutq madaniyatining lisoniy va nazariy masalalarini o'z ichiga oladi.
-
Sotsiolingvistika
Mazkur o‘quv qo‘llanmada “Sotsiolingvistika” fanini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan asosiy mavzular berilgan bo‘lib, fanning o‘rganish predmeti, maqsad va vazifalari, shakllanish tarixi, sharq va g‘arb mutafakkirlarining sotsiolingvistik qarashlari yoritilgan. Qo‘llanmadan filologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari, magistrantlar, tadqiqotchilar hamda professor-o‘qituvchilar foydalanishi mumkin.
-
Sotsiolingvistika atamalarining izohli lugʻati
Ushbu lugʻat sotsiolingvistik tadqiqotlarda faol qoʻllanib kelayotgan 900 ga yaqin atamani qamrab olgan. Lugʻatga kirgan atamalar tilshunoslikka oid lugʻatlar, tadqiqotlar hamda internet nashrlaridagi ishonchli manbalarga tayangan holda izohlangan. Asar tilshunoslar, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, pedagog-o‘qituvchilar, talabalar hamda sotsiolingvistika bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
-
Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati
Darslik jismoniy tarbiya institutlari va jismoniy tarbiya fakultetlarida kurash turlari bo'yicha ixtisoslashgan bo'lim talabalari uchun hozirgi zamon talablari asosida fanni o'rganish dasturiga muvofiq yozilgan. Unda sport kurashi tarixi, texnik-taktik tayyorgarlik, musobaqa qoidalari, doping nazorat va talabalarning ilmiy ishlari bo'yicha zamonaviy bilim va tajribalar birlashtirilgan.
-
Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va inklyuziv ta’lim
Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonun hujjatlari va me’yoriy talablari asosida tayyorlangan bo‘lib, bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogika fanining nazariy-tarixiy asoslari hamda o‘qituvchi mahoratiga doir bilimlar bilan qurollantirishga qaratilgan.
-
-
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlarining talabalari, magistrlari, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining umumiy asoslari, ilmiy-nazariy hamda amaliy jarayonlarini tashkil etish masalalari yoritilgan.
-
Yengil atletika
Mazkur darslik yengil atletika sport turining nazariyasi, tarixi, turlari texnikasi asoslari, o'rgatish uslubiyati hamda mashg'ulotlarni tashkil etish va o'tkazish masalalariga bag'ishlangan. Shuningdek, bolalar va o'smirlar bilan o'tkaziladigan yengil atletika mashg'ulotlari hamda musobaqalarni tashkil etish qoidalari yoritilgan.
-
Tanlangan sport turi bo'yicha mutaxassislikka kirish (voleybol)
Mazkur o'quv qo'llanma Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishi o'quv rejasi, malaka talabi va namunaviy o'quv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Qo'llanmada jahonda va O'zbekistonda voleybolning rivojlanishi, o'yin texnikasi va taktikasi tasnifi, shuningdek voleybolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi kabi dolzarb mavzular yoritilgan.
-
Jismoniy tarbiya va Olimpiya xarakati tarixi
Mazkur o‘quv qo‘llanmada olimpiya ta’limining ilmiy-nazariy asoslari yoritilgan. O‘quv qo‘llanma mazmunida xalqaro olimpiya harakati rivojlanishining asosiy bosqichlari, qadimgi va zamonaviy Olimpiya o‘yinlarining xususiyatlari, olimpizm mohiyati va olimpiya madaniyati qadriyatlari tahlil qilingan.
-
Jismoniy tarbiya va sport tarixi
Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma jismoniy tarbiya va sport tarixining qadimgi zamondan to hozirgi kungacha bo'lgan davrlardagi kelib chiqishi, rivojlanishi va taraqqiy etish qonuniyatlarini yoritadi. Qo'llanmada jahon xalqlari va O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning shakllanish bosqichlari, ilmiy-nazariy asoslari hamda o'qitish metodikasi bayon etilgan.
-
Inklyuziv ta ’ lim: nazariya va metodika
Ushbu darslikda imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim sharoitida oʻqitishning mohiyati, inklyuziv ta’limni tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari hamda pedagogik-psixologik aspektlari yoritib berilgan. Shuningdek, inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishida, ko‘rishida, aqliy va psixik rivojlanishida, nutqida, tayanch-harakat a’zolarida, autistik sohasida muammolari bo‘lgan bolalarni oʻqitish va tarbiyalash jarayonida qoʻllash mumkin bo‘lgan davr talabiga mos pedagogik texnologiyalar