-
-
-
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
Umumiy Yer bilimi: Oʻquv qo`llanma
Mazkur o'quv qo'llanmada geografik qobiqqa yaxlit tizim sifatida litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalarning o'zaro ta'siri, tabiiy jarayonlarning vujudga kelish va rivojlanish xususiyatlari, shuningdek, Yerning tuzilishi hamda tabiat va jamiyatdagi o'zaro munosabatlar yoritilgan.
-
Umumiy tabiiy geografiya
Mazkur darslik "Umumiy tabiiy geografiya" fanidan 5140600-Geografiya ta'lim yo'nalishi uchun mo'ljallangan bo'lib, geografik qobiqning rivojlanishi, tuzilishi, tarkibiy qismlari va ularning o'zaro ta'siri, Yerning ichki tuzilishi, litosfera, atmosfera, gidrosfera, biosfera haqida umumiy ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
-
Silent Spring
"Silent Spring" is a landmark book by Rachel Carson that exposes the dangers of widespread pesticide use and environmental contamination. The work serves as a powerful critique of human carelessness toward nature and helped spark the modern environmental movement.
-
Geografiya o’qitish metodikasi
Mazkur darslik bo’lg’usi geografiya o’qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur bo’lgan geografiya o’qitish metodikasining maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi hamda dolzarb muammolariga bag'ishlangan. Kitob 5110500 - Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabalari va geografiya fani o’qituvchilariga mo’ljallangan.
-
-
YER BILIMI ASOSLARI
Mazkur o'quv qo'llanmada geografik qobiqning qonuniyatlari, ularning manbalari, omillari, sabab va oqibatlari hamda xo'jalik faoliyatida ularga amal qilish lozimligi yoritilgan. Shuningdek, Yerning Quyosh sistemasidagi o'rni, yer po'sti va relyefi, dunyo okeani, atmosfera, biosfera hamda tabiatni muhofaza qilish masalalari atroflicha tahlil qilingan.
-
Landshaftshunoslik
Universitetlarning geografiya yo'nalishi talabalari va yosh tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan ushbu o'quv qo'llanmada tabiiy geografiyaning o'rganish obyekti, predmeti va ularning xususiyatidan kelib chiqqan holda fanning tarmoqlanishi ilmiy tahlil qilingan. Hozirgi zamon landshaftshunosligiga oid bo'lgan landshaftlarning tuzilishi, dinamikasi, rivojlanishi, maxsus faoliyati, barqarorligi, shuningdek, antropogen hamda amaliy landshaftshunoslik masalalariga taalluqli mavzular bayon etilgan.
-
Cho'llanish muammolari
Mazkur o'quv qo'llanmada Yer sharida cho'llarning paydo bo'lishi va tarqalish qonuniyatlari, cho'llanishni arid mintaqalarga xosligi, cho'llanishni vujudga keltiruvchi tabiiy va antropogen omillar, cho'llanishni geografik xususiyatlari, cho'llanishga qarshi kurashishning global va regional strategiyasi bayon etilgan. Kitob universitetlar va pedagogika institutlarining geografiya yo'nalishi bakalavr talabalari, magistrantlar hamda tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.
-
Antropogen landshaftshunoslik
Darslikda antropogen landshaftlar nazariyasiga oid tushunchalar, fanning tadqiqot obekti, maqsadi, vazifalari, tadqiqot metodlari, rivojlanish tarixi, antropogen landshaftlarning tasniflari, ularning barqarorligi va dinamikasi to‘g‘risida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, vohalar landshaftlarining xususiyatlari, agrolandshaftlar hamda geotextizmlar konsepsiyasi masalalari yoritilgan. Mazkur darslik oliy o‘quv yurtlari magistratura mutaxassisliklari talabalari va sohaga qiziquvchilar uchun mo'lja
-
Ekologik ekspertiza fanidan amaliy mashg'ulotlarni o'tish bo'yicha uslubiy qo'llanma
Ushbu uslubiy qo'llanma magistratura bo'limida suv kadastri va suv resurslaridan samarali foydalanish, gidromelioratsiya, gidrotexnik inshootlar hamda atrof-muhit muhofazasi yo'nalishi mutaxassisligida ta'lim olayotgan talabalarni ekologik ekspertiza fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliy mashg'ulotlarda mustahkamlashga qaratilgan.
-
Geografiyaning asosiy muammolari
Mazkur darslik universitetlar va pedagogika institutlarining geografiya yo'nalishlari bitiruvchi kurs talabalari, magistrantlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchi hamda akademik litsey, kollej va umumta'lim maktablarining geografiya o'qituvchilariga mo'ljallangan.
-
Iqlimshunoslik
Darslikda iqlimning shakllanishiga ta’sir etuvchi fizik jarayonlar va iqlimshunoslikning umumiy masalalari bayon etilgan. Radiasion, geografik va sirkulyasion omillarning iqlim genezisi va iqlimlarning tasnifidagi roli ko‘rib chiqilgan. O‘rta Osiyo iqlimining geologik va tarixiy o‘tmishdagi o‘zgarishlari va tebranishlari bilan bog‘liq masalalar yoritilgan.
-
ЛАНДШАФТОВЕДЕНИЕ
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma 'Ландшафтоведение' (Landshashunoslik) fanini o'rganishga mo'ljallangan bo'lib, talabalarga geografik va geoekologik bilimlar, landshafnoslikning asosiy qoidalari, tabiiy landshaftlarning tarkibi va xossalari haqida tizimli yondashuvni shakllantiradi. Kitobda landshaftlarning tuzilishi, dinamikasi, geokimyosi hamda ularning xo'jalik faoliyatida foydalanish asoslari yoritilgan.
-
Geologiya va geomorfologiya
Darslikda geologiya va geomorfologiya fanlarining rivojlanish tarixi, tarmoqlari, Yerning ichki tuzilishi va uni tashkil etgan jinslar, relyef haqida umumiy ma’lumotlar, shuningdek, relyef hosil qilishda endogen va ekzogen jarayonlarning ahamiyati ochib berilgan. Adabiyot "Geodeziya, kartografiya va kadastr" ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, boshqa turdosh mutaxassisliklar uchun ham foydalidir.
-
Гидрология
Учебник посвящен основам гидрологии – науки, изучающей природные воды Земли, их физические и химические свойства, а также закономерности процессов в гидросфере во взаимодействии с атмосферой, литосферой и биосферой. В издании подробно рассмотрены особенности гидрологических процессов в различных типах водных объектов, водные ресурсы Земли и России, а также современные проблемы изменения климата, антропогенного воздействия и охраны водных ресурсов. Книга предназначена для студентов географических
-
O’rta Osiyo gidrografiyasi
Ushbu o'quv-uslubiy majmua Samarqand davlat universiteti Geografiya va ekologiya fakulteti Gidrometeorologiya kafedrasida ishlab chiqilgan bo'lib, talabalarga 'O'rta Osiyo gidrografiyasi' fanini mustaqil o'rganishlari uchun zarur o'quv-uslubiy materiallarni o'z ichiga oladi. Majmua oliy o'quv yurtlarining 5140700 - Gidrometeorologiya ixtisosligi bo'yicha tahsil olayotgan talabalarga tavsiya etiladi.