-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
Gidrologiyaga kirish
Ushbu “Gidrologiyaga kirish” darsligi shu fan dasturi asosida yozilgan bo'lib, fanning shakllanish va rivojlanishi tarixi, tadqiqot usullari, suvning tabiiy va kimyoviy xususiyatlari, gidrosfera, tabiatda suvning aylanishi va boshqa asosiy mavzularni o'z ichiga oladi. Darslik “Gidrologiya (tarmoqlar bo'yicha)” ta’lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan turdosh yo'nalish talabalari ham foydalanishlari mumkin.
-
DARYOLAR GIDROLOGIYASI
Mazkur o'quv qo'llanma "Gidrologiya (tarmoqlar bo'yicha)" bakalavriatura yo'nalishida o'qitiladigan "Daryolar gidrologiyasi" fani dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, tabiatda suvning aylanishi, daryolar morfologiyasi va morfometriyasi, oqimining hosil bo'lishi va suv rejimi kabi masalalarni yoritadi.
-
Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги фанидан ўқув қўлланма
Ушбу ўқув қўлланмада ҳаёт фаолияти хавфсизлиги тушунчаси, Ўзбекистонда ҳаёт фаолияти хавфсизлигининг ҳуқуқий асослари, меҳнатни муҳофаза қилиш ва фавқулодда вазиятлар фуқароларни муҳофаза қилиш, ёнғин хавфсизлиги ва тиббий биринчи ёрдам кўрсатиш йўллари ҳақида маълумотлар келтириб ўтилган. Қўлланма барча таълим йўналишларидаги бакалаврлар учун мўлжалланган.
-
Gigiyena. Tibbiy ekologiya
O'quv adabiyotida atrof-muhit omillarining inson organizmiga ta’sir xususiyatlarini o‘rganish, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq yashash, mehnat qilish, dam olish va davolash masalalari bo‘yicha muhim ma’lumotlar keltirilgan.
-
FIZIKA VA AGROMETEOROLOGIYA (Agrometeorologiya)
Mazkur darslik qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari agronomiya fakultetlari va gidrometeorologiya yo‘nalishida ta’lim oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, agrometeorologiya fanining nazariy va amaliy asoslarini yoritadi. Kitobda ob-havo, iqlim, tuproq-iqlim sharoitlarining qishloq xo‘jaligi ekinlari va ishlab chiqarish jarayonlariga ta'siri, shuningdek, agrometeorologik kuzatishlar o‘tkazish usullari bayon etilgan.
-
Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
Darslikda don, un, yorma, omixta yem, non, makaron, qandolatchilik, moy va yog'lar, qand, go'sht, sut, pivo va konservalangan mahsulotlar texnologiyasi ilmiy asoslari bayon etilgan hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo'llaniladigan xomashyo va materiallarning tavsifi keltirilgan.
-
Гидрология асослари
Ушбу дарслик \"Умумий гидрология\" фани дастури асосида yozilgan бўлиб, унда гидросфера ва унинг таркибий қисмлари — дарёлар, кўллар, сув омборлари, музликлар, ер ости сувлари, уларнинг ўзига хос хусусиятлари, ўзаро ва атроф табиий муҳит билан таъсирлари натиjasида рўй берадиган ҳодисалар қонуниятлари ёритилган. Дарсликдан олий ўқуv юртларининг география, гидрометеорология, экология ва турдош йўналишлари талабалари ҳамда илмий ходимлар фойдаланишлари мумкин.
-
Gidravlikadan amaliy mashg‘ulotlar
Uslubiy qo‘llanma gidrometeorologiya va gidrologiya yo‘nalishlari bakalavriatura talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Umumiy va maxsus gidravlika” hamda “Gidravlika” fanlari dasturlari asosida tayyorlangan. Unda suyuqliklarning asosiy fizik xususiyatlari, gidrostatik bosim, bosim kuchini hisoblash, quvurlar va kanallarni gidravlik hisoblashlar kabi mavzularga oid amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar berilgan.
-
GIDROLOGIYAGA KIRISH
Ushbu “Gidrologiyaga kirish” darsligida mazkur fanning shakllanish va rivojlanish tarixi, tadqiqot usullari, suvning tabiiy va kimyoviy xususiyatlari, gidrosfera va uning tashkil etuvchilari, tabiatda suvning aylanishi, atmosfera yog‘inlari va bug‘lanish, okeanlar va dengizlar, yer osti suvlari, muzliklar va botqoqliklar gidrologiyasi, daryolar, ularning suv rejimi va to‘yinish manbalari, ko‘llar va suv omborlari, gidrologiya va atrof muhit muhofazasi kabi asosiy mavzular yoritilgan.
-
Переработка отходов производства и потребления
В справочном издании обобщен современный отечественный и зарубежный опыт в области переработки промышленных отходов. Рассмотрены проблемы, связанные с воздействием отходов на состояние окружающей среды и качество жизни, приведены способы классификации отходов, нормативно-правовое обеспечение, а также технологии утилизации различных видов отходов и их захоронения.
-
Агроэкология
Дарсликда биосферанинг экологик омиллари, биоценоз, экосистемаларнинг роли, биосферанинг табиий бойликлари, қишлоқ хўжалик экосистемаларининг биологик маҳсулдорлиги, техноген омилларнинг таъсири ҳамда тупроқ ифлосланиши ва экологик муаммолар баён этилган. Шунингдек, қишлоқ хўжалигида минерал ва органик ўғитларни қўллаш меъёрлари, ҳосилдорликни ошириш ва экологик тоза маҳсулот олиш чора-тадбирлари ёритилган.
-
Gidrometriya
Darslikda gidrometriya fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va xalq xo'jaligidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, suv obyektlarida gidrologik kuzatish tarmoqlarini tashkil etish, suv sathini kuzatish, chuqurliklar va suvning oqish tezligini o'lchash, daryolardagi suv va loyqa oqiziqlar sarflarini hisoblash usullari bayon etilgan.
-
Umumiy gigiyena
Darslikda zamonaviy tibbiyot fani yutuqlarini hisobga olgan holda, tashqi muhit omillarining odam organizmiga va yosh bola organizmiga salbiy ta'sirini bartaraf qilish yuzasidan ko'riladigan gigiyena tadbirlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, organizmni zararli ta'sirotlardan muhofaza qilish, bolalarning har tomonlama uyg'un rivojlanishini ta'minlash hamda sanitariya-gigiyenaga oid qonun va me'yorlar bayon etilgan.
-
Zamonaviy geodezik asboblar
Ushbu darslik 5313400 - "Geodeziya va geoinformatika" ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda elektron taxeometrlar, raqamli nivelirlar, yer usti lazerli skanerlar va dronlarning tuzulishi hamda ishlash prinsiplari, ularni tekshirish uslublari bayon qilingan.
-
Kartashunoslik
Mazkur darslik Oliy o'quv yurtlarining "Geodeziya, kartografiya va kadastr" yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda kartografiya va geografik kartalar, kartalarning matematik asosi, kartografik belgilar va kartografik tasvirlash usullari, kartografik generalizatsiya hamda uning mohiyati va omillari keng yoritilgan.
-
Tuproqshunoslik
O'quv qo'llanma Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakultetining tuproqshunoslik ta'lim yo'nalishi bakalavr talabalari uchun mo'ljallangan. Kitob umumiy tuproqshunoslik, tuproq hosil qiluvchi sharoitlar va omillar, tuproq xossalari, sistematikasi, tasnifi, tarqalishi va dunyo tuproqlariga bag'ishlangan uch qismdan iborat.