-
-
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
-
-
Menejment, tashkilot va boshqaruv
-
-
"O'zbek dialektologiyasi" fanidan mustaqil ta'lim mashg'ulotlarini tashkil qilish
Mazkur metodik qo'llanma mustaqil ta'limni samarali tashkil etish, να o'zlashtirish ko'nikmalarini talabalarning mustaqil izlanish shakllantirishga yo'naltirilgan. Unda mustaqil ta'lim mazmuni, shakllari, tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari, baholash mezonlari hamda mavzular bo'yicha amaliy tavsiyalar bayon etilgan. Qo'llanma oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari, bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari hamda pedagogik yo'nalishda ilmiy izlanish olib borayotgan mutaxassislar uchun mo'ljallangan
-
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
Mazkur darslik Lingvistika (o'zbek tili) magistratura ixtisosligi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, "Ilmiy tadqiqot metodologiyasi" fanining nazariy va amaliy asoslarini yoritishga xizmat qiladi. Unda ilmiy bilish jarayonining mohiyati, tadqiqot metodlari va usullari, ilmiy ishni rejalashtirish, muammoni qo'yish, maqsad va vazifalarni belgilash, ilmiy gipoteza yaratish hamda dalillarni tahlil qilish masalalari tizimli tarzda bayon etilgan
-
Biologik preparat olish biotexnologiyasi
"Biologik preparatlarni olish biotexnologiyasi" faniga bag'ishlangan ushbu o'quv qo'llanma 70710201-Biotexnologiya ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan magistratura talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanma Davlat ta'lim standarti va tegishli o'quv dasturlari asosida tayyorlangan bo'lib, magistrantlarga fan doirasidagi zarur nazariy bilimlarni o'zlashtirish hamda amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi
-
Стилистика русского языка
Данное учебное пособие представляет собой издание,которое адресовано магистрантам и студентам, изучающим стилистику русского языка. В ней в логической последовательности приводится материал по следующим модулям указанной дисциплины: 1) Стилистика как наука: основные категории и понятия 2) Стилистика в аспекте уровней языка 3) Функциональные стили современного русского языка. Каждая предлагаемая тема в пособии содержит сжатый теоретический материал, контрольные вопросы и тестовые задания для самопроверки, опорные схемы и таблицы, ссылку на видеоматериал для закрепления темы и подборку интересных фактов в целях повышения мотивации
-
Muhandislik grafikasi
Darslikda 3D modellashtirish asoslari, 2D shakllarni 3D obyektlarga aylantirish usullari, izometrik chizmalar, detallarni loyihalash va vizuallashtirish masalalari zamonaviy kompyuter grafikasi imkoniyatlari bilan uyg‘un holda yoritilgan. Har bir mavzu test hamda nazorat savollari bilan boyitilgan. Mazkur darslik talabalarni fazoviy tafakkurini rivojlantirish, grafik savodxonligini oshirish hamda muhandislik grafikasi bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. U oliy ta’lim muassasalari talabalari, magistrantlar hamda muhandislik grafikasi fanini o‘rganuvchilar uchun foydali manba hisoblanadi
-
"Oziq-ovqat kimyosi" fanidan laboratoriya mashg'ulotlari
Ushbu uslubiy qo'llanma 60720100 Oziq-ovqat texnologiyasi (Oziq ovqat xavfsizligi) va 60710200 - Biotexnologiya (tarmoqlar bo'yicha) yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda 20 ta laboratoriya ishining bajarish tartibi bo'yicha metodik tavsiyalar keltirilgan
-
Globallashuv sharoitida O'zbekiston va jahon mamlakatlari hamkorligi
Mazkur o'quv adabiyotida globallashuv jarayonlarining mazmun-mohiyati, asosiy yo'nalishlari va zamonaviy bosqichlari; Oʻzbekiston Respublikasining jahon hamjamiyati bilan o'zaro aloqalari va hamkorligining shakllanishi hamda rivojlanish bosqichlari; mamlakatning xalqaro maydondagi geosiyosiy oʻmi va strategik ahamiyati; xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning asosiy yo'nalishlari; Yevropa va Osiyo davlatlari bilan ikki va ko'p tomonlama munosabatlar, Markaziy Osiyo mintaqasida integratsiya jarayonlari va xavfsizlik masalalari; tashqi siyosatning ustuvor yo'nalishlari; iqtisodiy, siyosiy va madaniy hamkorlikning zamonaviy tendensiyalari; Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va ularning xalqaro reyting hamda indekslarda aks etishi masalalari tahlil qilingan
-
Oziq-ovqat qo'shimchalari
Ushbu o'quv qo'llanma, «Oziq-ovqat texnologiyasi» yo'nalishida ta'lim olayotgan bakalavrlarga o'quv qo'llanma sifatida foydalanishga mo'ljallangan
-
Moyli ekin mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
Mazkur uslubiy qo'llanma 60810700 "Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi" (mahsulot turlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishi talabalari uchun laboratoriya ishlarini bajarish uchun mo'ljallangan
-
-
Biznes markazlarini tashkil etish
Uslubiy qo'llanmada biznes markazi haqida tushuncha va uning mohiyati, biznes markazlari turlari va shakllari hamda biznes markazlarini tashkil etish masalalari haqida so'z yuritiladi.
-
Mintaqaviy iqtisodiyot
Ushbu uslubiy qo'llanmada "Mintaqaviy iqtisodiyot" fanini o'qitish ta'lim texnologiyalari, ularni qo'llash bo'yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan.
-
Marketing tadqiqotlari
Darslikda «Marketing tadqiqotlari» fanining predmeti, maqsadi va vazifaları, marketing tadqiqotlarini tashkil etish, marketing tadqiqotlarini o'tkazish jarayonlari va rejalashtirish, marketing tadqiqotlarida muammoni aniqlash, marketing tadqiqotlari klassifikatsiyasi va turlari, marketing tadqiqotlarida axborot to'plash usullari, marketing tadqiqotida tahlil metodologiyasi: tamoyillar va usullar, so'rov usullari va so'rovnomalar o'tkazish, anketa tuzish va savollarini o'tkazish, fokus-guruh, marketing tadqiqotlarida kuzatuv usullari, bozor segmentatsiyasi va iste'molchilar xulq-atvorini o'rganish, internet tarmog'ida marketing tadqiqotlari o'tkazishni tashkil etish, marketing tadqiqotlarida o'lchash va shkalalashtirish, sabab-oqibat marketing tadqiqotlari: eksperiment, korrelyatsiyali va regressiya tahlillar hamda marketing tadqiqotlarining natijalari to'g'risida hisobotlar tayyorlash va uning taqdimoti kabi masalalar o'z aksini topgan.
-
Innovatsion menejment
Ushbu o‘quv qo‘llanmada iqtisodiyotni modemizatsiya qilish va diversifikatsiyalash sharoitida milliy innovatsion tizimni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion jarayonlarni yanada jadallashtirish va innovatsion faoliyatni boshqarishning zamonaviy yo`llari va usullari bo‘yicha fikr-mulohazalar yuritiladi. Qo`llanmada innovatsiyaning yuzaga kelishi, bosqichlari, mexanizmlari va ustuvor yo‘nalishlari nazariy jihatdan batatsil yoritib berilgan.
-
Marketing asoslari
Ushbu qo`llanmada ham zamonaviy bozor iqtisodiyotini asosiy vositalaridan bo`lgan marketing fanining nazariy asoslari, maqsadi,tuzilishi, vazifalari,marketing strategiyasi va uni rejalashtirish, marketing dasturi, marketingning tovar, narx, savdo siyosati, bozor raqobati sharoitida marketingni tashkil qilish va boshqarish, xalqaro tadbirkorlik va inqiroz marketingi kabi masalalar yoritilgan hamda ularning yechimi,xususiyatlari va mazmun- mohiyati ochib berilgan.
-
Международная экономика
Учебное пособие охватывает современные принципы и теоретические основы международной экономики; исследование основных экономических показателей зарубежных стран; заключение внешнеторговых договоров, пути расчета и анализа основных показателей экономического роста и развития.