-
Tarix. Tarix fanlari
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
-
O‘zbеkistоnning eng yangi tarixi
Mаzkur o‘quv qo‘llanmada O‘zbеkistоndа dаvlаt mustаqilligigа erishilishi, yangi jаmiyat qurilishi, siyosiy vа iqtisodiy islоhоtlаrning аmаlgа оshirilishigа kеng o‘rin bеrilgаn.
-
Оролбўйи минтақаси устюрт платосидан фойдаланиш ва мухофаза қилиш йўллари
Тавсияномада тупроқ-географик изланишлар асосида Қорақалпоғистондаги Устюртнинг ҳудуди зонал ва иқлим шароитларига кўра, саҳро минтақаси иккита, яъни Марказий Қозоғистон мўътадил суббореал ҳамда Турон субтропик зоначаларга ажратилган
-
Chizmatasvir (2-qism)
O‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining 60210500 –“Rangtasvir (dastgohli rangtasvir)” ta’lim yo‘nalishi 3–4-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, chizmatasvir fanining nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish hamda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Qo‘llanmada ijodiy chizmatasvir metodikasi, eskiz va xomaki chizgilar, yoddan va xotiradan rasm ishlash, interyer va eksteryerni tasvirlash, perspektiva qonuniyatlarini amalda qo‘llash, shuningdek, inson qomatining plastik-anatomik tuzilishi, konstruktiv qurilishi va proporsional nisbatlari bo‘yicha nazariy hamda amaliy tavsiyalar yoritilgan. Qo‘llanma klassik akademik tasviriy san’at an’analari va zamonaviy pedagogik yondashuvlar uyg‘unligi asosida tayyorlangan bo‘lib, talabalarning kuzatuvchanligi, fazoviy tafakkuri,tasviriy xotirasi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi hamda tasviriy san’at yo‘nalishi talabalari, magistrantlar va pedagoglar uchun ‘quv-metodik manba sifatida tavsiya etiladi
-
Iqtisodiyot nazariyasi
Mazkur uslubiy qo‘llanma mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida tuzilgan. Unda “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan talabalarga mustaqil tayyorlanish uchun mustaqil mavzulari va ularni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan
-
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma
Mazkur uslubiy ko‘rsatma mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida tuzilgan. Unda “Statistika” fanidan talabalarga mustaqil tayyorlanish uchun mustaqil mavzulari va ularni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Mustaqil ish mavzulari “Iqtisodiyot nazariyasi” fani barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan
-
Oliy matematika (2-qism)
Mazkur o‘quv qo‘llanma “Oliy matematika” fani bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining 60510100 – Biologiya (turlari bo‘yicha), 60530100 – Kimyo (turlari bo‘yicha), 70530101 – Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha), shuningdek, kimyo muhandisligi, geologiya, seysmologiya hamda seysmometriya ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari va professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmaning ikkinchi qismida qatorlar nazariyasi, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi hamda matematik statistika elementlariga oid nazariy ma’lumotlar tizimli ravishda bayon etilgan.gan
-
Oliy matematika (1-qism)
Mazkur o‘quv qo‘llanma “Oliy matematika” fani bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining 60510100 – Biologiya (turlari bo‘yicha), 60530100 – Kimyo (turlari bo‘yicha), 70530101 – Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha), shuningdek, kimyo muhandisligi, geologiya, seysmologiya hamda seysmometriya ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari va professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmaning birinchi qismida chiziqli algebra (matritsalar, determinantlar, chiziqli tenglamalar sistemasi), analitik geometriya va vektorlar algebrasi hamda matematik analizga kirish bo‘limlariga oid nazariy ma’lumotlar, amaliy masalalar yechimi va kimyo-biologiya sohalariga oid tatbiqiy misollar tizimli ravishda bayon etilgan
-
Mashinali tarjima texnologiyalari
Mazkur darslik mashinali tarjima texnologiyalarining nazariy asoslari,rivojlanish bosqichlari va zamonaviy yondashuvlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda qoidaviy, statistik va neyron mashinali tarjima modellarining ishlash tamoyillari, shuningdek, transformer arxitekturasi va katta til modellari yoritilgan. Darslikda mashinali tarjimaning lingvistik va texnologik jihatlari tahlil qilinib, uning afzalliklari va cheklovlari ko‘rsatib berilgan. Darslik oliy ta’lim muassasalari talabalari, “Kompyuter lingvistikasi” mutaxassislik magistrantlari, tadqiqotchilar hamda sun’iy intellekt va kompyuter lingvistikasi yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan
-
Psixologik konsultatsiyasining zamonaviy yo‘nalishlari
Mazkur darslik "Psixologik konsultatsiyaning zamonaviy yo'nalishlari fanining o'quv dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, unda psixologik konsultatsiya nazariyasi va amaliyotiga oid muhim ilmiy-nazariy hamda metodik masalalar tizimli ravishda yoritilgan. Darslikda psixologik konsultatsiyaning predmeti, vazifalari, asosiy tamoyillari, konsultativ jarayonning bosqichları, psixologik yordamning turli shakllari hamda psixologik maslahatning zamonaviy ilmiy yo'nalishlari keng tahlil qilingan
-
Veb jurnalistika va internet janrlari
Ushbu uslubiy qo‘llanmada jurnalistikaning bosma matbuotdan boshlanib, radio va televideniye orqali internet hamda onlayn mediagacha bo‘lgan rivojlanish yo‘li ketma-ket yoritilgan. Shuningdek, gonzo jurnalistika, pistirma jurnalistika va yangi jurnalistika kabi zamonaviy yo‘nalishlar nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Qo‘llanma jurnalistika janrlarining tasnifi, veb jurnalistikaning o‘ziga xos xususiyatlari, internet muhitidagi axborot uzatish tamoyillari va yigirmanchi asrda radioeshittirishning paydo bo‘lishi kabi mavzularni izchil tarzda o‘rgatishga yo‘naltirilgan
-
Ilmiy ish asoslari
Mazkur darslik Oliy ta’lim muassasalarida "Filologiya va tillarni o'qitish (sharq tillari bo'yicha]” ta'lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan. U o'z oldiga filologiyagek ulkan fan sohasida talabalarga ilmiy izlanishlar olib borish sirlarini o'rgatish, oldilariga savollar qo'yib, ularga javob izlash ko'nikmasini shakllantirish vazifasini qo'yadi. Qo'llanmada fan yangi bilim izlash jarayoni sifatida; ilm-fan tadqiqotchi xulqining shakli tarzida; fandagi axloqiy muammolar; ilmiy tadqiqot ishi - ilmiy izlanishning qayd etilagan natijasi sifatida kabi qator masalalar yoritilgan
-
Kompyuter tarmoqlari
Darslikda kompyuter tarmoqlari tuzilishi, kompyuter tarmoqlarining asosiy tushunchalari, ularning turlari va arxitekturasi, OSI hamda TCP/IP modellari, tarmoq apparat vositalari va protokollarining ishlash prinsiplari bayon etilgan. Shuningdek, Internet texnologiyalari, tarmoq xavfsizligi, IP manzillash va tarmoqni boshqarish masalalari amaliy misollar asosida yoritilgan. Darslik 60610200 Axborot xavfsizligi (Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va servis), 60610300 - Kompyuter injiniring ("Kompyuter injiniring", "AT-servis", "Multimedia texnologiyalari"), 60610400 Dasturiy injiniring yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan bakalavrlar uchun mo'ljallangan
-
Zamonaviy psixologiyada miqdor va sifat tadqiqot metodlari
Darslik oliy ta’lim muassasi Psixologiya mutaxassisligi magistrantlari uchun mo'ljallangan. Darslikdan zamonaviy psixologiyada miqdor va sifatli tadqiqot metodlari ma'ruza matni va seminar ishlanmasi o‘rin olgan.
-
Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat
Mazkur darslikda boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmatni tashkil etishning nazariy-metodologik hamda amaliy asoslari yoritilgan. Unda psixologik xizmatning shakllanish tarixi, zamonaviy rivojlanish bosqichlari, dolzarb muammolari, gumanistik psixologiya va eksperimental paradigma asosida olib boriladigan tadqiqotlarning boshqaruv tizimidagi ahamiyati tahlil qilingan.
-
Девони ҳикмат
Муҳтарам ўқувчи! Ушбу китобдан ўрин олган Пири Туркистон Хожа Аҳмад Яссавий ҳазратларининг пурмаъно ҳикматлари турли қўлёзма нусхалар текширилиб, қиёслаб ишончли бир матн тузиш мақсадида нашрга таёрланди. Мутолаа натижасида Яссавий руҳониятидан яна бир карра баҳраманд бўласиз, деган кмиддамиз.
-
Информационные технологии
Учебное пособие создано на основе многолетнего опыта ведения занятий по данной дисциплине в различных учебных заведениях, -начиная от средней школы, кончая курсами повышения квалификации для преподавателей вузов