-
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Inklyuziv ta'lim
Mazkur darslikda inklyuziv ta'limning paydo bo'lishi, mazmuni va mohiyati, sharq mutafakkirlarining bola tarbiyasi bo'yicha qarashlari, ta'lim muassasalarida inklyuziv ta'limning pedagogik-psixologik tahlili hamda xalqaro huquqiy asoslari yoritilgan. Shuningdek, xorijiy tajribalar, oilada va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni tashkil etish masalalari atroflicha ko'rib chiqilgan.
-
MELIORATIV GIDROGEOLOGIYA
Ushbu o'quv qo'llanma sug'oriladigan va sug'orishga yaroqli yerlarning meliorativ holatini belgilovchi sizot suvlari va aeratsiya mintaqasiga joylashgan osma sizot suvlari rejimi va balansini, ularni bashorat qilishni o'rganishga bag'ishlangan. Kitob suv resurslari, melioratsiya, gidromelioratsiya va atrof-muhit muhofazasi yo'nalishlarida ta'lim olayotgan bakalavr va magistratura talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Voleybol nazariyasi va uslubiyati
Mazkur darslik “Voleybol nazariyasi va uslubiyati” faniga doir o'quv-metodik materiallarni o'z ichiga olgan bo'lib, uning barcha bo'limlari amaldagi DTS, o'quv rejasi, fan dasturi va ilg'or xorijiy tajribalarga asoslangan holda ishlab chiqilgan. Darslik O'zDJTU talabalari, magistrantlari, jismoniy tarbiya o'qituvchilari, voleybol trenerlari va malaka oshirish maskanlari tinglovchilariga mo'ljallangan.
-
SUV TEJOVCHI SUG‘ORISH TEXNOLOGIYALARI ASOSLARI
Darslikda suv resurslarining cheklanganligi sharoitida mavjud suv resurslaridan qishloq xo‘jaligida, xususan sug‘oriladigan dehqonchilikda ekinlarni parvarishlash jarayonida samarali foydalanish uchun sug‘orishning suv tejovchi texnologiyalari va ularni qo‘llash masalalari yoritilgan. Darslik suv xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi sohalarining tegishli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar, soha mutaxassislari va muammo bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
-
Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi
O‘quv qo‘llanmada kurash turlarining rivojlanish tarixi, rivojlanish bosqichlari, kurashchining texnik, taktik va jismoniy tayyorgarligini tashkil etish usullari va vositalari hamda musobaqalarni tashkil qilish va hakamlik qilishga doir ma'lumotlar bayon etilgan. Qo'llanma oliy o'quv yurtlari jismoniy madaniyat ta'lim yo'nalishi talabalari, kollej o'quvchilari hamda murabbiy va sportchilar uchun mo'ljallangan.
-
Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi (2-qisim)
Mazkur o‘quv qo‘llanmada tarbiya mazmuni va uning jismoniy tarbiya va sportdagi ahamiyati, jismoniy tarbiya va sport sohasida qo‘llaniladigan tarbiya metodlari, jismoniy tarbiya va sport ta’limini loyihalashtirish va boshqarish, sportchi shaxsini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning o‘ziga xos spesifik ahamiyati, sport sohasidagi kreativlikka oid nazariy va amaliy masalalar yoritilgan.
-
Suv xo’jaligi iqtisodiyoti
Darslik qishloq va suv xo’jaligida erkin bozor munosabatlarini shakllantirishning nazariy, uslubiy hamda amaliy asoslari Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablari asosida yoritilgan. Tarmoqda amalga oshirilayotgan tashkiliy va iqtisodiy islohotlarning mazmun va mohiyati bayon etilgan.
-
TANLANGAN SPORT TURI NAZARYASI VA USLUBIYATI (KURASH)
Ushbu o‘quv qo‘llanma 61010200 – Sport faoliyati ta’lim yo‘nalishi talabalari, jismoniy tarbiya mutaxassislari va sport soxasidagi trenerlar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari hamda ixtisoslashtirilgan sport maktablari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda kurashni o‘rgatish jarayonida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va olib borishning uslubiy asoslari, ikkinchi qismda esa kurash texnikasi va taktikasini o‘rgatish usullari berilgan.
-
Картошкачилик
Дарсликда картошкани жаҳоннинг асосий минтақаларида тарқалиши ва халқ хўжалигидаги аҳамияти баён этилган, Ўзбекистонда картошкачиликнинг ҳолати, муаммолари ва ривожланиш истиқболлари ёритилган. Шунингдек, картошканинг биологик хусусиятлари, етиштириш технологияси, уруғчилиги ва сақлаш жараёнлари батафсил баён қилинган.
-
Meteorologik hisoblashlar
O‘quv qo‘llanmada meteorologik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishning umumiy masalalari bayon qilingan. Ma’lumotlarni tahlil qilishning zamonaviy statistik, obyektiv va to‘rt o‘lchovli usullari hamda ularni obyektiv nazorat qilish usullari havola qilingan.
-
Sinoptik va kosmik meteorologiya
O‘quv qo‘llanmada sinoptik va kosmik meteorologiyaning asosiy bo‘limlari aks ettirilgan. Kitobda sinoptik va kosmik meteorologiya fanining nazariy savollari, sinoptik tahlilning asosiy amaliy usullari bayon qilingan.
-
Gidrometriya
Darslikda gidrometriya fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va xalq xo'jaligidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, suv obyektlarida kuzatish va o'lchash ishlari, gidrologik stansiyalar hamda postlarni tashkil etish usullari bayon etilgan.
-
Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi (1-qisim)
Mazkur o‘quv qo‘llanmada jismoniy tarbiya va sport pedagogikasining umumiy asoslari, shaxs shakllanishida jismoniy tarbiya va sportning o‘rni, mutaxassislar faoliyatining pedagogik jihatlari, didaktika, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim tamoyillari hamda ta’lim metodlariga oid nazariy va amaliy masalalar yoritilgan.
-
Geodeziya (I va II qism)
O'quv qo'llanma «Geodeziya va geoinformatika» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiydigan talabalar uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, masofaviy ta'limdan o'qiydigan talabalar, geologiya, geografiya va landshaft dizayn yo'nalishlarida ta'lim olayotgan bakalavrlar hamda sohada ishlaydigan muhandis-texnik xodimlar foydalanishlari mumkin.
-
Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik
Mazkur o'quv qo'llanma "Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik" fanidan Geografiya ta'lim yo'nalishi uchun mo'ljallangan bo'lib, gidrologiyaning asosiy mavzulari, iqlimshunoslik hamda amaliy mashg'ulotlarni bajarish masalalariga bag'ishlangan.
-
Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi
Ushbu darslik O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sport faoliyati va jismoniy madaniyat bakalavr ta'lim yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan bo'lib, jismoniy tarbiya va sport pedagogikasining nazariy va amaliy asoslarini o'z ichiga oladi. Darslik bo'lajak mutaxassislarga pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil etish ko'nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi.