-
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Masofadan zondlash va fotogrammetriya
O'quv qo'llanmada yer yuzasidagi ob’ektlarning fazoviy holati va sifat tarkibi to‘g‘risida ma’lumot olish uchun masofadan zondlash usullarini qo‘llashning ilmiy asoslari va amaliy tavsiyalari bayon etilgan. Zamonaviy aero va kosmik tasvirlash tizimlari va ularni qo‘llash sohalari ko‘rib chiqiladi.
-
Fors va dariy tillari nazariyasi
Ushbu o'quv qo'llanmada fors va dariy tillari fonetikasi va morfologiyasining nazariy masalalari yoritilgan. Eron, Afg'oniston, O'zbekiston, Rossiya, G'arbiy Yevropa tilshunoslarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi turlicha talqinlari tanqidiy tahlil qilinib, mavzu doirasidagi hodisalarning mohiyati ochib berilgan. Kitob talabalarga ayrim munozarali masalalar yechimini topishga o'rgatish va ularning nazariy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.
-
Regional geologiya, geomorfologiya va geotektonika: O'quv-uslubiy qo'llanma (Regional geologiya va geotektonika qismi)
O'quv-uslubiy qo'llanma Yer sharining tuzilish asosini: platformasi va geosinklinal zonalari haqidagi tushunchalarni o'z ichiga oladi. Unda regional geologiya, geomorfologiya va geotektonika kursining asosiy tushunchalari, litosfera plitalari tektonikasining umumiy tamoyillari hamda amaliy mashg'ulotlarni bajarish tartibi bayon etilgan. Qo'llanma bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Basketbol nazariyasi va uslubiyoti
Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan fan dasturi asosida yaratilgan bo'lib, bakalavriat va magistratura ta'lim yo'nalishlari talabalari, shuningdek, sport maskanlarida faoliyat yurituvchi mutaxassis va murabbiylarga mo'ljallangan.
-
Sport pedagogik mahoratini oshirish (basketbol)
Mazkur o‘quv qo‘llanma amaldagi DTS, o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va zamon talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zDJTI talabalari, magistrantlari, olimpiya zahiralari KHKlari o‘quvchilari, basketbol bo‘yicha sport maktablari, jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarga mo‘ljallangan.
-
Sport pedagogik mahoratini oshirish (Basketbol)
Mazkur o'quv qo'llanmada zamonaviy basketbol o'yinida qo'llanadigan texnik-taktik asoslari yoritilgan, basketbol o'yin malakalariga o'rgatish qonuniyatlari, o'quv mashg'ulot texnologiyalari, va jismoniy sifatlar xususiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Qo'llanma talabalar, o'qituvchilar, sport murabbiylari va sohada faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislarga mo'ljallangan.
-
Sport pedagogik mahoratini oshirish (basketbol)
Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan bo'lib, jismoniy tarbiya va sport ixtisoslashgan ta'lim muassasalari o'qituvchi-yoshlariga, shuningdek ushbu soha o'qituvchi-murabbiylari va mutaxassis-basketbolchilariga mo'ljallangan. Kitobda basketbol bo'yicha sport-pedagogik mahoratni shakllantirish, texnik-taktik tayyorgarlik va zamonaviy ilmiy-uslubiy yondashuvlar yoritilgan.
-
Yengil atletikani o’rgatish metodikasi
Mazkur o’quv qo’llanma yengil atletika bo’yicha zamonaviy adabiyotlar, Jahon yengil atletikasi (WA) ning musobaqa qoidalari, hujjatlari va yengil atletika sohasida amaliy tajribalar asosida yaratilgan. Unda engil atletikaning rivojlanish tarixi, nazariy asoslari, turlarining tasniflanishi, turlar texnikasiga o’rgatish uslubiyati va musobaqa qoidalari keng yoritib berilgan.
-
Buxoro toponimikasi
Darslikda Buxoro shahri va viloyati tumanlarining qisqacha tarixi, voha tarixiy toponimlarining shakllanishi, etimologik va ijtimoiy ma’nolari, fonetik oʻzgarishlarga uchrashi kabi masalalar har bir tuman, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻini kesimida alohida berilgan. Ushbu darslik Buxoro davlat universiteti Tarix va Buxoro tarixi bakalavriat ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, tarixchi, filolog, geograf, oʻlkashunos va tadqiqotchilar ham foydalanishi mumkin.
-
Geomorfologiya va geologiya asoslari
Mazkur darslik geomorfologiya va geologiyaning nazariy asoslariga bag'ishlangan bo'lib, faning ob'yekti, vazifalari, shakllanishi va rivojlanish tarixi, rel'yef tushunchasi, shakli, yoshi hamda endogen va ekzogen jarayonlar haqida so'z yuritadi. Kitobda Yerning ichki tuzilishi, geoxronologiya, mineral va tog' jinslari tarkibi, shuningdek daryolar, muzliklar, karst, shamol va arid iqlimli o'lkalar geologik faoliyatining rel'yef hosil qilishdagi roli batafsil yoritilgan. Darslik oliy o'quv yurtlar
-
Umumiy tabiiy geografiya
Mazkur darslik "Umumiy tabiiy geografiya" fanidan 5140600-Geografiya ta'lim yo'nalishi uchun mo'ljallangan bo'lib, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti "Tabiiy geografiya" kafedrasida tayyorlangan. Darslikda geografik qobiqning rivojlanishi, tuzilishi, tarkibiy qismlari va ularning o'zaro ta'siri, litosfera, atmosfera, gidrosfera, biosfera haqida umumiy ma'lumotlar berilgan.
-
Biogeografiya
Ushbu darslik 60710400 – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda biogeografiyaning geografiya va biologiya fanlari tizimidagi o‘rni, tarixiy rivojlanishining asosiy bosqichlari va hozirgi zamon muammolari ko‘rib chiqilgan. Yer yuzasida hayotning kelib chiqishi, rivojlanishi va tarqalishi, ekologik omillar, tirik organizmlarning hayotiy shakllari, madaniy o‘simliklar va uy hayvonlarining kelib chiqish markazlari haqida ma
-
География фанининг асосий муаммолари
Mazkur o'quv qo'llanmada kompleks geografiyaga tegishli bo'lgan bir necha долзарб муаммолар, geografik qonuniyatlar va ilmiy-uslubiy asoslar yoritilgan. Qo'llanma universitet va pedagogika institutlari geografiya ta'lim yo'nalishlari talabalari, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar hamda o'qituvchilarga mo'ljallangan.
-
Tarixiy toponimika
Mazkur o'quv qo'llanmada toponimika fanining paydo bo'lishi va taraqqiyoti, toponimika fani rivojlanishiga hissa qo'shgan jahonning va yurtimizning ko'zga ko'ringan olimlari haqida ma'lumotlar berilgan. Yurtimiz hududidagi toponimlar va ularning tarixiy qiymati, ajdodlar tilida yaratilgan tarixiy toponimlarning o'ziga xos ma'lum shaklda ifodalanib, muayyan ma'noni anglatishi yoritilgan.
-
Geografiya o‘qitish metodikasi
Ushbu darslikda bo‘lg‘usi geografiya o‘qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini tarkib toptirish va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan geografiya o‘qitish metodikasining maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi, geografiya o‘qitishning dolzarb muammolariga doir ma’lumotlar berilgan. Darslik 5110500 - “Geografiya o‘qitish metodikasi”, “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” ta’lim yo‘nalishlari talabalari va geografiya fani o‘qituvchilariga mo‘ljallangan.
-
LANDSHAFTSHUNOSLIK
Mazkur oʻquv qoʻllanmada “Landshaftshunoslik” faniga oid nazariy va amaliy bilimlar yoritilgan. Unda landshaftlarning morfologik tuzilishi, komponentlari, dinamikasi, barqarorligi, faoliyati, ularga ta'sir etuvchi tabiiy va antropogen omillar haqida ma'lumotlar keltirilgan.