-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
San’at. San’atshunoslik
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
КОГНИТИВНО-ПОВЕДЕНЧЕСКИЙ ПОДХОД В ПСИХОЛОГИЧЕСКОМ КОНСУЛЬТИРОВАНИИ
Курс раскрывает специфику работы психолога в рамках когнитивно-поведенческого подхода в психологическом консультировании, а также особенности применения данного метода в работе с различными категориями клиентов, сталкивающихся с психологическими трудностями. Представлена история развития когнитивно-поведенческой психотерапии, общие положения и этапы работы в данном подходе. Особое внимание уделено применению когнитивно-поведенческого подхода в работе с детьми и подростками, с семейными парами. Отдельно рассматривается работа психолога с острыми эмоциональными реакциями.
-
ОРГАНИЗАЦИЯ ЛЕТНЕГО ОТДЫХА ДЕТЕЙ И ПОДРОСТКО
Среди комплекса условий и мероприятий, обеспечивающих отдых и оздоровление детей и подростков, в курсе рассматриваются наиболее важные этапы в организации деятельности воспитателя (вожатого) летнего оздоровительного лагеря. Раскрываются действия педагогов в различных ситуациях, в том числе экстремальных.
-
Qadimgi Xitoy tibbiyoti va uning o‘ziga xos tomonlari” mavzusidan uslubiy qo‘Ilanma
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining 2- bosqich davolash ishi, pediatriya ishi, tibbiy profilaktika va 1-bosqich Xalq tabobati yo’nalishi talabalari uchun. Tibbiyot, tabobat— kishilar sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash, ummi uzaytirish, kasalliklaming oldini olish, davolash to’g’risidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy .tadbirlar yig’ndisidir. Zamonaviy Tibbiyotning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichi ko'hna tarixning turli davrlaridagi dunyoqarashlarni o'z ichiga oladi. Ma’lumki, turli kasalliklar, ularhi davolash va oldini olish haqidagi bilimlar asosi qadimdan kishilarning tajriba va kuzatishlariga bog'liq bo'lgan. Tibbiyot tarixi - bu insoniyatning ming yillik tajribasi, izlanishlari va yutuqlarini o'zida mujassam etgan ulkan ilmiy meros hisoblanadi.
-
ПСИХОЛОГИЯ ЭКСТРЕМАЛЬНЫХ СИТУАЦИЙ И СОСТОЯНИЙ ПОСТТРАВМАТИЧЕСКОЕ СТРЕССОВОЕ РАССТРОЙСТВО
В курсе представлены как теории и методы оказания психологической помощи людям непосредственно во время и после экстремальных ситуаций, так и содержание этапов интегративной психологической помощи при посттравматическом стрессовом расстройстве (ПТСР) с упражнениями и техниками. Цель курса— помочь психологам и психотерапевтам влечении таких клиентов (пациентов).
-
Jismoniy tarbiya va sport
Mazkur darslik -Jismoniy madaniyat o'quv dasturi asosida talabalar oʻzlashtirishlari kerak bo'lgan jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar yoritilgan boʻlib undan oliy ta'lim muassasasi jismoniy tarbiya fani professor – oʻqituvchilari va mutaxassislik yoʻnalishi talabalari hamda barcha bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va umumta'lim maktablari jismoniy tarbiya o'qituvchilari va o'quvchilari foydalanishlari mumkin.
-
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar
Darslik raqamli iqtisodiyot, kompyuter texnologiyalarining apparat vositalari xarakteristikasi, zamonaviy dasturiy vositalar, tarmoq texnologiyalari, blokcheyn texnologiyalari, ma'lumotlar bazalari, Big Data, virtual borliq, sun'iy intellekt, buyumlar interneti va bulutli texnologiyalar kabi raqamli texnologiyalar haqidagi hamda axborotni nimoyalash masalalariga oid bilimlarni qamrab olgan. Darslik iqtisodiyot sohasi ta'lim muassasalari bakalavriat dasturi boʻyicha ta'lim olayotgan talabalar, tadqiqotchilar, o'qituvchilar, shuningdek, sohani mustaqil o'rganuvchilarga moʻljallangan.
-
-
Insonning tashqi koʻrinishini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklar
Zamonaviy tilshunoslikda inson omili, xususan, insonning tashqi qiyofasi, uning individual va milliy xususiyatlarini aks ettiruvchi til birliklarini oʻrganish masalasi alohida ilmiy yo'nalishga aylangan. Insonning tashqi ko'rinishi nafaqat jismoniy belgilar majmui, balki u xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari va estetik ideallarini ifodalovchi madaniy kod sifatida ham namoyon boʻladi. Shu bois frazeologik va paremiologik birliklar tarkibida insonning tashqi qiyofasiga oid obrazlarning tahlili til va madaniyat oʻrtasidagi uzviy aloqalarni yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur monografiyada ingliz va oʻzbek tillarida inson tashqi ko'rinishini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvomadaniy (til va madaniyat oʻzaro ta'siri nuqtayi nazaridan) hamda lingvokognitiv (inson tafakkuri va idrok jarayonlari bilan bog'liq) xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida milliy mentalitet, madaniy qadriyatlar, estetik mezonlar va xalq og'zaki ijodida shakllangan konseptlar tahlil etilib, ularning til tizimidagi ifoda vositalari aniqlanadi. Monografiya natijalari tilshunoslik, tarjimashunoslik, madaniyatshunoslik va kognitiv lingvistika sohalarida ilmiy izlanish olib boruvchi tadqiqotchilar uchun, shuningdek, ingliz va oʻzbek tillarini qiyosiy oʻrganayotgan talabalarga metodik qoʻllanma sifatida foydali boʻlishi mumkin.
-
Ingliz tilida biznes muloqot madaniyati
Mazkur darslik "Ingliz tilida biznes muloqot madaniyati” fanidan bilim berishga qaratilgan boʻlib, zamonaviy xalqaro ishbilarmonlik muhitida ingliz tilida samarali va madaniyatga mos ravishda muloqot olib borish kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Darslikda ingliz tilida biznes muloqotning asosiy prinsiplari, etiket qoidalari, rasmiy va norasmiy aloqa uslublari, turli madaniy muhitlarda muloqot qilishning oʻziga xos xususiyatlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan bayon etilgan. Rasmiy hujjatlar tuzish, elektron yozishmalar olib borish, muzokara va taqdimotlar oʻtkazish, xalqaro uchrashuvlarda nutq madaniyatiga rioya qilish kabi ko'nikmalarni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Darslik oliy ta'lim muassasalarining filologiya, tarjima nazariyasi, xalqaro munosabatlar va biznes boshqaruvi yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalar, hamda ingliz tilida professional muloqot olib borishni istovchi keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallangan.
-
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
Mazkur darslik 71010301 Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha) magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun yaratililgan boʻlib, 4 ta modulga ajratilgan. Darslikda ilm-fan va ilmiy faoliyat, ilmiy tadqiqot, metodologiya, metodika va ijodiyot, ilmiy tadqiqot metodlari, adabiyotlar bilan ishlash va statistik materiallarni rasmiylashtirish, ilmiy faoliyat va uning subyektlari, ilmiy faoliyatni tashkil etish va baholash, davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalar, loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish va loyiha talabnomalarini tanlov asosida saralab olish tartibi, ilmiy ishlar, uning tasnifi va baholash mezonlari, Google Scholar, Elibrary elektron ma'lumotlar bazasida iqtiboslik darajasini oshirish, GSP, GLP VA GMP standartlari boʻyicha xalqaro mezonlar, pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va oʻtkazish metodikasi, ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash, magistraturada ta'lim jarayonini tashkil etish hamda talabgorlarning himoya jarayonlari hujjatlari yoritilgan. Mazkur darslikdan professor-o'qituvchilar, malaka oshirish tinglovchilari, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar, doktorantlar va talabalar foydalanishi mumkin.
-
ИНКЛЮЗИВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ АССИСТИВНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ
В учебном курсе раскрываются актуальные вопросы выявления особенностей, возможностей, специфики разработки и реализации инклюзивных и ассистивных технологии в процессе инклюзии. Соответствует актуальным требованиям федерального государственного образовательного стандарта среднего профессионального образования и профессиональным требованиям. Для студентов образовательных учреждений среднего профессионального образования.
-
Ilmiy, ogʻzaki va publitsistik uslubdagi matnlar tarjimasi
Mazkur oʻquv qo'llanma “Ilmiy, ogʻzaki va publitsistik uslubdagi matnlar tarjimasi" deb nomlanib, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti bakalavriat ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan. Qoʻllanmada ilmiy, og'zaki va publitsistik uslubdagi matnlarni tarjima qilishda uchraydigan asosiy xususiyatlar, muammolar va tarjima strategiyalari yoritilgan. Har bir mavzudan so'ng mavzuni chuqurroq oʻzlashtirishga yordam beruvchi savollar va amaliy mashqlar berilgan. Dars jarayonini interfaol tashkil etish uchun metodik tavsiyalar ham qoʻllanilgan.
-
History of literary criticism
The coursebook enables master's students to study deeply the history of literary criticism focusing on schools of criticism and notable theorists, literary history, current literary process, literary theory, components of an artistic work, literary types and genres, literature and social life, creative styles, imagery, literary concepts.
-
Hisob(calculs) oʻquv qo'llanma
Ushbu o'quv qoʻllanma oliy o'quv yurtlarining dasturiy injinering yo'nalishi talabalari uchun “Hisob” fanining dasturi asosida yozilgan boʻlib, unda asosan Hisob faniga doir bo'lgan mavzular maqsadi, mazmuni, misol va masalalari didaktik nuqtayi nazardan ochib berilgan. Ushbu oʻquv qo'llanmada keltirilgan barcha nazariy va amaliy mashg'ulot ma'lumotlari talabalarni Hisob fanidan o'rganadigan amaldagi dasturiga toʻla mos keladi. Oʻquv qo'llanmaning barcha mavzularida mustaqil ishlash uchun misollar, oʻz oʻzini nazorat qilish uchun savollar hamda tayanch iboralar keltirilgan. Ushbu kitob Universitetlarning Axborot texnologiyalari hamda matematika fakulteti bakalavriat yoʻnalishidagi talabalari uchun o'quv qoʻllanma sifatida tavsiya etilgan.
-
Germenevtika
Darslik OʻzR DTS lari, OʻzR oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi doirasida ta'lim tizimiga yangi fan sohalarini joriy qilish borasidagi qaror va buyruqlar asosida talabalar, yosh olimlarga badiiy adabiyotni zamonaviy innovatsion qarashlar rakursida oʻrganish bo'yicha badiiy nutq va germenevtik tafakkur munosabatlarini oʻqitishga qaratilgan. Unda germenevtika fani maqsadi va vazifalari, germenevtik tafakkurning shakllantirish usul va metodlari ilgari surilgan. Yosh kitobxonlar ommasiga san'atning umumiy qonuniyatlari doirasida badiiy nutq, soʻz san'ati va badiiy asarni tushunish hamda badiiy tafakkurning pragmatik konsepti haqida nazariy tushunchalar berilgan.
-
Foundations of english lexicology
This textbook provides comprehensive theoretical and practical knowledge in English Lexicology, covering its structure, meaning, origin, and usage of words, alongside the systematic organization of vocabulary. It explores key topics like word formation, etymology, semasiology, and lexicography, offering exercises and examples for understanding semantic relations and morphological patterns. The book emphasizes vocabulary as a dynamic system influenced by linguistic and extra-linguistic factors. Based on modern linguistic approaches, it aims to enhance theoretical competence and practical language skills for undergraduate and graduate students, researchers, and language learners, improving their ability to analyze lexical phenomena and apply knowledge in various contexts.