-
-
Avtomatika. Hisoblash texnikasi
-
Avtomatika. Hisoblash texnikasi
-
-
Nazariy mexanika
O'quv qo'llanma uchta bo'limdan iborat bo'lib, birinchi statika bo'limida qattiq jism statikasi va uning asosiy aksiomalari, ikkinchi bo'limda kinematika va uchinchi bo'limda dinamika asoslari yoritilgan. Kitob oliy o'quv yurtlarining qurilish, muhandislik, suv xo'jaligi, transport va kasbiy ta'lim sohasi bo'yicha bilim oluvchi bakalavriyat talabalari uchun mo'ljallangan.
-
“MASHINASOZLIK ISHLAB CHIQARISH SANOATIDA RAQAMLASHTIRISH MUAMOLARI VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY - AMALIY ANJUMAN T O ‘PLAMI
Mazkur to'plamda mashinasozlik ishlab chiqarish sanoatida raqamlashtirish muammolari va rivojlantirish istiqbollari, ta'lim boshqaruv tizimlarida sun'iy ong va tabiiy tillarni qo'llash, shuningdek virtual reallikdan ta'lim va trening jarayonlarida foydalanish masalalari bo'yicha ilmiy maqolalar o'rin olgan.
-
Iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish
Mazkur avtoreferat iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan. Unda xorijiy investitsiyalarni jalb etish, investitsion muhit jozibadorligini oshirish va moliyalashtirish mexanizmlarini ilmiy-uslubiy jihatdan tadqiq etish masalalari ko'rib chiqilgan.
-
Nazariy mexanika
Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining qurilish, muhandislik, suv xo'jaligi, transport va kasbiy ta'lim sohalari bo'yicha bilim oluvchi bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada nazariy ma'lumotlar qisqacha bayon qilingan bo'lib, statika, kinematika va dinamika bo'limlari asosiy qonuniyatlari yoritilgan va ko'plab amaliy masalalar keltirilgan.
-
Materiallar qarshiligi 2-qism
O‘quv qo‘llanmada to‘sinlarning to‘g’ri ko‘ndalang egilishi, kuchlanishlar, deformatsiyalar, murakkab qarshilik hamda konstruksiy elementlarining ustivorlik qonulari va dinamik yuklanishlar ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, o‘quv qo‘llanmadan soha mutaxassislari va ilmiy izlanuvchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
РАСТЕНИЕВОДСТВО
Ushbu darslikda o'simlikshunoslik faniningasoslari, shu jumladan qishloq xo'jaligi ekinlarining kelib chiqishi, tarqalishi, sistematikasi, biologik xususiyatlari hamda ularni yetishtirishning zonal texnologiyalari yoritilgan. Shuningdek, sohaning ilmiy asoslari va polev kulturalarining tasnifiga oid ma'lumotlar keltirilgan.
-
Mexanika (MQ, MMN, MD). 2-Qism. Mexanizm va mashinalar nazariyasi
Mazkur o'quv qo'llanma mualliflarning “Mexanizm va mashinalar nazariyasi” fani yo'nalishida olib borgan ko'p yillik ilmiy va pedagogik faoliyatlari natijasining mahsulidir. Qo'llanmada fanning qisqacha rivojlanish tarixi, mexanizmlarning strukturaviy, kinematik, dinamik tahlillari va ularning sintez masalalari qamrab olingan.
-
Materiallar qarshiligi
O'quv qo'llanmada materiallarning xossalarini tajribada tekshirish, bruslarning cho'zilishi (siqilishi), siljishi, buralishida kuchlanish va deformatsiyalar hamda tekis kesim geometrik tavsiflari o'rganiladi. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari, soha mutaxassislari va ilmiy izlanuvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Mаshinа vа mexаnizmlаr dinаmikаsi
Ushbu o'quv qo'llanma “Mashina va mexanizmlar dinamikasi” fanining asosiy qismlarini o'z ichiga olgan bo'lib, texnika oliy o'quv yurtlarining 5A320302 – “Mashinashunoslik” ta'lim mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan magistratura talabalari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmadan doktorantura, ilmiy xodimlar, mashinasozlik sohasi mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
-
Nazariy mexanika
Ma’ruzalar matnida statika, kinematika, nuqta va sistema dinamikasi bayon etilgan. Shuningdek, asosiy tushunchalari va qonunlari bilan birga muhandislik faoliyatida uchraydigan boshqa masalalar ham yoritilgan.
-
Назарий механика асослари
Darslikda statika, kinematika, nuqta va sistema dinamikasi, qattiq jism dinamikasi, analitik mexanika elementlari va kichik tebranishlar nazariyasi bayon etilgan. Kitob oliy texnika o'quv yurtlarining talabalari uchun mo'ljallangan.
-
“Digital loyihalash (AutoCAD)” fanidan darslik
Ushbu darslikda arxitektura ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun chizma geometriya va chizmachilik fanlari chizmalarini bajarishda Autodesk tomonidan ishlab chiqarilgan AutoCAD grafik dasturidan foydalanish imkoniyatlari batafsil yoritilgan. Dastur yordamida obyektlarni aylantirish, o‘lchamlarni o‘zgartirish, surish va harakatlantirishni oson amalga oshirish, shuningdek nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash ko‘nikmalari shakllantiriladi.
-
Kompyuterda loyihalash (3D Max grafik dasturi)
Mazkur o'quv qo'llanma “Kompyuterda loyihalash” (3d max grafik dasturi) fanidan xozir amal qilinayotgan namunaviy dastur asosida yozilgan. Qo'llanmada 3ds Max grafik dasturining ish oynasi, interfeysi, menyular paneli, proyeksiyalar oynalari va buyruqlar paneli haqida batafsil ma'lumot berilgan.
-
Finite Element Simulations with ANSYS Workbench 2020: Theory, Applications, Case Studies
Bu kitob ANSYS Workbench 2020 yordamida chekli elementlar usulida modellashtirish nazariyasi, amaliyot va real misollarni o'z ichiga oladi. Unda 2D eskizlar chizish, 3D modellar yaratish, shuningdek turli muhandislik masalalarini hal qilish bosqichma-bosqich tushuntirilgan.
-
AutoCAD
Ushbu o'quv qo'llanmada “Kompyuterda loyihalash” fanining bir qismi bo'lgan AutoCAD grafik dasturiga tegishli ma'lumotlar keltirilgan. Dasturning boshlang'ich kursi, ishchi stoli, buyruqlari, primitivlar va ulardan foydalanish algoritmlari qisqa hamda aniq yoritilgan.
-
Amaliy va umumiy astrofizika. I qism
Ushbu darslik respublikamiz universitetlarining "astronomiya" va "fizika" bakalavriat ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, u olti bobdan iborat. Unda asosiy astrofizik teleskoplar, ularning zamonaviy turlari va yordamchi vositalari, mavjud bo'lgan qabul qilgichlar, ularning vazifalari hamda amaliy astrofizikaning tadqiqot va tekshirish usullari berilgan.