-
Умумий ва қишлоқ хўжалик энтомологияси ҳамда уйғунлашган ҳимоя қилиш тизимининг асослари
Дарсликда ихтисослашган мутахассислар учун мазкур соҳага доир маълумотлар мажмуи берилган. Унинг «Умумий энтомология асослари» бўлимида ҳашаротларнинг тузилиши ва ҳаёт кечириши тўғrisida асосий тушунчалар берилган, шунингдек қишлоқ хўжалик экинлари зараркунандалари ва уларга қарши курашиш тизимлари ёритилган.
-
O'simliklarni biologik himoya qilish
O'quv qo'llanmada qishloq xo'jaligi ekinlarini zararli organizmlardan biologic himoya qilish usullari, mikroorganizmlar, entomofaglar va akarifaglar, ularni laboratoriya sharoitida ko'paytirish texnologiyalari yoritilgan. Oliy o'quv yurtlari talabalari, ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari va qishloq xo'jaligi xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Қишлоқ хўжалик экинларининг зараркунандалари, касалликлари ва уларни ҳисоблаш ҳамда тарқалишини башорат қилиш
Ушбу ўқуv қўлланма қишлоқ хўжалиги олий ўқув юртлари талабаларига, илмий тадқиқот институтлари олимлари, республика, вилоят ва туман ўсимликларни ҳимоя қилиш марказлари ҳамда фермер хўжалиги раислари учун мўлжалланган. Қўлланмада қишлоқ хўжалик экинлари зараркунандалари ва касалликларининг тарқалиши, ривожланиши ҳамда уларни ҳисоблаш ва башорат қилиш усуллари батафсил ёритилган.
-
Умумий фитопатология ва микробиология
Мазкур дарслик ўсимликларда учрайдиган турли хил юқумли ва юқумсиз касалликлар, уларни қўзғатувчиларининг систематикаси, биологияси, морфологик хусусиятлари, кўпайиш усуллари ва бошқалар тўғрисидаги маълумотларни ўз ичига олган. Дарслик олий ва ўрта махсус билим юрти талабалари, профессор-ўқитувчилар ва қишлоқ хўжалиги тизимида ишловчи ходимлар учун мўлжалланган.
-
QISHLOQ XO‘JALIK FITOPATOLOGIYASI
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining 60811000 – “O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada qishloq xo‘jalik fitopatologiyasi bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘simlik kasalliklarini o‘rganish usullari va kasalliklarga qarshi kurash choralarining amaliy jihatlari yoritilgan.
-
Умумий фитопатология ва микробиология
Ушбу лаборатория машғулотлари бўйича услубий қўлланмада «Умумий фитопатология ва микробиология» фанидан ўтиладиган лаборатория машғулотларининг мавзуси, уни ўтказиш учун дастур, материал ва жиҳозлар, топшириқларнинг қисқача мазмуни, топшириқни бажариш усули ва тартиби ҳамда олинган натижаларни муҳокама қилиш тўғрисида тушунча берилган.
-
Yer tuzish asoslari
Mazkur o'quv qo'llanmada yer tuzishning umumiy nazariyasi va uslubiy asoslarining rivojlanish qonuniyatlari bayon etilgan. Shuningdek, yer tuzishning maqsadi va vazifalari, uning turlari, amalga oshirilish usullari hamda yer islohoti masalalari yoritilgan.
-
Yer kadastri
Darslikda davlat yer kadastrining tarixi, mazmuni, asosiy vazifalari berilgan; yer uchastkalarini ro’yxatga olish, yer hisobi va hisoboti, yerlarni baholash masalalari yoritilgan. Shuningdek, xo’jalik, tuman, viloyat va respublikada yer kadastrini hamda yer kadastri hujjatlarini yuritish bo’yicha amaliy ko’nikmalar aks ettirilgan.
-
Земельный кадастр
В учебном пособии изложены теоретические вопросы земельного кадастра, включая его сущность, составные части и подсистемы, объект и предмет изучения, принципы и методы ведения, назначение и особенности ведения его в районах орошаемого земледелия. Подробно освещены методические вопросы составных частей земельного кадастра: регистрации прав на земельные участки, государственного учета земель, оценки земель, а также приведены практические примеры создания базы земельно-кадастровых данных.
-
Бонитировка почв в системе земельного кадастра
В учебном пособии изложены теоретические и методологические основы бонитировки почв и земельного кадастра, понятие о дифференциальной земельной ренте, сущность естественноисторического метода оценки земель, разработанного В.В. Докучаевым. Дан исторический обзор принципов и методов бонитировки почв в России и ближнем зарубежье, а также подробно освещены принципы и методы бонитировки почв, применяющиеся в настоящее время.
-
TUPROQ BONITIROVKASI VA XARITALASH
Darslik tuproq bonitirovkasi va xaritalash fani dasturiga muvofiq tuzilgan bo'lib, qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurtlarining agrokimyo va agrotuproqshunoslik ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Kitobda tuproq bonitirovkasining nazariy va amaliy asoslari, tuproq sifatini baholash, unumdorlik darajasi, shuningdek tuproqni xaritalash usullari va bosqichlari yoritilgan.
-
Tuproqni xaritaga tushirish
Mazkur o’quv qo’llanmada yer yuzida tuproqlar joylashishining asosiy qonuniyatlari, dala sharoitida tuproqlarni o’rganib xaritaga tushirishga tayyorgarlik ishlarini tashkil qilish yoritilgan. Shuningdek, tuproq haritalari va kartagrammalarini tuzishning nazariy qonuniyatlari, mexanizmlari hamda qishloq xo'jaligida ulardan foydalanish yo'llari bayon etilgan.
-
«Tuproqni dalada tekshirish va xaritaga tushirish» fanidan o’quv - qo’llanma
O'quv qo'llanma 5141000 - Tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishida talim olayotgan talabalarga mo’ljallangan bo’lib, unda tuproqni dalada tekshirish va xaritaga tushirish fani predmeti va metodlari, tuproqni dalada tekshirishga tayyorgarlik, dala ishlarini bajarish, tuproq haritalari va kartogrammalarini tuzish, hamda kameral ishlarni bajarishga doir ma’lumotlar keltirilgan.
-
Tuproqni xaritalashda kosmik tasvir usullaridan foydalanish
Mazkur o'quv qo'llanma qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurtlarining agrokimyo va agrotuproqshunoslik mutaxassisligi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, tuproqni xaritalashda kosmik tasvir usullaridan foydalanish masalalarini yoritadi.
-
Тупроқ мелиорацияси
Мазкур дарслик тупроқ мелиорацияси фанининг вазифалари, услублари ва тариxидан маълумотлар беради. Шунингдек, тупроқларнинг келиб чиқиши, таснифи, тарқалиши, унумдорлигини тиклаш ва сақлаш йўлларини ёритиб beradi. Дарслик талабалар, аспирантлар, илмий ходимлар ҳамда ўқитувчиларга мўлжалланган.
-
MELIORATSIYA VA YERLARNI REKULTIVATSIYALASH
Darslik ekinlarning yaxshi o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligini oshishini ta’minlaydigan yerlarning maqbul meliorativ holatini ta’minlash, turli sabablarga ko‘ra tabiiy holati buzilib, biomassa hosil qilish qobiliyatini yo‘qotgan, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash - rekultivatsiya qilish bo‘yicha nazariy bilimga va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lish, ularni qo‘llash bo‘yicha malakalarni shakllantirish vazifalarini bajaradi. Darslikda yerlarni melioratsiyalash va rekultivatsiya qilishd