-
-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
-
-
Yer tuzish
Darslik Yer tuzish fanining dasturiga mos ravishda O'zbekiston Respublikasi yer to'g'risidagi qonunchiligida yuz bergan o'zgarishlar va yer islohotini hisobga olgan holda tayyorlangan. Unda yer tuzishning umumiy nazariyasi va uslubiy asoslarining rivojlanish qonuniyatlari, yer tuzish maqsadi va vazifalari, uning turlari hamda yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza qilishni tashkil etishning asosiy masalalari bayon etilgan.
-
Yer tuzish asoslari
Mazkur o'quv qo'llanmada yer tuzishning umumiy nazariyasi va uslubiy asoslarining rivojlanish qonuniyatlari bayon etilgan. Shuningdek, yer tuzishning maqsadi va vazifalari, uning turlari, amalga oshirilish usullari hamda xorijiy davlatlarda yer tuzish tajribalaridan foydalanish masalalari yoritilgan.
-
Yer kadastri
Darslikda davlat yer kadastrining tarixi, mazmuni va asosiy vazifalari berilgan; yer uchastkalarini ro’yxatga olish, yer hisobi va hisoboti, yerlarni baholash masalalari yoritilgan. Shuningdek, xo’jalik, tuman, viloyat va respublikada yer kadastrini hamda uning hujjatlarini yuritish bo’yicha amaliy ko’nikmalar aks ettirilgan.
-
Iqtisodiy nizolarni hal qilishda advokat ishtirokini takomillashtirish masalalari: milliy va xorijiy tajriba
Mazkur monografiyada iqtisodiy nizolarni hal qilishda advokat huquqiy maqomi va ishtirokining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan. Iqtisodiy nizolarni sudgacha va sud tartibida ko‘rishda ham nizolarni hal qilishning muqobil usullari bo‘lgan mediatsiya va hakamlik sudlarida advokatning huquq va majburiyatlari bilan bog‘liq masalalar o‘rganilgan. Shuningdek, xalqaro standartlar va ayrim xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi tahlil qilingan holda ijobiy jihatlarini milliy qonunchilik tizimiga
-
Qishloq xo‘jalik melioratsiya va yer tuzish fanidan amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlari
O'quv qo'llanmada ekinlarni sug'orish asoslari, qishloq xo'jalik melioratsiyasi va yer tuzish fani bo'yicha amaliy mashg'ulotlar hamda laboratoriya ishlari keltirilgan. Unda sug'oriladigan yerlarda sizot suvlar sathining o'zgarishini hisoblash, tuproq namligi va sho'rlanish darajasini aniqlash, sug'orish rejimlari hamda geodezik asboblar bilan ishlash usullari bayon etilgan. Kitob oliy o'quv yurtlarining tegishli bakalavriat yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Iqtisodiy sud ishlarida advokatning ishtiroki
Mazkur o'quv qo'llanmada iqtisodiy sud ishlarida vakillik, uning turlari va vakil vakolatlarini rasmiylashtirish tartibi, iqtisodiy protsessda advokatning protsessual huquq va majburiyatlari, iqtisodiy ishlarni sudgacha bo'lgan davrda va birinchi instansiya sudlarida advokatning ishtiroki, advokatning dalillarni to'plash va sudga taqdim qilishga oid protsessual harakatlari, iqtisodiy sud hujjatlarini qayta ko'rish va ijro etish bosqichida advokatning ishtiroki o'rin olgan.
-
Qishloq xo'jalik ekinlarining kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
O'quv qo'llanma qishloq xo'jalik ekinlari kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, tasnifi, qo'zg'atuvchi mikroorganizmlarning biologiyasi va sistematikasiga bag'ishlangan. Shuningdek, ayrim qishloq xo'jalik o'simliklarida uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari batafsil yoritilgan. Magistratura talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Umumiy va qishloq xo'jaligi fitopatologiyasi
Ushbu o'quv qo'llanmada o'simliklarda kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlarning morfologiyasi, sistematikasi, biologik xususiyatlari, ko'payishi va ular keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi kurash choralari to'g'risida batafsil ma'lumot berilgan. Qo'llanma qishloq xo'jaligi kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan universitet talabalari va qishloq xo'jaligi mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
-
Sabzavot, kartochka hamda poliz ekinlarining kasalliklari va ularga qarshi kurash
O'quv qo'llanmada dalalar va issiqxonalarda uchraydigan sabzavot, kartochka hamda poliz ekinlari kasalliklarining tashqi belgilari, ularning keng tarqalishi va rivojlanishiga sabab bo'luvchi omillar, hosilga ta'siri, qo'zg'atuvchilarning tashxislari hamda kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlari bayon etilgan. Kitob agronomiya, o'simliklar himoyasi va karantini yo'nalishlari talabalari, magistrlari, ilmiy xodimlar hamda soh mutaxassislari, fermerlar va dehqonlarga mo'ljallangan.
-
Мевали ва ёнғоқ мевали дарахтлар, цитрус, резавор мевали буталар ҳамда ток касалликлари ва уларга қарши кураш
Ўзбек тилида илк бор чоп этилаётган ушбу ўқув қўлланмада боғларда, токзорларда учрайдиган уруғли, данакли, ёнғоқ мевали дарахтлар, цитрус ва резавор мевали буталар ҳамда ток касалликларининг ташқи белгилари, уларнинг кенг тарқалиши ва ривожланишига сабаб бўлувчи омиллар, ҳосилга таъсири, қўзғатувчиларнинг ташхислари ва касалликларга қарши кураш чоралари баён этилган.
-
Тупроқлар деградацияси
Мазкур ўқуv қўлланма олий таълим муассасаларининг тупроқшунослик, экология ва атроф-муҳит муҳофазаси бакалавриат таълим йўналишлари ва магистратура мутахассисликлари учун мўлжалланган. Қўлланмада тупроқ деградацияси турлари, унинг омиллари, тупроқларни механик, физик ва кимёвий бузилиши, ифлосланиши ҳамда детоксикацияси каби долзарб масалалар ёритилган.
-
Tuproqlar rekultivatsiyasi fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun uslubiy qo‘llanma
Uslubiy qo‘llanmada “Tuproqlar rekultivatsiya” fani bo‘yicha bajariladigan laboratoriya ishlarining mazmuni, turlari, kimyoviy moddalarni aniqlash metodlari, tuproqlarni analizga tayyorlash va turli texnogen buzilgan tuproqlarda umumiy azot, fosfor, kaliy miqdorini aniqlash bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Qo‘llanma 5A141001 - Tuproqshunoslik magistratura mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Мелиоратив тупроқшунослик
Дарслик янги давлат стандарти ва намунавий дастур асоasida яратилган бўлиб, мелиоратив тупроқшунослик фани, унинг тарихи, мақсади, вазифалари, шунингдек шўрланган, эрозияланган ва бошқа ноқулай хоссаларга эга тупроқларнинг келиб чиқиши ҳамда уларнинг мелиорациясига қаратилган тадбирларни кенг ёритади. Қишлоқ хўжалиги олий ўқув юртлари талабалари ва соҳа мутахассислари учун мўлжалланган.
-
Meliorativ tuproqshunoslik
Darslik bakalavriatning Irrigatsiya va melioratsiya ta’lim sohasining Meliorativ gidrogeologiya ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, subarid va arid mintaqada tarqalgan meliorativ holati qoniqarsiz tuproqlarga oid nazariy va amaliy tushunchalarni yoritadi.
-
Эрозияшунослик
Ушбу дарсликда тупроқ эрозиясини келиб чиқиш сабабалари ва уларни халқ хўжалигига келтирадиган зарарлари, ер юзасидаги сув ва шамол эрозиясини географик тарқалиш қонуниятлари, уларни тупроқнинг морфогенетик, кимёвий, агрокимёвий, агрофизик, сув-физик, микробиологик ва унумдорлигига таъсири ва атроф муҳитни - экологик шароитларини ёмонлашув механизмлари ёритилиб берилган.
-
Аллювиал тупроқлар физикаси
Mazkur darslikda mahalliy sharoitni hisobga olgan holda O'rta Osiyoda, ayniqsa, O'zbekistonda tarqalgan tuproqlarning fizik va suv fizik характеристикаси баён этилган. Shuningdek, tuproq fizikasi fanining tarixi, tuproqning qattiq va suyuq qismi fizikasi hamda qishloq xo'jaligida ekinlar hosildorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar yoritilgan.