-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Avtomatika. Hisoblash texnikasi
-
Avtomatika. Hisoblash texnikasi
-
Komputerning texnik va dasturiy ta'minoti
Mazkur darslik matematika va informatika fanlarini o'qitish sohasini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, kompyuterning texnik va dasturiy ta'minotiga doir nazariy va amaliy bilimlarni o'z ichiga oladi. Unda kompyuter texnikasi va arxitekturasi, tizimli va amaliy dasturiy ta'minot, operatsion tizimlar hamda dasturlash texnologiyalari yoritilgan. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari va sohaga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Axborot va raqamli texnologiyalardan foydalanishning ustuvor yo'nalishlari va istiqbollari (“Ta’lim tizimi” misolida)
Monografiyada axborot va raqamli texnologiyalarning asosiy tushunchalari, turlari hamda ularning o'ziga xos xususiyatlari bayon etilgan. Shuningdek, ta'lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari, masofaviy ta'lim, bulutli texnologiyalar va mobil ilovalardan foydalanish masalalari yoritilgan. Kitob oliy ta'lim talabalari, ilmiy tadqiqotchilar va professor-o'qituvchilarga mo'ljallangan.
-
Green Chemistry Metrics: Measuring and Monitoring Sustainable Processes
Mazkur kitob yashil kimyo prinsiplari, barqaror jarayonlarni o'lchash va monitoring qilish usullariga bag'ishlangan. Unda kimyoviy texnologiyalar, mahsulot dizayni va ekologik muammolarni hal qilishda qo'llaniladigan metrikalar atroflicha tahlil qilingan.
-
Green Chemistry and the Ten Commandments of Sustainability
Mazkur darslik yashil kimyo asoslari, atrof-muhit kimyosi, barqarorlik tamoyillari hamda kimyoviy jarayonlarning tabiatga ta'sirini kamaytirish usullarini yoritadi. Kitibda elementlar, birikmalar, kimyoviy reaksiyalar, energiya munosabatlari va suv hamda havo kimyosi keng tahlil qilingan.
-
Фуқаролик кодексини такомиллаштириш муаммолари”
Ушбу тўпламга Тошкент Давлат юридик институтида ўтказилган "Фуқаролик кодексини такомиллаштириш муаммолари” мавзусидаги илмий-назарий анжуман материаллари киритилган. Тўпламда ҳуқуқшунос олимлар, олий ўқув юртлари ўқитувчилари ва амалиёт ходимлари томонидан Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодексини такомиллаштириш бўйича билдирилган фикр-мулоҳазалари ўз ифодасини топган.
-
Turkiston jadidchilik harakati tarixidan
Mazkur o'quv qo'llanmada XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy jarayonlar, jadidchilik harakatining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari yoritilgan. Shuningdek, jadid ziyolilarining milliy va mustaqil davlat barpo etish yo'lidagi sa'y-harakatlarining siyosiy-huquqiy mafkurasi bayon etilgan. Kitob talabalar va milliy uyg'onish davri bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Sharq allomalarining ilmiy merosi
Mazkur darslikda ilm-fan yo'lidagi o'rta asrlarda katta xizmatlarni amalga oshirgan sharq allomalarining ilmiy-ma'rifiy merosi muxtasar yoritilgan. Shuningdek, darslikni tayyorlashda asosan olimlar, ziyolilar va tadqiqotchilarning ishlaridan to'liq foydalanildi. Ushbu darslik ma'lumotlaridan professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar, magistrlar, allomalar tarixini o'rganuvchilar, kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin.
-
O'zbekistonning eng yangi tarixi
Mazkur darslik O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillariga bag'ishlangan. Unda mamlakatimizning mustaqillikka erishish arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, mustaqil O'zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, talabalarda tarixiy tafakkur, milliy g'urur va vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish masalalari keng tahlil qilingan.
-
Xalqaro tashkilotlar hamkorligi
Mazkur o'quv qo'llanmada xalqaro tashkilotlar va davlatlararo hamkorlikning shakllanish tarixi, integratsiya jarayonlari, mintaqaviy hamkorlikni ta'minlashdagi xizmatlari yoritilgan. Shuningdek, xalqaro xavfsizlikni ta'minlash, iqtisodiy va madaniy aloqalarni kengaytirish yo'llari ilmiy asosda tahlil qilingan. Talabalar va tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.
-
Бухоро тарихи
Abu Bakr Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asari O'rta Osiyoning eng qadimgi va nodir yozma yodgorliklaridan biri bo'lib, VIII—XII asrlardagi Buxoro va uning atrofi xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy tarixiga oid muhim ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Kitobda asarning yozilish tarixi, turli qo'lyozma nusxalari va ularning tarjima qilinish jarayonlari atroflicha yoritilgan. Ushbu nashr ilmiy-tarixiy tadqiqotlar uchun asosiy bosh manbalardan biri sifatida xizmat qiladi.
-
Samarqand shahri va viloyatidagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar tarixi
Ushbu monografiyada Samarqand shahri va viloyatidagi muqaddas qadamjolar hamda ziyoratgohlar tarixi ilmiy faktlarga tayangan holda yoritilgan. Kitob yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ajdodlarimizdan qolgan moddiy va ma'naviy merosni asrab-avaylash hamda o'rganishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Risola keng kitobxonlar ommasi, talabalar va tarix fani tadqiqotchilariga mo'ljallangan.
-
I Milliy uyg'onish: jasorat, ma'rifat, fidoyilik
Mazkur kitob Туркистон тарихинипг XX аср бошидаги энг мухим ходисаларидан бири ҳисобланмиш жадидчилик ҳаракати bilan tanishtirish bag'ishlangan. Asarda jadidchilikning shakllanishi, tarixi, manbalari, ijtimoiy-siyosiy va madaniy-adabiy harakatlar bilan aloqalari keng yoritilgan. Shuningdek, Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Cho'lpon, Fitrat kabi jadidnamoyandalarning faoliyati tahlil qilingan.
-
Банк хукуки
Бозор муносабатларига ўтиш шароитида банклар фаолиятида катта ўзгаришлар юз бермоқда. Ушбу ўқув қўлланмада республикамиздаги банк тизими, унинг таркибий тузилиши, банкларда тезкор ҳисоб ишларини ташкил этилишининг ҳуқуқий асослари ёритилган. Муаллиф меъёрий хужжатлар асосида банк тизимининг ҳуқуқий масалаларини баён этган. Қўлланмадан олий ўқув юртлари, коллеж талабалари, молия ва банк тизими ходимлари фойдаланиши мумкин.
-
Hands-On RTOS with Microcontrollers
Build real-time embedded systems using FreeRTOS, STM32 MCUs, and SEGGER debug tools. This book provides a practical guide to understanding and implementing real-time operating systems on microcontrollers for efficient firmware development.
-
C++ in Embedded Systems: A practical transition from C to modern C++
Mazkur kitob dasturchilarga an'anaviy C tilidan zamonaviy C++ ga o'tish jarayonida o'rnatilgan tizimlar (embedded systems) uchun samarali dasturiy ta'minot yaratish usullarini o'rgatadi. Muallif resurslar cheklangan muhitda xotira xavfsizligi, shablonlar (templates) va zamonaviy C++ imkoniyatlaridan unumli foydalanish yo'llarini amaliy misollar yordamida tushuntiradi. Kitob o'rnatilgan tizimlar dasturchilari va muhandislari uchun mo'ljallangan bo'lib, ishonchli va samarali tizimlar qurish ko'nik
-
Embedded Systems Fundamentals with Arm Cortex-M based Microcontrollers: A Practical Approach
This textbook provides a comprehensive, hands-on introduction to embedded systems design using Arm Cortex-M based microcontrollers, specifically focusing on the Nucleo-F091RC development board. It covers essential topics such as CPU architecture, interrupt systems, peripherals, serial communication, and multi-tasking, utilizing the C programming language and free development tools. Designed for one- or two-semester introductory courses, the book bridges theoretical concepts with practical implem