-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
Ixtisoslikka kirish (futbol)
Mazkur o‘quv qo‘llanma futbol ixtisosligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning nazariy bilimlarini kengaytirish, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda sport mahoratini bosqichma-bosqich rivojlantirish masalalari ilmiy asosda yoritilgan. Qo‘llanmada futbol mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish tavsiyalar keltirilgan. damlilik, egiluvchanlik, koordinatsiya) rivojlantirish, mashg‘ulotlarni tahlil qilish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga oid ilg‘or metodlarni qamrab oladi. Ushbu materiallar talabalarning nazariy tayyorgarligini chuqurlashtiradi va amaliy mashg‘ulotlarda sport-pedagogik kompetensiyalarni mustahkamlaydi.
-
Tilshunоslik (руйхат)
Ushbu o‘quv qo‘llanma 60230100 – filоlоgiya va tillarni o‘qitish (ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan tillari) yo‘nalishidagi bakalavriat ta’lim yoʻnalishi talabalariga moʻljallangan. O‘quv qo‘llanmada tilshunоslik fanining mazmuni, jumladan, uning oʻrganish sоhasi, til va tafakkur, til va nutq, til va jamiyat, tilshunоslik fanining rivоjlanishi, uning tariхi, tilni tadqiq etish mеtоdlari haqida ma’lumоtlar kеltirilgan. O‘quv qo‘llanma, хususan, talabalar va tilshunоslik nazariyasi bilan qiziquvchi bоshqa kitоbхоnlarga moʻljallangan.
-
Littérature française (руйхат)
Mazkur darslikda XIX va XX asrlar fransuz adabiyoti haqida maʼlumot, har bir davrning buyuk yozuvchilari hayoti va ijodi, badiiy asarning qisqacha mazmuni, asarning paydo bo‘lishi, fransuz tilida badiiy matndan parcha, matn yuzasidan savollar, matnga doir fransuz, rus va o‘zbek tillarida lug‘at va asarning har bir qahramoniga taʼrif berilgan bo‘lib, u 60230100 – filologiya va tillarni o‘qitish, (fransuz tili) bakalavriat taʼlim yo‘nalishining “Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti” fanidan darslik sifatida tavsiya etiladi.
-
Kores tili o'qitish metodikasi (руйхат)
Mazkur o'quv qo'llanmada koreys tilini o'qitish metodikalarining nazariy va amaliy Jihatlari yoritilgan.
-
Talabalar sport-pedagogik mahoratini oshirish (voleybol).
O'quv qo‘llanma 61010300 - Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha "Sport va pedagogik mahoratni oshirish fanining amaldagi o‘quv rejasi va namunaviy o‘quv dasturiga muvofiq tayyorlangan. O‘quv qo‘llanmada talaba-voleybolchilarning texnik, taktik va jismoniy tayyorgarligi asoslari, musobaqalarda jamoani boshqarish masalalari ochib berilgan.
-
Practical phonetics
Mazkur o‘quv qo‘llanma “60110900 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, amaliy fonetika fanining nazariy va amaliy masalalarini o‘z ichiga oladi. Qo‘llanmada ingliz tili fonetikasi, nutq organlari, fonemalar tizimi, urg‘u, intonatsiya va transkripsiya bo‘yicha mavzular, amaliy mashqlar, test topshiriqlari, glossariy hamda foydalanilgan adabiyotlar keltirilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma talabalarning fonetik kompetensiyasini rivojlantirish, to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish va amaliy mashg‘ulotlarda samarali foydalanish uchun tavsiya etiladi.
-
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati (руйхат)
Mazkur o‘quv qo‘llanmada mediasavodxonlik va axborot madaniyati fanining vujudga kelish tarixi, rivojlanish bosqichlari va bugungi holati yoritilgan. Shuningdek, ushbu faning nazariy asoslari, axborot tushunchasining mohiyati va u bilan bog‘liq bo‘lgan zamon va makon omillari tahlil qilingan. Axborot oqimining ortib borayotgani sharoitida uni tahlil qilish, to‘g‘ri qabul qilish va ongli iste’mol qilish kabi muhim jarayonlarga alohida e’tibor qaratilgan.
-
Sun’iy intellekt asoslar
Mazkur o‘quv qo‘llanma “60610100 – Axborot tizimlari va texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va Oliy o‘quv yurtlarining barcha bakalavr va magistratura mutaxassisliklari talabalari hamda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, Sun’iy intellekt asoslari hamda Machine Learning fanlaridan nazariy va amaliy jihatidan foydalanishlari mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasasi tomomdan tasdiqlangan amaldagi dasturlar asosida tuzilgan. Unda talaba mavzular bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslariga tayyorlanishi davomida foydalaniladigan ma’ruzalar matni, qo‘shimcha ma’lumotlar, zarur adabiyotlar ro‘yxati, nazorat savollari, tayanch tushunchalar, glossariy berilgan.
-
Dialektologiya (руйхат)
Ushbu o‘quv qo‘llanma koreys tili yo‘nalishi bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda koreys tilida shevalarning turlari va ularning fonetik, leksik xususiyatlari misollar yordamida tushuntirib berilgan.
-
Xulq-atvor iqtisodiyoti va davlat siyosati
Zamonaviy iqtisodiy nazariya xilma-xildir. U turli maktablar va yo'nalishlar nuqtai nazaridan iqtisodiy muammolarni hal qilishning turli usullarini o'z ichiga oladi. Ammo turli maktablarning tavsiyalari o'rtasida tanlov qilish qiyin, chunki ularning har birining nazariyasi ratsional darajaga ega bo'lib, iqtisodiyotning haqiqiy jihatlaridan faqat bittasini aks ettiradi. Haqiqiy hayotda ilmiy maktablarning o'zgarishi va ulaming nazariyalarining asosiy qoidalarini o'rgatish kurashda sodir bo'ladi, chunki jamiyatning ijtimoiy guruhlarining har biri o'z nazariyasining universalligini da'vo qiladi va bir vaqtning o'zida alohida sinflarning turli iqtisodiy manfaatlarini aks ettiradi.
-
Lesson planning. Selecting and creating educational materials I (руйхат)
This textbook is devoted to the issues of lesson planning, selection, and creation of educational materials in the context of teaching English as a Foreign Language (EFL). It examines the theoretical foundations and practical aspects of lesson planning aimed at developing the professional competencies of future English language teachers.
-
Falsafa o`quv qo`llanma Barcha nomutaxassis yo’nalishlar talabalari uchun
alsafa o`quv qo`llanma Barcha nomutaxassis yo’nalishlar talabalari uchun.
-
Methodology of teaching specialized subjects (руйхат)
The level of language skills plays a big role in a person’s career growth and in building connections with international partners. On this ground, schools should help students reach a certain level of foreign language skills, so they can continue learning it at university and after graduation or on their own. This book covers the main topics of the course “Methodology of teaching specialized subjects” for students in higher educational establishments.
-
Dehqonchilik
Mazkur darslikda qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirishda tuproqqa ishlov berish, tuproq unimdorligini va meliorativ holatini saqlash va yaxshilash, ekinlarni etishtirish texnologiyasini takomillashtirish boʻyicha mavzularni oʻz ichiga oladi. Darslik Respublika oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta'limi ilmiy metodik birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlangan, bakalavriaturaning 60810400 - Agronomiya, 60810900 - Ipakchilik va tutchilik, 60811100 - Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta'lim yoʻnalishlari uchun tasdiqlangan dastur asosida yozilgan.
-
Landeskunde (руйхат)
This textbook is dedicated to exploring the history, culture, political and economic system, education, geography, social life, and contemporary development trends of the Federal Republic of Germany. Alongside the theoretical foundations of country studies, the book provides in-depth information about Germany’s regional characteristics, federal structure, social institutions, national traditions and customs, and its role on the global stage.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
Iqtisodiyot nazariyasi" fani bo'yicha tayyorlangan mazkur darslikni yozishda kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va oliy o'quv yurtlarida bakalavrlar tayyorlash davlat andozasining talablari hisobga olingan. Undagi har bir mavzuni yoritishda Respublika Prezidenti 1.Karimov asarlaridan, Respublika qonunlari va boshqa me'yoriy hujjatlardan keng foydalanilgan. Tegishli mavzular boʻyicha keyingi yillarda mamlakatimizda va xorijda nashr etilgan darslik va o'quv qo'llanmalarning qisqacha sharhi berilgan, ulardagi ba'zi bir munozarali jihatlar tanqidiy ravishda o'rganilib, mualliflaming shaxsiy yondashuvlari bayon etilgan.