-
-
Ichki savdo. Turistik va ekskursiya xizmati
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
-
-
Muqobil energiya manbalari
Darslikdan umumiy o’rta ta’lim maktablari, akadеmik litsеy va kasb-hunar kоllеjlari o’quvchilari, o’qituvchilari, оliy o’quv yurti bakalavr va magistr talabalari, katta-ilmiy xodim-izlanuvchilari hamda mustaqil izlanuvchilar fоydalanishlari mumkin.
-
Muqobil yoqilg'i turlari va ularni tayyorlash texnologiyalari
Mazkur darslik muqobil yoqilg‘i turlari va ularni tayyorlash texnologiyalarining nazariy hamda amaliy asoslarini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda zamonaviy energetika tizimida qo‘llanilayotgan muqobil yoqilg‘ilar, ularning olinishi, qayta ishlanishi va qo‘llanilish yo‘nalishlari izchil bayon etilgan.
-
Mеhmоndо‘stlik industriyasi
О‘quv qо‘llanma “Mеhmоndо‘stlik industriyasi” fanining о‘quv dasturi asоsida tuzilgan. О‘quv qо‘llanmada mamlakatimizda turizm sоhasini rivоjlantirishda mеhmоndо‘stlik industriyasi tarkibiy qismlarining о‘ziga xоs xususiyatlari ilmiy nazariy jihatdan yоritib bеrilgan. О‘quv qо‘llanmaning har bir mavzusi talabalar tоmоnidan yaxshi о‘zlashtirilishi bо‘yicha tayanch sо‘z va ibоralar, mustaqil ishlash uchun savоllar, amaliy mashg‘ulоtlarga tayyоrgarlik kо‘rishi uchun tоpshiriqlar bеrilgan.
-
Inson resurslari iqtisodiyoti
Mazkur darslik inson resurslari iqtisodiyotida yuzaga keladigan strategik muammolarni hal qilishda ijodiy va tahliliy yondashuvlarni rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozori dinamikasini baholay olish va qarorlar qabul qilishda ilmiy asoslangan yondashuvlarni shakllantirishni nazarda tutadi. Shuningdek, mehnat faoliyatini ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy islohotlar bilan uyg‘unlashtirish, inson kapitalidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan strategik va joriy qarorlarni ishlab chiqish va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishni maqsad qiladi.
-
Ziyorat turizimi
Ushbu darslik Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Turizm” kafedrasida ishlab chiqilgan. Mazkur darslik oliy ta’lim muassasalarining 71010101-“Turizm va mehmondo’stlik” magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan magistrlar uchun moʻljallangan. “Ziyorat turizmi” fanidan tayyorlangan darslikda magistrlar mustaqil oʻrganishlari uchun barcha oʻquv-uslubiy materiallar va ziyorat turizmi bilan bogʻliq barcha nazariy bilimlar keltirilgan boʻlib, undan turizm sohasida faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassislar va oʻqituvchilari ham foydalanishlari mumkin. Darslikning asosiy maqsadi magistrlarda ziyorat turizmining nazariy asoslari, uning turizm tizimidagi o‘rni, ziyorat resurslaridan samarali foydalanish tamoyillari, ziyorat destinatsiyalarini shakllantirish va boshqarish hamda zamonaviy ziyorat turistik mahsulotlarini ishlab chiqish bo‘yicha tizimli bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
-
Dorivor o'simliklar agrotexnikasi
Hindistonlik mashhur doktor Ravindra Sharmaning "Dorivor o'simliklar agrotexnikasi" nomli kitobida dorivor o'simliklarning agrotexnikasi, yetishtirilishi va savdosi bo'yicha muhim ma'lumotlar keltiriladi. Mazkur xorijiy o'quv adabiyoti professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning o'quv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun mo'ljallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi.
-
Investitsiya faoliyati
Darslikda davlat investitsiya faoliyati va siyosatining mazmunmohiyati, O‘zbekistonda investitsiya faoliyatining me’yoriy-qonuniybazasi, investitsiya faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlari,investitsiyalarni moliyalashtirishning zamonaviy usullari va shakllari,moliya bozorida investitsion faoliyat, fyuchers va opsionlardanfoydalangan holda investitsiyalash imkoniyatlari, investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya muhitining o‘rni, investitsion faoliyatda innovatsiyalar va ularni moliyalashtirish, investitsiya faoliyati bilan bog‘liq risklar, investitsion faoliyatda turli aktivlarni investitsiyalashni dolzarbligi yoritib berilgan. Darslik biznes va boshqaruv ta‘lim sohasidagi bakalavriyat yoʻnalishlari talabalariga tavsiya etiladi.
-
Tarjima nazariyasi va amaliyoti
«Tarjima nazariyasi va amaliyoti» kitobi tarjimonlarga nazariy qoidalarni egallash hamda amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Ushbu kitobda til tizimlari bilan bog'liq tarjima muammolari ilmiy yondashuv, semantik tahlil va axborot nazariyasi nuqtayi nazaridan ko'rib chiqilgan.
-
PSIXOLOGIYA
Ushbu darslikda inson hayoti va faoliyatida psixologik bilimlaming o‘r- ni. pedagogik faoliyat psixologiyasi, pedagog shaxsi psixologiyasi, interfaol ta'lim metodlarining psixologik asoslari, oliy ta’lim psixologiyasi, pedagogik baholash psixologiyasi, pedagogik jamoalami boshqarish psixologiyasi, mehnat psixologiyasi, ta’limning psixodiagnostik asosi, ijtimoiy jarayonlar: oila va oilaviy munosabatlar psixologiyasi kabi dolzarb mavzular o’rin olgan. Shuningdek darslikda shaxs fenomeni psixologiya fani qamrab olgan asosiy maummolar va mavzulaming markaziy figurasi hamda „Shaxs- jamiyat“ tizimida o‘zaro munosabatlaming obyekti va subyekti sifatida e’tirof etilgan. Shaxs taraqqiyoti va kamoli uchun muhim bo‘lgan ijtimoiylashuv omillari va boshqalar mantiqan o‘zaro bog‘liq psixologik hodisalar sifatida talqin etilgan.
-
Агрономия асосларидан практикум
Тупроқ унумдорлигининг асосий кўрсатгичлари унинг морфологик белгилари ва механик таркиби ҳисобланади.
-
Агрономия асослари ва ем-хашак етиштириш
Дарсликда республикамиз қишлок хўжалигида амалга оширилаётган ислоҳотлар, ер-сув ресурсларидан унумли фойдаланиш, чорвачилик учун озуқа захирасини қўнайтириш йуллари, ем-хашак экинларни етиштиришга татбик қилинаётган илгор технологиялар зоотехника йуналиши хусусиятларини инобатга олган ҳолда атрофлича баён этилган.
-
Korparativ moliya
Mazkur o'quv qo'llanmada korporativ moliyaviy munosabatlarning iqtisodiy mazmuni va asosiy ilmiy nazariyalari, diskontlash tushunchasining mazmuni va qoʻllanilishi, korporativ tuzilmalarning kapital tarkibi va ularni baholash masalalari, pul oqimlari, byudjetlashtirish, investitsion loyihalarning strategik jihatlari, korporatsiyalarning dividend siyosatining ahamiyati bilan bog'liq munosabatlar o'z aksini topgan,
-
Xalıq aralıq qatnaslar hám diplomatiya tariyxı
Oqıw qollanbada áyyemgi dáwirden házirgi kúnge shekem mámleketler arasında ásirler dawamında ámelde bolǵan xalıq aralıq qatnaslar hám diplomatiya evolyuсiyasınıń tiykarǵı basqıshları, baǵdarları haqqında maǵlıwmatlar berilgen. Oqıw qollanba 60220300 Tariyx bakalavr baǵdarı studentleriniń «Xalıq aralıq qatnaslar hám diplomatiya tariyxı» pánin ózlestiriwine ámeliy járdem beredi. Hár bir temaǵa tiyisli teoriyalıq materiallar menen birgelikte, qadaǵalaw ushın sorawlar, glossariy keltirilgen. Oqıw qollanbadan joqarı oqıw orınlarınıń tariyx bakalavr baǵdarı studentleri hám magistrantları paydalanıwı múmkin.
-
Xalq cholg'ularida ijrochilik
Xalq cholg‘ularida ijrochilik nomli ushbu darslik musiqa san’ati sohasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, DTS dasturiga amal qilingan holda Qashqar rubobi cholg‘usini o‘rganish va ijro etish mahoratiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash uchun muhim o‘rin tutadi.
-
Cholg'u ijrochiligi
Ushbu o‘quv qo‘llanma musiqa san’ati sohasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda prima rubobi, qashqar va afg‘on ruboblari xususidagi bilimlar o‘rganiladi hamda usuliy sharhlar asosida ijrochilik dasturini kengaytirish uchun bir qator yangi talqindagi musiqiy asarlar DTS ga asoslangan holda berilgan.
-
Mehnat statistikasi
В данном учебном пособие рассматриваются основные категории и показатели статистика труда, в условиях либерализации экономики. Среди них рассматриваются такие категории как рынок труда, спрос и предложение на рабочую силу, эффективность труда, издержки на рабочую силу, мобильность рабочей силы. Особое внимание уделяется изучению уровня жизни населения, условиям труда и отдыха