-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Uzluksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar
Mazkur darslik 60111000 – chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr tayyorlash o‘quv rejasiga binoan tuzilgan bo‘lib, unda zamonaviy ta’limda qo‘llanilayotgan tendensiyalar, zamonaviy yondashuvlar, pedagogik texnologiyalar, kompyuterli o‘qitish, muammoli o‘qitish, an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar, ijodiy namunalar xususida mulohaza yuritilgan. Darslik chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo yicha tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va tinglovchilar foydalanishlari mumkin.
-
Maxsus ta’limda innovatsion texnologiyalar
Mazkur o‘quv qo‘llanmada pedagogik texnologiyalar ko‘p o‘lchovli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida talqin etilib, ularning maxsus ta’lim sharoitidagi nazariy va amaliy ahamiyati yoritiladi. Unda alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarni o‘qitishda zamonaviy va an’anaviy texnologiyalarning uyg‘unligi, ta’lim jarayonini individuallashtirish va moslashtirish masalalari asoslab beriladi. Qo‘llanmada shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi, differensiyalashtirilgan va moslashuvchan ta’lim texnologiyalari, shuningdek, maxsus ta’limda axborot-kommunikatsiya, korreksion, inklyuziv va sog‘liqni himoyalovchi pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlari tahlil qilinadi.Mazkur o‘quv qo‘llanma maxsus pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, pedagoglar va amaliyotchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, maxsus ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llashga xizmat qiladi.
-
Ona tili o‘qitish texnologiyasi
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining 60110300 – Maxsus pedagogika magistr, bakalavr yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, oliy ta’lim professoro‘qituvchilari, maxsus maktab-internati o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Darslikda “Ona tili o‘qitish texnologiyasi” fanidan o‘quv dasturida berilgan mavzular va o‘quv rejada ajratilgan mavzulariga mos holda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar mazmuni yoritilgan. Har bir mavzuning mohiyatidan kelib chiqib, talabalar foydalanishlari uchun testlar, darslarda foydalanish uchun ma’ruzalar matni, qo‘shimcha ma’lumotlar, zaruriy adabiyotlar va glossariy berilgan.
-
O‘zbek tili
Mazkur darslik 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari, shuningdek, o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘rganuvchilar, professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘qitishning zamonaviy lingvodidaktik va kommunikativ yondashuvlari asosida ishlab chiqilgan. Darslik davlat tilida og‘zaki va yozma muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Unda o‘zbek tilining leksik, grammatik va uslubiy xususiyatlarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan nazariy ma’lumotlar hamda amaliy topshiriqlar tizimi o‘rin olgan.
-
Xalq ma’naviy-ma’rifiy hayotida tarixning o’rni
Bu uslubiy qo’llanmada xalqimiz ma’naviy-ma’rifiy hayotida tarixning o’rnini ko’rsatishda avvalambor tarixiy ta’lim-tarbiya beruvchi mutaxassislarni tayorlash mas’uliyati, tariximizga – g’urur manbayi sifatida qarash, tarixni o’rganish zaruriyati va ahamiyati tarixiy nuqtai nazardan bayon qilinadi.
-
Fizikа va astronomiya o‘qitish metodikasi
Mazkur o‘quv qo‘llanma 60530500-Fizika, bakalavriat yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan.Qo‘llanmada fizika va astronomiya fanlarini o‘qitishning nazariymetodik asoslari yoritilgan. Unda ushbu fanlarni o‘qitishning maqsadi va vazifalari, shuningdek, ta’lim jarayonida talabalarni ilmiy dunyoqarash va insonparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Qo‘llanma fizika va astronomiya didaktikasi sohasidagi zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlarini ham qamrab olgan. Unda fizik va astronomik tushunchalarni shakllantirish metodikasi, maktab fizika va astronomiya eksperimentlarini tashkil etish, masalalar yechishning samarali usullari hamda ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish metodlari batafsil bayon etilgan.
-
GEOEKOLOGIYA VA LANDSHAFT EKOLOGIYASI
Ushbu darslikda geoekologiyaning o'rganish obyekti va predmeti, rivojlanish tarixi. geoekologik tadqiqotlarda amal qilinadigan konsepsivalar, prinsiplar, vondashuvlar va qo'llaniladigan metodlar, geoekologik omillar, geoekologik baholash, geoekologik monitoring, geoekologik prognozlash, geoekologik kartalashtirish, geoekologik rayonlashtirish, geotizimlarda bo'layotgan tabiiy va antropogen jarayonlarni o'rganish va geotizimlarning inson uchun qulay yoki noqulaylik darajasini baholash, geoekologik vaziyatni va tabiiy muhitni yaxshilash chora-tadbirlarini loyihalash va boshqa mavzular yoritilgan. Shuningdek, darslikda, fan bo'yicha talabalar bilimini mustahkamlash maqsadida nazorat savollari va tayanch tushunchalar mazmuni ham berilgan.
-
IQLIM O‘ZGARISHI VA EKOLOGIK MOSLASHUV
Mazkur darslik oliy ta'lim muassasalarining 5630100-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (fan va la lim) bakalavriat ta ’lim yo 'nalishi mutaxassisliklari uchun mos keladi. Darslikda hozirgi davrdagi iqlim o'zgarishlari, uning asosiy sabablari, erning global iqlimi, mintaqaviy va mahalliy iqlimning shakllanishi va o'ziga xosligi, o'tmishdagi iqlim va iqlim evolyutsiyasi, iqlim o'zgarishi tabiiy va antropogen sabablari, issiqxona effekti, iqlim isishi oqibatlarining aholi soglig‘iga ta’siri, tuproq va suv degradatsiyasi, kelajakdagi iqlim va uning o'zgarish oqibatlari, O'zbekistonda iqlim o'zgarishi bilan bog'liq muammolar, xalqaro iqlim nazorati va iqlimni saqlashga doir qonunlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
-
Tanlangan sport turida ilmiy-uslubiy faoliyat (Taekvondo)
Mazkur o‘quv qo‘llanma taekvondo ixtisosligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning nazariy bilimlarini kengaytirish, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda sport mahoratini bosqichma-bosqich rivojlantirish masalalari ilmiy asosda yoritilgan. Qo‘llanmada taekvondo mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, bosqichma-bosqich rejalashtirish va yuklamalarni optimallashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar keltirilgan.
-
ELЕKTRОTЕХNIK MАTЕRIАLLАR
Darslikda sanoat, qishloq, suv xo‘jaligi va xalq xo‘jaligi tarmoqlarida elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashning zamonaviy tizimlari va elektr ta’minotida qo‘llaniladigan elektrotexnik materiallari haqida asosiy ma’lumotlar berilgan.
-
МАТЕРИАЛЫСОВРЕМЕННОЙ ЭЛЕКТРОНИКИ
Весь арсенал средств, которым располагает современная эл ектроника, был создан всего за несколько десятилетий. Еще в на- чал е XX в. человечество обходилось без радио, до середины XX в. – без телевидения и электронно-вычислительных машин. Все огром- ное здание современной электроники строилось усилиями многих изобретательных и талантливых умов.
-
Boshlang‘ich sinflarda tarbiya fani
Mazkur darslik oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda “Tarbiya” yangi fanini o‘qitishning nazariy, didaktik va amaliy asoslari yoritilgan. Darslikda o‘qitishning kreditmodulli tizimi talablari va o‘quv materiallarini tayyorlashning xalqaro baholash dasturlari qoidalariga asoslanilgan. Darslikdan amaliy faoliyatdagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, o‘qituvchilar, pedagog xodimlar, murabbiylar va ilmiytadqiqot ishlari bilan shug‘ullanuvchilar ham foydalanishi mumkin.
-
She’riy vaznlar va janrlar tipologiyasi
Darslikda lirik turga xos janrlar tarixi, nazariyasi, ularning taraqqiyot yoʻllari, tasnifi, shakliy va mazmuniy xususiyatlari, she’r tizimlari, barmoq va aruz she’r tizimi nazariy qoidalari boʻyicha ilmiy-nazariy ma’lumotlar berilgan. Darslik 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavr yoʻnalishi talabalari, magistrlar, tadqiqotchilar, filolog mutaxassislar hamda ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari uchun moʻljallangan.
-
Surdotarjimonlik,daktil va imo-ishoralar nutq metodikasi
Tabiat odamlarga o'z hodisalarining - tovushlarining, momaqaldiroq guldurashini, qushlar sayrashini, soylar va ariqlar- dagi suvlar jildirashini til yordamida ifodalashni in'om etdi, ammo ba'zilarini eshitish qobiliyatidan mahrum qilib, mangu sukunatda qoldirdi. Biroq, hayot bir joyda turmaydi. Sukunatda qolgan insonlarning ham muloqotga intilish zaruriyati paydo bo'ladi. Shu zaruriyat odamni izlanishga majbur etib, predmetlarni, tabiat hodisalarini tasvirlaydigan imo-ishoralarni uylab topishga, ular yordamida atrofdagi gapiradigan, eshitadigan odamlar bilan muloqotga kirishga undadi.
-
Noan’anaviy energiya manbalari va ulardan foydalanish
Mazkur o‘quv qo`llanma 60530900 – «Fizika» yo‘nalishi (kunduzgi)talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, o‘quv mashg‘ulotlarida foydalanishlari mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi dasturlar asosida tuzilgan. Unda talabalar mavzular bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulot rejalari, darslarga tayyorlanish davomida faydalaniladigan ma’ruzalar matni, qo‘shimcha ma’lumotlar, zarur adabiyotlar ro‘yxati, nazorat savollari, tayanch tushunchalar, glossariy berilgan.
-
Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot institutining direktorining 2023-yil “16” - sentyabrdagi “33/d”-sonli buyrug‘iga asosan N.M. Yusupov, A.A. Artiqov, A.M. Achilov, D.B. Shaymardonov tomonidan 61010300 Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) talabalari uchun (Darslik) tavsiya etilgan