-
English for Sports and Physical Education.
Mazkur o‘quv qo‘llanma “Sport faoliyati” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, Xorijiy til (ingliz tili) fanidan nazariy va amaliy jihatdan foydalanishlari mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi dasturlar asosida tuzilgan. Unda talaba mavzular bo‘yicha turli mavzularda muloqot qilish, matnlarni tahlil qilish, eshitish ko‘nikmalarini mustahkamlash va yozma ishlarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar, tayanch tushunchalar, nazorat savollari, glossary berilgan.
-
Ona tili o‘qitish texnologiyasi
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining Maxsus pedagogika magistr, bakalavr yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, oliy ta’lim professoro‘qituvchilari, maxsus maktab-internati o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Darslikda “Ona tili o‘qitish texnologiyasi” fanidan o‘quv dasturida berilgan mavzular va o‘quv rejada ajratilgan mavzulariga mos holda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar mazmuni yoritilgan. Har bir mavzuning mohiyatidan kelib chiqib, talabalar foydalanishlari uchun testlar, darslarda foydalanish uchun ma’ruzalar matni, qo‘shimcha ma’lumotlar, zaruriy adabiyotlar va glossariy berilgan.
-
Falsafiy antropologiya.
Mazkur darslikda falsafiy antropologiya fanining falsafiy-tarixiy va nazariy asoslari, inson muammosini falsafiy jihatdan o‘rganish masalalari hamda hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotining inson va jamiyat rivojlanishiga ta’siri haqida yoritish maqsadida yozilgan. Darslik davlat standarti asosida, Farg‘ona davlat universitetining “Falsafa va milliy g‘oya” kafedrasi namunaviy o‘quv rejasiga mos ravishda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi falsafa mutaxassisligi talabalari uchun tayyorlangan. Darslikdan ta’limning barcha yo‘nalish talabalari, magistrlar, tadqiqotchi va fan o‘qituvchilari hamda falsafiy antropologiyani mustaqil ravishda o‘rganmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar ham foydalanishlari mumkin. Darslikda “Falsafiy antropologiya” faniga oid asosiy masalalar, asosiy tushunchalar, nazariy matn, mavzularni mustaqil o‘zlashtirish uchun savolnoma, testlar, glossariy, shuningdek, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
-
Maxsus ta’limda innovatsion texnologiyalar
Mazkur o‘quv qo‘llanmada pedagogik texnologiyalar ko‘p o‘lchovli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida talqin etilib, ularning maxsus ta’lim sharoitidagi nazariy va amaliy ahamiyati yoritiladi. Unda alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarni o‘qitishda zamonaviy va an’anaviy texnologiyalarning uyg‘unligi, ta’lim jarayonini individuallashtirish va moslashtirish masalalari asoslab beriladi. Qo‘llanmada shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi, differensiyalashtirilgan va moslashuvchan ta’lim texnologiyalari, shuningdek, maxsus ta’limda axborot-kommunikatsiya, korreksion, inklyuziv va sog‘liqni himoyalovchi pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlari tahlil qilinadi.Mazkur o‘quv qo‘llanma maxsus pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, pedagoglar va amaliyotchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, maxsus ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llashga xizmat qiladi.
-
Dasturlash 1,2
Ushbu darslik oliy ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari yо‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mо‘ljallangan bо‘lib, C++ dasturlash tilining nazariy asoslari va amaliy jihatlarini о‘z ichiga oladi. C++ dasturlash tili о‘zining universal imkoniyatlari, yuqori samaradorligi va keng qо‘llanilish doirasi bilan ajralib turadi. Bu til tizimli dasturlash, kompyuter о‘yinlari yaratish, ilmiy hisob-kitoblar, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash kabi turli sohalarda keng qо‘llaniladi.
-
Uzluksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar
Mazkur darslik chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr tayyorlash o‘quv rejasiga binoan tuzilgan bo‘lib, unda zamonaviy ta’limda qo‘llanilayotgan tendensiyalar, zamonaviy yondashuvlar, pedagogik texnologiyalar, kompyuterli o‘qitish, muammoli o‘qitish, an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar, ijodiy namunalar xususida mulohaza yuritilgan.
-
Turizmda marketing
Mazkur darslik “Turizm va mehmondo‘stlik” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarb hamda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, fan bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallashda muhim manba sifatida xizmat qiladi. Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan amaldagi o‘quv dasturlari asosida tayyorlangan. Shuningdek, talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulot topshiriqlari, nazorat savollari, tayanch tushunchalar, glossariy hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
-
Ma’muriy huquq sub’yektlari
Ushbu o‘quv qo‘llanma huquqni qo‘llash amaliyoti natijalari tahlili hamda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida tayyorlangan bo‘lib, unda ma'muriy huquq sub’yektlarining umumiy tavsifi.Jismoniy shaxslar - ma'muriy huquq sub’yekti sifatida. O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining ma'muriy-huquqiy holati, fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlari.Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar ma'muriy-huquqiy holatining o`ziga xos xususiyatlar haqida fikr yuritilgan.
-
C# dasturlash tilida to‘plamlar bilan ishlash
Ushbu oʻquv qoʻllanma Amaliy matematika yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, unda “Algoritmik tillar va dasturlash” fani tarkibidagi C# dasturlash tili asoslari va C# tilining qo‘shimcha imkoniyatlari modullarini chuqurroq oʻrgatish maqsadida ishlab chiqilgan. Mazkur qoʻllanmada C# dasturlash tilining eng soʻnggi 14.0 versiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanilgan.
-
Iqtisodiyotdа аxborot kommunikаtsion texnologiyаlаri vа tizimlаri.
Ushbu o‘quv qo‘llanma iqtisodiyot sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari fanining zamonaviy matn hamda jadval tahrirlagichlari, taqdimotlar yaratishning uskunaviy vositalari, iqtisodiy jarayonlarda qo‘llaniladigan dasturiy ta’minotlar, tarmoq texnologiyalari va internet xizmatlari, ma’lumotlar ombori hamda yirik hajmli ma’lumotlar bilan ishlash usullari, algoritmlash va dasturlash asoslari kabi muhim mavzularni qamrab olgan. Zamonaviy AKTga oid tayanch tushunchalar va qoidalar atroflicha bayon etilgan.
-
Cross-Cultural Communication
Mazkur darslik “ Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining talabalariga “Madaniyatlararo muloqot etiketi” fanidan turli madaniyatlar doirasida muloqot qilish qoidalarini o‘rgatishga mo’ljallangan maqsadli adabiyotdir. Darslikning asosiy maqsadi Oliy ta’lim muassasalari talabalariga qo‘yiladigan malaka talablarining amaliyotga tadbiq etilish, oliy ta’lim muassasalardagi chet tillar ta’limi sifatini oshirishni ta’minlashga xizmat qilish, talabalarda ijtimoiy lingvistik kompetensiyani rivojlantirish, xususan, madaniyatlararo nutq madaniyati qonun-qoidalari bilan tanishtirish, ommaviy nutq jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar bilan tanishtirish va ularning samarali yechimlari hamda oldini olish usullari haqida ma’lumot berish, shu bilan birga, nutq jarayonida ishlatiladigan qo‘shimcha materiallarni tanlash kabilarni o‘z ichiga oladi.
-
Kompyuter tarmoqlari.
Mazkur o‘quv qo‘llanmadan Axborot tizimlari va texnologiyalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda unga turdosh bo‘lgan .Dasturiy injiniring va Ma’lumotlar muhandisligi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar foydalanishlari mumkin.
-
Ma’lumotlar bazasi
Mazkur o‘quv qo‘llanmadan Axborot tizimlari va texnologiyalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda unga turdosh bo‘lgan Dasturiy injiniring va Ma’lumotlar muhandisligi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar foydalanishlari mumkin.
-
Differensial tenglamalar.
Mazkur o‘quv qo‘llanma, bakalavriatning "Axborot tizimlari va texnologiyalari" yo‘nalishli talabalari uchun mo‘ljallangan. Unda dastlab mavzular bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar berilib, so‘ngra teorema va tasdiqlardan foydalanish misol va masalalar yordamida tushuntirilgan. Asosiy e’tibor talabalarda teorema va tasdiqlardan amaliy masalalarni yechishda qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilish nazarda tutilgan.
-
Korporativ moliya
Mazkur darslikda korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyati va tashkiliy xususiyatlari, korporativ tizimlarda moliyaviy menejning roli va boshqalar yoritib berilgan.
-
Bojxona işi
Bojxona ishi darsligida bojxona tizimi, bojxona organlari, bojxona tölovlari, tarif va notarif tartirbga solish kabi ma'lumotlar berilgan.