-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Avtomatika. Hisoblash texnikasi
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Global strategiya, boshqaruv va axborot tizimlari
Ushbu darslik tashkilotlarda strategik maqsadlarini amalga oshirishda axborot tizimlarini samarali boshqarish va iqtisodiyotda axborot tizimlarining qurilishi to‘g‘risida fundamental bilimlarni berish, zamonaviy avtomatlashtirilgan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlarida iqtisodiy masalalarni yechish uchun axborot texnologiyalari vositalari va usullaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
-
Xalqaro biznes menejmenti (Kredit-modul bo‘yicha)
Ushbu o'quv qo'llanma oliy ta'limning «Biznes boshqaruvi (MBA)» ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan magistrant, talaba va tinglovchilarga, bojxona organlari uchun boshlang'ich tayyorlash kurslarida ta'lim olayotgan tinglovchilar hamda o'z malakasini oshirayotgan xodimlar uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmada xalqaro biznes menejmenti fanining zamonaviy sharoitdagi roli, boshqaruvga oid bilimlar, tashkilotlarni boshqarish modellari va boshqa dolzarb masalalar yoritib berilgan.
-
Investitsiya loyihalari tahlili
Ushbu o'quv qo'llanmada loyihalarning mohiyati va ularni tayyorlash, loyiha tahlili kontseptsiyasi, loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholashning uslubiy asoslari va usullari, loyihalarni tahlil qilishning turli jihatlari yoritilgan. Shuningdek, loyihalarning tavakkal xavfini baholash, ekologik, institutsional, ijtimoiy va makroiqtisodiy yondashuvlarga alohida e'tibor qaratilgan.
-
Loyihalarni boshqarish
Mazkur o'quv qo'llanmada «Loyihalarni boshqarish» fanining mazmuni, mohiyati, asosiy prinsiplari hamda uning o'ziga xos xususiyatlari, tarkibiy qismlari, texnologiyasi va funksiyalari yoritilgan. Shuningdek, loyihalarni boshqarishning tashkiliy mexanizmi, iqtisodiy-matematik usul va modellardan foydalanish sohalari, loyiha jamoasini boshqarish hamda mavjud muammolar va ularni hal qilish yo'llari ko'rib chiqilgan. Qo'llanma oliy ta'lim muassasalari talabalari va mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
-
“Loyiha yaratish va raqamli startap” fanidan laboratoriya ishlarni bajarish boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanma
Mazkur oʻquv-uslubiy qo‘llanmada “Loyiha yaratish va raqamli startap” fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar berilgan.
-
Infratuzilma iqtisodiyoti
Ushbu o'quv qo'llanmada infratuzilmaning mohiyati, ahamiyat, vazifalari, turkumlanishi va ijtimoiy – iqtisodiy ishlab chiqarish uchun normal shart-sharoitlarni ta'minlovchi tarmoq sifatida batafsil yoritib berilgan. Mamlakatda iqtisodiyotni rivojlantirish va makroiqtisodiy barqarorlik ta'minlashga erishishda infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishi va takomillashuvi zarur ekanligi ko'rsatib berilgan. Oliy ta'lim muassasalarining iqtisodiyot ta'lim yo'nalishlari bakalavr talabalari, infratuzilma
-
Bozor infratuzilmasi nazariyasi
Mazkur o'quv qo'llanmada bozor infratuzilmasi nazariyasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, uning tarkibiy qismlari, turlari va vazifalari yoritilgan. Shuningdek, O'zbekistonda bozor infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish xususiyatlari, shuningdek bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilingan.
-
Personal motivatsiyasi
O'quv qo'llanmada insonlarni bir jamoa maqsadiga jalb etish, belgilangan maqsadga erishish va o'zaro ishonchli munosabatlarni shakllantirish orqali yuqori darajadagi personal motivatsiyasiga erishishning nazariy-amaliy tomonlari yoritilgan. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida kadrlar menejmenti va xodimlarni rag'batlantirish tizimini takomillashtirish masalalari ko'rib chiqilgan.
-
Iqtisodiy siyosatga kirish
Mazkur o‘quv qo‘llanmada hozirgi kunda mamlakatimiz va jahonda yuz berayotgan iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar tahlil qilinib, davlatning iqtisodiyotga ta'sir ko'rsatish mexanizmlari ochib berilgan. O‘quv qo‘llanma iqtisodiyot yo‘nalishidagi bakalavriat talabalari va sohaga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
-
Mehnat resurslarini boshqarish
Mazkur o'quv qo'llanmada mehnat resurslarini boshqarishning nazariy asoslari, mehnat resurslarining takror barpo bo'lishi, aholining ish bilan bandligi va ishsizligi, mehnat bozorini tartibga solish va boshqarish, mehnat resurslari balansini tuzish uslubiyoti, korxonalarda xodimlarni boshqarish strategiyasi va taktikasining mohiyati yoritilgan.
-
Davlat va huquq nazariyasi
Darslik davlat va huquq sohasidagi zamonaviy ilmiy konsepsiyalarni inobatga olgan holda tayyorlangan bo'lib, uning mavzulari an'anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammolar hamda nuqtayi nazarlar talqini asosida yoritilgan. Unda mamlakatda shakllanayotgan fuqarolik jamiyati, demokratik davlatchilik va huquqiy tizim xususiyatlariga oid nazariy xulosalar o'z ifodasini topgan.
-
Innovatsion menejment
Ushbu darslik "Menejment" ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda innovatsion menejmentning nazariy asoslari, yangi ko'rinishdagi tashkilotlarda integratsiya va innovatsiya jarayonlari, korxonada innovatsion menejmentni tashkil etish, ishlab chiqarish korxonasining innovatsion strategiyasini shakllantirish hamda yangiliklar va innovatsiyalar portfellarini shakllantirish kabi masalalar ko'rib chiqilgan.
-
Sun'iy intellekt: zamonaviy yondashuv
Mazkur qo'llanma sun'iy intellekt, mashinaviy o'qitish va ma'lumotlar ilmidagi asosiy tushunchalarga bag'ishlangan. Kitobda sun'iy intellektning asoslari, tarixi, evolutsiyasi, mashinaviy o'qitish turlari, Big Data hamda zamonaviy dunyodagi qo'llanilish sohalari keng yoritib berilgan.
-
Корпоратив бошқарувнинг ташкилий-иқтисодий механизми
Монография корпоратив бошқарувнинг назарий-услубий асосларини ривожлантириш, акциядорлик корхоналарида корпоратив бошқарувнинг ташкилий-иқтисодий механизмини замонавий халқаро стандартлар асосида такомиллаштириш масалаларига бағишланган.
-
Korporativ boshqaruv jarayonlarini iqtisodiy matematik modellashtirish
O'quv qo'llanmada korporativ boshqaruv jarayonlarini iqtisodiy matematik modellashtirish, korporativ tuzilmalarning biznes-jarayonlari, reinjiniringi, ekonometrik usullar va boshqaruv qarorlarini optimallash masalalari yoritilgan.
-
Statistika nazariyasi
O'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalari iqtisodiy yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, statistika nazariyasining predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati, statistik ko'rsatkichlar, tanlama kuzatish, korrelyatsion va regression tahlil hamda dinamika qatorlari kabi mavzularni o'z ichiga oladi.