-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
KIMYO (Fizikaviy va kolloid kimyo)
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish bo’yicha bir qancha masalalar ko’rsatib o’tilgan. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida” gi PQ-2909-sonli qarorida ham Oliy ta’limni va ilm- fanni kompleks rivojlantirish vazifalari belgilab qo’yilgan. Ushbu qarorlar ijrosini ta’minlashda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida yangi avlod o’quv adabiyotlari yaratish dolzarb hisoblanadi.
-
Ўткан кунлар 1
Ушбу беш жилдлик тўплам нашри улуғ адиб Абдулла Қодирий - Жулқунбой таваллудининг 124 йиллигига хамда унинг қалбидаги яна бир гўзалликнинг қоғоздаги акси бўлгучи, лекин ёзилмай унинг бағрида кеткан ўша «Амир Умархон канизи» асарининг хотирасига бағишланади.
-
ANALITIK KIMYO
Darslikdan mahsulotlarning kimyoviy analizi (oziq-ovqat mahsulotlari) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun mo‘ljallangan bo‘lsada, undan barcha oliy o‘quv yurtlarining talabalari, magistrlar va tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Makroiqtisodiy siyosat
O‘quv qo‘llanma oliy ta’limning “Makroiqtisodiyot” mutaxassisligida tahsil olayotgan magistrantlar uchun uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning tarkibi “Makroiqtisodiy siyosat” fanining o‘quv dasturi va ishchi o‘quv dasturiga mos keladi.
-
Xor va xorshunoslik. Dirijyorlik asoslari.
Ushbu"Xor va xorshunoslik. Dirijyorlik asoslari." O'quv qo'llanmasi oliy o'quv yurtlarining 60111300 - "Musiqa ta'lim" yo'nalishi talabalari uchun
-
Кимё фанининг долзарб муаммолари
Акад. О.С.Содиқов ва проф. Ҳ.Р.Рахимовлар таваллудининг 100 йиллиги ва университетнинг 95 йиллигига бағишланган Кимё факультети профессор-ўқитувчилари ва ёш олимларнинг илмий-амалий анжумани материаллари тўплами.
-
Рус тилини ўрганишнинг энг самарали усуллари
Қўлланмада чет тилини ўргатиш бўйича дунёга танилган мутахассисларни энг самарадор услублари жой олган. Кўп ўриниш талаб қилмайдиган, қулай самарали усуллар билан рус тилини қисқа вақт ичида ўзлаштирасиз, рус тили равон, тўғри гапириш малакасини шакллантирасиз.
-
Электронное Правительство
Учебном пособии описывается практические аспекты Бизнес -процессов и развития бизнеса с помощью электронных правительственных услуг и услуг для физических лиц
-
-
Elektronika va mikroprotsessor texnikasi fanidan
Darslik 2 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘limda elektronika va ikkinchi bo‘limda mikroprotsessor qismi keltirilgan.
-
Umumiy kimyo
O‘quv qo‘llanma umumiy kimyodan kimyo fanining asosiy tushuncha va qonunlari, atom tuzilishi, davriy qonun va davriy sistema, kimyoviy bog‘lanish, kimyoviy termodinamika, kimyoviy kinetika va muvozanat, eritmalar va elektrolitik dissotsiyalanish va boshqa m`lumotlar berilgan.
-
Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi
Qo'llanmada qum, shag'al, chaqiq tosh, g'ovakli to'ldiruvchilar, keramzit, agloporit, keramporit, komporit, shlakli pemza, perlit va dolomit asosidagi materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi, ularning tarkibi va beton sifatiga ta'siri keng yoritilgan. Shuningdek, yengil betonlar, armosementlar va to'ldiruvchilarni ishlab chiqarish hamda qo'llashning iqtisodiy samaradorligi masalalariga ham alohida e'tibor qaratilgan.
-
Kimyoviy ajratish va konsentrlash
O‘quv qo‘llanma universitetlarning 70530101-Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha) mutaxassislik beradigan magistratura talabalariga mo‘ljallangan. Har bir mavzu xorijiy adabiyotlardan foydalangan holda kimyoviy ajratish va konsentrlash usullari fanining oxirgi yutuqlari bilan boyitib borilgan. Undan boshqa oliy o‘quv yurtlarning magistratura talabalari, shu fanga qiziquvchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda o‘qituvchilar foydalanishlari mumkin.
-
Soya biologiyasining ilmiy asoslari
Qoʻllanmada soya biologiyasining ilmiy asoslari oʻrganiladi. Dukkakli ekinlardan soya ekinining xalq xoʻjaligidagi ahamiyati, tarqalishi, ekiladigan tumanlari, kelib chiqishi tarixi, biologiyasi, sistematikasi, tarqalishi, don hosildorligi, morfologik va biologik xususiyatlari, yetishtirilish usullari va navlariga qarab alohida xarakteristika hamda nazariy qismdan tashqari, har qaysi ekin boʻyicha laboratoriya ishlari va amaliy mashgʻulotlar berilgan.
-
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari. 2-qism
Ushbu o‘quv qo‘llanmada ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, oliy o‘quv yurtlarida texnik tizimlarda axborot texnologiyalari, oliy matematika fanlarini zamonaviy axborot texnologiyalarining (AT) eng ilg’or yutuqlarini qo‘llab o‘rganish hisoblanadi. Unda ilmiy tekshirish ishlarini bajarishda fanga doir oraliq hisoblashlarni avtomatlashtirish tomon yo‘naltirilgan matematik tizimlar Mathcad va Excel amaliy dasturlarida bajarilgan misol va masalalar haqida ma’lumotlar berilgan. O‘quv qo‘llanmada axborot texnologiyalari asosida tajriba natijalarini qayta ishlash, kichik kvadratlar usuli, optimallashtirish masalari, tansport masalalarini yechish va ularga doir ko‘p sondagi misollarning Mathcad va MS Excel amaliy dasturlar vositasida yechish algoritmlari keltirilgan. Bulardan tashqari mustaqil bajarish uchun topshiriq variantlari taqdim etilgan.
-
NOORGANIK KIMYO FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI
Noorganik kimyo fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv qo‘llanmasi Universitet va Institutlarning kimyo ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, namunaviy o‘quv rejada ko‘rsatilgan soatlar va namunaviy o‘quv dasturida berilgan laboratoriya mashg‘ulotlari asosida tuzilgan. Har bir oliy o‘quv yurti uchun o‘z imkoniyatlarini, moddiy-texnik bazasini hisobga olgan holda rejani o‘zgartirishi mumkin