-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Ichki savdo. Turistik va ekskursiya xizmati
-
-
-
-
Uzluksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar
Mazkur darslik 60111000 – chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr tayyorlash o‘quv rejasiga binoan tuzilgan bo‘lib, unda zamonaviy ta’limda qo‘llanilayotgan tendensiyalar, zamonaviy yondashuvlar, pedagogik texnologiyalar, kompyuterli o‘qitish, muammoli o‘qitish, an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar, ijodiy namunalar xususida mulohaza yuritilgan. Darslik chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo yicha tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va tinglovchilar foydalanishlari mumkin.
-
Ona tili o‘qitish texnologiyasi
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining 60110300 – Maxsus pedagogika magistr, bakalavr yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, oliy ta’lim professoro‘qituvchilari, maxsus maktab-internati o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Darslikda “Ona tili o‘qitish texnologiyasi” fanidan o‘quv dasturida berilgan mavzular va o‘quv rejada ajratilgan mavzulariga mos holda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar mazmuni yoritilgan. Har bir mavzuning mohiyatidan kelib chiqib, talabalar foydalanishlari uchun testlar, darslarda foydalanish uchun ma’ruzalar matni, qo‘shimcha ma’lumotlar, zaruriy adabiyotlar va glossariy berilgan.
-
O‘zbek tili
Mazkur darslik 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari, shuningdek, o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘rganuvchilar, professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘qitishning zamonaviy lingvodidaktik va kommunikativ yondashuvlari asosida ishlab chiqilgan. Darslik davlat tilida og‘zaki va yozma muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Unda o‘zbek tilining leksik, grammatik va uslubiy xususiyatlarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan nazariy ma’lumotlar hamda amaliy topshiriqlar tizimi o‘rin olgan.
-
ELЕKTRОTЕХNIK MАTЕRIАLLАR
Darslikda sanoat, qishloq, suv xo‘jaligi va xalq xo‘jaligi tarmoqlarida elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashning zamonaviy tizimlari va elektr ta’minotida qo‘llaniladigan elektrotexnik materiallari haqida asosiy ma’lumotlar berilgan.
-
МАТЕРИАЛЫСОВРЕМЕННОЙ ЭЛЕКТРОНИКИ
Весь арсенал средств, которым располагает современная эл ектроника, был создан всего за несколько десятилетий. Еще в на- чал е XX в. человечество обходилось без радио, до середины XX в. – без телевидения и электронно-вычислительных машин. Все огром- ное здание современной электроники строилось усилиями многих изобретательных и талантливых умов.
-
Boshlang‘ich sinflarda tarbiya fani
Mazkur darslik oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda “Tarbiya” yangi fanini o‘qitishning nazariy, didaktik va amaliy asoslari yoritilgan. Darslikda o‘qitishning kreditmodulli tizimi talablari va o‘quv materiallarini tayyorlashning xalqaro baholash dasturlari qoidalariga asoslanilgan. Darslikdan amaliy faoliyatdagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, o‘qituvchilar, pedagog xodimlar, murabbiylar va ilmiytadqiqot ishlari bilan shug‘ullanuvchilar ham foydalanishi mumkin.
-
She’riy vaznlar va janrlar tipologiyasi
Darslikda lirik turga xos janrlar tarixi, nazariyasi, ularning taraqqiyot yoʻllari, tasnifi, shakliy va mazmuniy xususiyatlari, she’r tizimlari, barmoq va aruz she’r tizimi nazariy qoidalari boʻyicha ilmiy-nazariy ma’lumotlar berilgan. Darslik 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavr yoʻnalishi talabalari, magistrlar, tadqiqotchilar, filolog mutaxassislar hamda ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari uchun moʻljallangan.
-
Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot institutining direktorining 2023-yil “16” - sentyabrdagi “33/d”-sonli buyrug‘iga asosan N.M. Yusupov, A.A. Artiqov, A.M. Achilov, D.B. Shaymardonov tomonidan 61010300 Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) talabalari uchun (Darslik) tavsiya etilgan
-
Muqobil energiya manbalari
Darslikdan umumiy o’rta ta’lim maktablari, akadеmik litsеy va kasb-hunar kоllеjlari o’quvchilari, o’qituvchilari, оliy o’quv yurti bakalavr va magistr talabalari, katta-ilmiy xodim-izlanuvchilari hamda mustaqil izlanuvchilar fоydalanishlari mumkin.
-
Muqobil yoqilg'i turlari va ularni tayyorlash texnologiyalari
Mazkur darslik muqobil yoqilg‘i turlari va ularni tayyorlash texnologiyalarining nazariy hamda amaliy asoslarini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda zamonaviy energetika tizimida qo‘llanilayotgan muqobil yoqilg‘ilar, ularning olinishi, qayta ishlanishi va qo‘llanilish yo‘nalishlari izchil bayon etilgan.
-
Inson resurslari iqtisodiyoti
Mazkur darslik inson resurslari iqtisodiyotida yuzaga keladigan strategik muammolarni hal qilishda ijodiy va tahliliy yondashuvlarni rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozori dinamikasini baholay olish va qarorlar qabul qilishda ilmiy asoslangan yondashuvlarni shakllantirishni nazarda tutadi. Shuningdek, mehnat faoliyatini ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy islohotlar bilan uyg‘unlashtirish, inson kapitalidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan strategik va joriy qarorlarni ishlab chiqish va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishni maqsad qiladi.
-
Ziyorat turizimi
Ushbu darslik Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Turizm” kafedrasida ishlab chiqilgan. Mazkur darslik oliy ta’lim muassasalarining 71010101-“Turizm va mehmondo’stlik” magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan magistrlar uchun moʻljallangan. “Ziyorat turizmi” fanidan tayyorlangan darslikda magistrlar mustaqil oʻrganishlari uchun barcha oʻquv-uslubiy materiallar va ziyorat turizmi bilan bogʻliq barcha nazariy bilimlar keltirilgan boʻlib, undan turizm sohasida faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassislar va oʻqituvchilari ham foydalanishlari mumkin. Darslikning asosiy maqsadi magistrlarda ziyorat turizmining nazariy asoslari, uning turizm tizimidagi o‘rni, ziyorat resurslaridan samarali foydalanish tamoyillari, ziyorat destinatsiyalarini shakllantirish va boshqarish hamda zamonaviy ziyorat turistik mahsulotlarini ishlab chiqish bo‘yicha tizimli bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
-
Dorivor o'simliklar agrotexnikasi
Hindistonlik mashhur doktor Ravindra Sharmaning "Dorivor o'simliklar agrotexnikasi" nomli kitobida dorivor o'simliklarning agrotexnikasi, yetishtirilishi va savdosi bo'yicha muhim ma'lumotlar keltiriladi. Mazkur xorijiy o'quv adabiyoti professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning o'quv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun mo'ljallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi.
-
Investitsiya faoliyati
Darslikda davlat investitsiya faoliyati va siyosatining mazmunmohiyati, O‘zbekistonda investitsiya faoliyatining me’yoriy-qonuniybazasi, investitsiya faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlari,investitsiyalarni moliyalashtirishning zamonaviy usullari va shakllari,moliya bozorida investitsion faoliyat, fyuchers va opsionlardanfoydalangan holda investitsiyalash imkoniyatlari, investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya muhitining o‘rni, investitsion faoliyatda innovatsiyalar va ularni moliyalashtirish, investitsiya faoliyati bilan bog‘liq risklar, investitsion faoliyatda turli aktivlarni investitsiyalashni dolzarbligi yoritib berilgan. Darslik biznes va boshqaruv ta‘lim sohasidagi bakalavriyat yoʻnalishlari talabalariga tavsiya etiladi.
-
Агрономия асослари ва ем-хашак етиштириш
Дарсликда республикамиз қишлок хўжалигида амалга оширилаётган ислоҳотлар, ер-сув ресурсларидан унумли фойдаланиш, чорвачилик учун озуқа захирасини қўнайтириш йуллари, ем-хашак экинларни етиштиришга татбик қилинаётган илгор технологиялар зоотехника йуналиши хусусиятларини инобатга олган ҳолда атрофлича баён этилган.
-
Xalq cholg'ularida ijrochilik
Xalq cholg‘ularida ijrochilik nomli ushbu darslik musiqa san’ati sohasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, DTS dasturiga amal qilingan holda Qashqar rubobi cholg‘usini o‘rganish va ijro etish mahoratiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash uchun muhim o‘rin tutadi.