-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Tarix. Tarix fanlari
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
-
Hozirgi o'zbek tili
Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining filologiya yo'nalishi sirtqi ta'lim talabalari, o'qituvchilar va soha bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo'ljallangan bo'lib, mavzulari izchil tarzda sodda uslubda bayon qilingan va til haqidagi amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga asosiy e'tibor qaratilgan.
-
Qadimgi sharq harbiy san’ati
Risolada qadimgi sharq davlatlarida harbiylarning paydo bo'lishi va armiyalar tashkil etilishi haqida tarixiy ma'lumotlar beriladi. Harbiy san'at tarixi insoniyat tarixining bir qismi bo'lib, uni o'rganish barqaror taraqqiyotni belgilashda va zamonaviy armiyaning o'rnini anglashga yordam beradi. Ushbu risola tarix ixtisosligi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar, o'quvchilar va shu mavzuga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Matn tarjimasi va tahriri
Mazkur o'quv qo'llanma magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, matn tarjimasi va tahriri sirlari, tarjima texnikasi hamda tarjima matnlarini tahrir qilish ko'nikmalarini shakllantirishga bag'ishlangan. Kitobda ilmiy, badiiy va publitsistik matnlarni tarjima qilish tamoyillari yoritilgan.
-
Tarix o‘qitish metodikasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining tarix ta’lim yo‘nalishi va gumanitar fanlari blokidagi “Tarix o‘qitish metodikasi” fani namunaviy o‘quv dasturiga mos ravishda bakalavriat talabalari va o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, qo‘llanma tarixchilar, arxeologlar, etnograflar va qadimgi dunyo tarixi bilan qiziqqan keng jamoatchilikka mo‘ljallangan.
-
ESKİ TÜRK EDEBİYATI DERS KİTABI
Bu kitap Irak’taki Türk Dili ve Edebiyatı bölümlerinin Eski Türk Edebiyatı derslerinde kullanılmak üzere bir müfredat kitabı olarak hazırlanmıştır. Çalışma, öğrencilerin derslerdeki ihtiyacını karşılama ve edebiyat tarihimizin seyri ve ana hatları hususunda onları kısaca bilgilendirme amacı taşımaktadır.
-
Deutsch als Fremdsprache aktuell: Kursbuch und Arbeitsbuch B2
Deutsch als Fremdsprache aktuell ist ein Kurs- und Arbeitsbuch für die Niveaustufe B2, das gezielt auf alle B2-Prüfungen vorbereitet. Das Werk enthält Lektionen zu Themen wie Freunde, Arbeit, Medien, Schule, Körperbewusstsein und Städteerleben.
-
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi (Yangi va eng yangi davr)
Mazkur darslik ijtimoiy-gumanitar yo'nalishda tahsil olayotgan talabalarga Markaziy Osiyo mintaqasida 1917-yil Fevral voqealaridan to hozirgi kungacha bo'lgan tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlarning ilmiy hamda qiyosiy tahlili haqida ma'lumot beradi.
-
Afg‘oniston tarixi
Mazkur o‘quv qo‘llanmada Afg‘oniston davlatining qadimgi davrdan boshlab tarixiy rivojlanish jarayonlari, ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayoti va davlatchilik tarixi yoritilgan. Kitobda mamlakat hududidagi ilk manzilgohlar, arxeologik topilmalar, etnik va hududiy muammolar hamda tashqi siyosat masalalari ilmiy jihatdan tahlil etilgan.
-
Psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi
Ushbu darslikda psixiatriyaning hozirgi holati, uning rivojlanish tarixi va so'nggi o'nyilliklarda ruhiy patologiyaning turli shakllarni tashxislash, tabiatini tushunish va davolashga katta hissa qo'shgan klinikva fundamentalfanlaryutuqlarifonida taqdim etilgan. Darslik 352 bet, 3 bo'lim, 23 bob, ilovalar, jumladan, nazorat savollari, terminlar lug'ati, ruhiy holatyoritish jadvali, adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Bilim sohasi - ijtimoiy ta’minot va sog'liqni saqlash - 500000. Ta'lim sohasi - sog'liqni saqlash - 510000. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
-
ЖАҲОН ТАРИХИ (Янги давр. 1-қисм. XVI–XVIII асрлар)
Mazkur o'quv qo'llanmada jahon tarixining yangi davri, ya'ni XVI–XVIII asrlardagi jarayonlar hozirgi zamon цивилизациясиning shakllanish tarixi sifatida yoritilgan. Unda Buyuk geografik kashfiyotlar, narx-navo inqilobi, mustamlaka tizimi va kapitalistik munosabatlarning shakllanishi, shuningdek, G'arb va Sharq mamlakatlarining tarixiy taraqqiyot xususiyatlari tahlil qilingan.
-
Жаҳон тарихи. Янги давр (1800 — 1918 йиллар)
Mazkur o'quv qo'llanma XIX asr va XX asr boshlaridagi jahon tarixi, industrial sivilizatsiyaning qaror topishi, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarga bag'ishlangan. Unda sanoat to'ntarishi, burjua inqiloblari, mustamlakachilik va boshqa muhim tarixiy voqealar tahlil qilingan.
-
Jahon tarixi (Yangi davr)
Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma Jahon tarixi fanining namunaviy fan dasturi va o'quv-me'yoriy hujjatlar talablari asosida tuzilgan bo'lib, unda Jahon mamlakatlarida kapitalistik munosabatlarni shakllanishi, burjua inqiloblari, ilmiy-texnikaviy inqiloblar va bugungi dunyo sivilizatsiyasining tarixiy ildizlari ko'rsatib berilgan.
-
XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMIYAT TARIXI
Ushbu o'quv qo'llanmada chet el mamlakatlarining xalqaro munosabatlari va diplomatiyasi tarixiga oid dolzarb masalalar ko'rib chiqilgan. Mualliflar xalqaro munosabatlar va diplomatiya taraqqiyotining asosiy bosqichlari, yo'nalishlari va tendentsiyalarini alohida davlatlarning tashqi siyosati negizida tahlil qilishgan. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixini yoritishga taalluqli turli faktik ma'lumotlar qo'llanmada umumlashtirilgan.
-
O‘rta asrlar diplomatiyasi va xalqaro munosabatlar tarixi
O‘quv qo‘llanmada o‘rta asrlarda Yevropaning Franklar, Fransiya, Italiya, Vizantiya imperiyasi, Rus davlati, Rim papaligi va Osiyoning Xitoy, Hindiston, Arab xalifaligi, mo‘g‘ul davlatlarining diplomatiyasi va xalqaro munosabatlari tarixi yoritilgan. G‘arb va Sharq davlatlaridagi tashqi siyosat tuzilmalarining shakllanishi, ulardagi o‘ziga xos elchilik munosabatlari va tartiblari masalasiga e’tibor qaratilgan.
-
История международных отношений
Учебное пособие посвящено истории международных отношений начиная с Тридцатилетней войны и становления Вестфальской системы до окончания «холодной войны». В издании рассматривается эволюция международных отношений на протяжении четырех веков, включая формирование, развитие и закат биполярной системы. Пособие адресовано студентам вузов, обучающимся по направлению «Зарубежное регионоведение».
-
Raqamli tarix
Mazkur darslikda Raqamli tarix fanining mohiyati manbalar asosida yoritib berilgan. Fan axborot texnologiyalari bilan bog'liq bo'lib, tarixni o'rganishda raqamli texnologiyalarining o'rni, fan sohasidagi xalqaro tajribalar, zamonaviy yondashuvlar, tarixiy voqyeliklarni, faktlarni o'rganishda, tarixiy tadqiqotda kompyuter manbashunosligi hamda internetning ilmiy va amaliy ahamiyati haqida so'z yuritiladi.