-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
San’at. San’atshunoslik
-
Media and Information Literacy in Journalism: A Handbook for Journalists and Journalism Educators
This handbook serves as a comprehensive guide for journalists and journalism educators, focusing on the critical role of Media and Information Literacy (MIL) in the modern media landscape. It provides essential insights into basic MIL concepts, the importance of information literacy for critical journalism, and the application of MIL in various journalistic practices. The book covers topics such as overcoming censorship, moderating media messages to reduce negative impacts, working with non-conventional sources, and the gender perspectives of MIL. Furthermore, it addresses the challenges of collecting information in the era of open data and the use of data visualisation in journalism, offering practical exercises and case studies to help professionals integrate these skills into their daily work.
-
Ma'muriy qonunchilik tizimi
Ushbu o'quv qo'llanma amaldagi qonunchilik asosida ma'muriy qonunchilik me'yorlarining mohiyatini, davlat boshqaruvini tashkil etishning umumiy asoslarini, shuningdek, ayrim sohalardagi davlat boshqaruvining o'ziga xos xususiyatlarini, ma'muriy qonunchilik tizimi va undagi muammolarni, ularni hal etish yo'llarini tahlil qilishga qaratilgan bo'lib, oliy o'quv yurtlarining huquqshunoslik mutaxassisligi talabalari uchun mo'ljallangan.
-
MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH SISTEMASI (ACCESS WINDOWS - 9X/2000 UCHUN)
Mazkur kitobda ma’lumotlar bazasini loyihalash, uning usullari va ma’lumotlarni ma’lum bir tizimga keltirish haqida tushunchalar hamda loyihalashga doir bir qator misollar berilgan. Windows-95 va uning keyingi versiyalari asosida ishlaydigan Access-ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasining tafsiloti keltirilgan. Accessning tarkibini tashkil etuvchi asosiy elementlar - jadvallar, so'rovlar, formalar, hisobotlar, modullar, makroslar, misollar va rasmlar yordamida keng yoritilgan. Access imkoniyatlarining keng yoritilishi ma’lumotlar bazasini yaratuvchilar uchun qulayliklar tug‘diradi. Kitobdan akademik litsey, kollej va oliy o‘quv yurti talabalari, shuningdek, mustaqil o‘rganuvchilar ham foydalanishlari mumkin. Kitobning sodda va tushunarli tilda yozilganligi undan foydalanishni osonlashtiradi.
-
Matematik programmalash
O'quv qo'llanma iqtisod yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, matematik programmalash fanining asosiy usullarini, jumladan chiziqli, dinamik, chiziqsiz programmalash, transport masalalari, o'yinlar nazariyasi va iqtisodiy modellarni optimallashtirish masalalarini qamrab oladi. Kitobda nazariy ma'lumotlar bilan bir qatorda ko'plab amaliy masalalar va ularni yechish yo'llari keltirilgan, bu esa talabalarga matematik modellarni iqtisodiy jarayonlarda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
-
Matematik analizdan ma'ruzalar II
Ushbu o‘quv qo‘llanma «Matematik analizdan ma’ruzalar» (1- qism) kitobining davomi bo‘lib, dastur materiallari 6 bob, 39 ta ma’ruzaga ajratib bayon qilingan. Bu ikkinchi qism ko‘p o‘zgaruvchili funksiya, uning limiti, uzluksizligi, differensial va integral hisobi, funksional ketma-ketlik, funksional qatorlar mavzularini o‘z ichiga oladi. Mazkur o‘quv qo‘llanma matematika va mexanika bakalavr yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, undan matematika kengroq o‘qitiladigan oliy ta’lim muassasalari talabalari ham foydalanishlari mumkin.
-
Manuel d'autoformation. A l'usage des professeurs de langues
Ce manuel est un outil de formation destiné aux enseignants de langues et aux futurs professeurs. Il offre des clés théoriques et pratiques pour aborder les situations de classe, la didactique des langues, les pratiques pédagogiques ainsi que l'évaluation. Organisé en quatre parties, l'ouvrage permet d'explorer les interactions en classe, les processus d'apprentissage, l'oral, l'écrit, la grammaire et la civilisation, tout en proposant des pistes de réflexion pour analyser et construire des unités d'apprentissage efficaces. Il s'appuie sur des extraits de la revue Le Français dans le monde pour fournir une base solide et concrète aux enseignants soucieux de perfectionner leur pratique professionnelle.
-
Manuel de France-1
Cette méthode de français est une ressource pédagogique conçue pour l'apprentissage du français au niveau débutant, incluant des exercices, des activités, des éléments culturels et des outils d'évaluation, réalisée selon le projet 1-107 et conforme aux programmes techniques et scientifiques d'État élaborés par le Ministère de l'enseignement supérieur et secondaire de la République d'Ouzbékistan.
-
Littérature Progressive du Français
Cet ouvrage propose une approche progressive de la littérature française pour les apprenants de niveau intermédiaire, à travers une sélection de textes classiques et contemporains accompagnés de 650 activités pédagogiques variées pour renforcer la compréhension, le vocabulaire et l'expression écrite.
-
Literarisches Lesen
Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimidagi bakalavriat yo‘nalishi filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) mutaxassisligi bo‘yicha nemis tilini asosiy chet tili sifatida o‘rganuvchi 2–bosqich talabalariga badiiy o‘qish fanidan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma o‘quv dasturida keltirilgan 24 ta mavzularni o‘z ichiga olgan. Ushbu qo‘llanma Davlat ta’lim standartlari talablari asosida tuzilgan va talabalarga nemis tilida adabiy janrlar, nemis adiblari va ularning ijod namunalari hamda ularning tahlili haqidagi barcha ma’lumotlarni beradi. Qo‘llanmaning maqsadi talabalarning o‘qib tushunish va badiiy asarlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, nutq malakalarini oshirish, ilmiy-ommabop adabiyotlarni dasturda ko‘rsatilgan hajmda tarjima qila olish ko‘nikma va malakalarini hosil qilishdan iboratdir.
-
Lectura
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari xorijiy filologiya fakulteti ispan tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, akademik litsey o‘quvchilari va ispan tiliga qiziquvchi barcha o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma dunyo xalqlari, xususan yevropa va osiyo xalqlarining rivoyatlari, afsonalari va maqollarini o‘z ichiga oladi. Nashr ispan tilini o‘rganuvchilar uchun didaktik material sifatida tavsiya etiladi va o‘quvchilarda xorijiy tilni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, shuningdek, til ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
-
Language and Culture
The educational technology for teaching "Language and culture" is reflected in this manual. The UOM was developed on the basis of the procedure for creating a technological map, in which didactic materials and practical exercises were provided. The fundamental problems of language and culture, the history of the formation and development of the science, as well as the scientific views and approaches in this science, the main concepts of language and culture and the trends in it are reflected. Each chapter of the textbook contains theoretical material and practical analysis methods, control questions, test samples that show its practical application. In the appendix of the study guide, a glossary explaining the tasks and basic concepts of independent study is provided.
-
Kurs loyihasi va bitiruv malakaviy ishini tayyorlash
Ushbu o'quv qo'llanma 5310500-Avtomobilsozlik va traktorsozlik, 5310600-Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (traktorlar, qishloq xo'jalik mashinalari) ta'lim yo'nalishlari davlat ta'lim standartlari talablari asosida tayyorlangan bo'lib, ushbu yo'nalishlar bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmada qishloq xo'jaligi mashinalari (QXM), traktorlar va avtomobillarni loyihalash bo'yicha kurs loyihasi va bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlashda zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlaridan foydalanishga asosiy e'tibor berilgan.
-
KOMPYUTER LINGVISTIKASI
Mazkur o'quv qo'llanma bakalavriat bosqichi talabalari, magistrantlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar hamda o'qituvchilarga mo'ljallangan bo'lib, unda kompyuter lingvistikasi yo'nalishining mohiyati, asosiy masalalari yoritilgan hamda ushbu sohaga doir terminlar va tayanch tushunchalar izohi keltirilgan.
-
Kimyoviy ekologiya
Ushbu «Kimyoviy ekologiya» fanidan o‘quv qo‘llanmasi pedagogika oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat 5140300 «Kimyo-ekologiya» ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada kimyo sanoati korxonalarining atrof-muhitga ta’siri, ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish choralari yoritilgan. Shuningdek, talabalarda ekologik madaniyat, tarbiya va ongni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan, nazariy bilimlar amaliy misollar va mintaqaviy ma’lumotlar asosida tushuntirilgan.
-
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK
Ushbu o'quv qo'llanmada qishloq va suv xo'jaligi ishlab chiqarishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining mazmuni, mohiyati, fanning vazifasi, predmeti va uslublari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari, xorijiy mamlakatlarda kichik va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish, qishloq va suv xo'jaligida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati, kichik biznes korxonalarining moliyaviy va ishlab chiqarish faoliyatini tahlil etish, kichik biznes va tadbirkorlarning bank, soliq va audit bilan o'zaro aloqasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari va ularni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, agrar sohaning barcha tarmoqlarida xizmat qiluvchi kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yo'llari, investitsiya va axborot, kichik biznes korxonalarida tijorat va bitimlar tuzish, marketing va reklama faoliyatini tashkil etish, tadbirkorning etikasi va madaniyati kabi dolzarb muammolarning nazariy va amaliy asoslari aks ettirilgan.
-
Jahon teatri tarixi (G‘arbiy Ovro‘po va AQSH teatri)
Qo'llanmada Ovro'po teatrining antik davrdan XXI asrgacha bo'lgan ikki yarim ming yillik tarixi bayon qilingan. Unda qadimgi yunon fojianavislaridan boshlab keyingi davrlar Ovro‘po teatri rivojida muhim o‘rin tutgan dramaturglar, aktyor va rejissorlar ijodi, turlicha badiiy uslublar, ijodiy maktablar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari atroflicha tahlil etilgan. O‘quv qo‘llanma san’at, madaniyat, ma’rifat oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan.