-
-
-
-
-
-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
Клод Дебюсси Игры партитура
В основу издания положена партитура, выпущенная парижским издательством Дюран и Явные опечатки первого издания исправлены без оговорок; некоторые добавленные указания приводятся в квадратных скобках.
-
-
Powering english for electrical and energy engineering
Darslikning tarkibi sohaviy terminologiyani o'zlashtirish, kasbiy muloqot ko'nikmalarini shakllantirish hamda muhandislik yo'nalishlarida ingliz tilidan amaliy foydalanish malakasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Materiallar zamonaviy ta'lin talablari asosida tanlangan bo'lib, talabalarning o'qib tushunish, tinglab anglash, yozma va og'zaki nutq kompetensiyalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga yo'naltirilgan.
-
Tuproqlar geografiyasi
Mazkur darslik 60530400 Geografiya ta'lim yo'nalishi malaka talablari va o'quv rejasi asosida tuzilgan. Tuproqlar geografiyasi nomli darslik 10 ta bob va 39 ta paragraf. nazorat va test savollari, mustaqil ish mavzulari, glossariy hamda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Darslik boblari "Tuproqlar geografiyasining fan sifatida shakllanishi", "Tuproqlarni o'rganish tarixi", "Tuproq hosil qiluvchi jinslar va omillar", "Tuproq kesmasi va uning xususiyatlari", "Tuproq eritmasi, havosi, unumdorligi va uni sifatini baholash", "Tuproq klassifikatsiyasi, tuproqlarning tarqalish qonuniyatlari va omillari", "Tuproq geografik rayonlashtirish va dunyoning tuproq bioiqlim mintaqalari" "Tog (balandlik mintaqasi) va qayir tuproqlari" "Tuproqlarni tadqiq qilish va tuproq kartografiyasi", "Tuproqlarning ifloslanishi va ularni muhofaza qilish" masalalariga bag'ishlangan.
-
Texnik nazorat va sifat menejmenti
Ushbu uslubiy qo‘llanma 5310900- Metrologiya, standartlashtirish va mahsulat sifati menejmenti (paxta, toʻqimachilik va yengil sanoat) yo‘nalishlari bakalavrlari uchun “Texnik nazorat va sifat nazorati” fanidan tayyorlangan bo‘lib, unda to‘quvchilikka iplarni tayyorlashda, trikotaj korxonasining xomashyo, tayyor va qo’shimcha materiallar bo’limida, pilla chuvish korxonasida, ipakni yigirish va to’qish korxonasida, junni qayta ishlash korxonalarida texnik nazorat olib borish tartibi keltirilgan hamda tola, ip va gazlamalarning sifatini baholash haqida ma’lumotlar berilgan.
-
Gandbol
Mаzkur dаrslik O’zDJTI vа jismоniy tаrbiya fаkultеtlаridа tа’lim оlаyotgаn tаlаbаlаr uchun mo’ljаllаngаn bo’lib, shu fаn mutахаssislаrini tаyyorlаsh dаsturigа muvоfiq tаyyorlаngаn.Dаrslikni yozishdа O’zbеkistоn Dаvlаt jismоniy tаrbiya instituti futbоl vа qo’l to’pi kаfеdrаsining ish tаjribаlаri,O’zbеkistоn vа bоshqа mаmlаkаtlаr gаndbоl bo’yichа mutахаssislаrining qo’llаnmаlаri аsоs qilib оlindi.
-
Педагогика: 100 вопросов — 100 ответов
Пособие содержит ответы на основные экзаменационные вопросы по курсу педагогики. Использование данного пособия облегчает подготовку студентов к экзамену и позволяет рассчитывать на высокий экзаменационный балл.
-
Biologik kimyo va molekulyar biologiya (2-qism. Molekulyar biologiya)
Darslik oliy o'quv yurtlarining 5140400-Biologiya va 5110400-Biologiya o'qitish metodikasi bakalavriyat ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, DTS va biologiya fani dasturiga muvofiq yozilgan. Darslikda oqsillar, DNK va RNK ning strukturaviy tashkillanish tamoyillari, replikatsiya, transkripsiya, translyatsiya jarayonlarining mexanizmi ko'rib chiqilgan. Darslikda hujayralarning strukturaviy tashkillanishining va hayot faolyatining molekulyar asoslari, oqsil biositezining boshqarilishi, gen muhandisligi, molekulyar patologiya muammosining zamonaviy holati yoritilgan.
-
Aviatsiya dvigatellarining nazariyasi, konstruksiyasi va mustahkamligi.
“Aviatsiya dvigatelari nazariyasi, konstruksiyasi va mustahkamligi” fanini o‘rganish aviatsiya sohasida kadrlar tayyorlashning nazariy asosidir. Ushbu darslikda aviatsiya dvigatelari nazariyasi, ularning tasnifi, ishlash jarayonlari va sikllari, konstruksiyasi hamda ekspluatatsiya xususiyatlari haqida maʼlumotlar keltirilgan.
-
Foreign language (for the first-year of Students Robotics and Mechatronics).
The textbook’s been written in English based on the needs of students to strengthen their knowledge, skills and abilities related to practical acquisition of the language.
-
Organik kimyo (2-qism)
Organik kimyo moduli o’quv rejaning umumkasbiy modullar blokiga taalluqli bo’lib, 5510600-Sanoat farmatsiya (turlari bo’yicha), 5320500-Biotеxnologiya, 5310901-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti yo’nalishlari uchun 1 kursda, 5510500-Farmatsiya (turlari bo’yicha), 5111000-Professional ta'lim yo’nalishlari uchun 2 kursda o’qitiladi. Modulni o’zlashtirgan talaba farmatsevtik kimyo, farmakоgnоziya, biоlоgik kimyo, tоksikоlоgik kimyo kabi modullarni оsоn tushunadi va o’zlashtiradi.
-
Avtomobil yo‘llarini avtomatlashtirilgan loyihalash
Respublikamizning iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiy etishi eng avvalo transport kommunikatsiyalarining holatiga bog‘liqdir. Transport kommunikatsiyalarining loyihalash jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash ularni loyihalash sifatlarini oshirishga, bu ishlarni kam ishchi kuchi sarflab, qisqa muddatlar ichida bajara olishga imkoniyat yaratadi
-
Кимё тарихидан сабоқлар
Ушбу ўқув қўлланмада эрамиздан олдинги даврдаги кимёни ўрганишга бўлган ҳаракатлардан, то ҳозирги давргача кимё фанида эришилган ютуклар қисқача баён этилган. Сўнгги юз йилликлар давомида кимё фани ва кимё саноатининг қўлга киритган улкан ютуклари ҳакида маълумотлар келтирилган. Шу жумладан, ўзбекистонлик олимларнинг кимё фани ва саноатини ривожидаги бажарган ишлари ҳақида ҳам маълумотлар берилган. Ўкув қўлланма талабаларни кимё фанини чукуррок ўрганишда, уларда кимё фанига кизикиш ўйғотишда муҳим аҳамият касб этади деган умиддамиз. Бу кўлланма кимё, кимёвий технология ва экология мутахассислигини эгалловчи талабаларга мўлжалланган.
-
Avtomobil yo‘llari muhanisligida CREDO DAT dasturini qo‘llash
Avtomobil yo‘llari mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sohalardan biri hisoblanadi, ularni loyihalash, qurish va foydalanish yo‘nalishida yetuk kadrlarni yetishtirish bo‘yicha konsepsiyani amalga oshirish oldimizda turgan muhim vazifalardan biridir.
-
Polimerlar kimyosi
"Polimerlar kimyosi" fanining maqsadi kimyo yo'nalishi bo'yicha universitetlarning bakalavriatida tahsil olayotgan talabalarni, kimyogar- bakalavri bilishi lozim bo'lgan polimerlar kimyosi asoslari va uning muhim amaliy xususiyatlari bilan tanishtirishdan iborat. Umumiy kursni o'qitishda asosiy e'tibor polimerlar makromolekulalarining katta o'lchami va zanjirsimon tuzilganligi sababli oddiy quyi molekulyar birikmalardan farqlanuvchi xossalarini tushuntirishga qaratilgan. "Polimerlar kimyosi" fanining umumiy nazariy kursi talabalar tomonidan laboratoriya ishlarini bajarish bilan mustahkamlab boriladi. O'quv qo'llanmadagi laboratoriya ishlarining asosiy maqsadi talabalarning kursning umumiy nazariy qismida beriladigan polimerlarning sintezi, kimyoviy o'zgarishlari, fizik-kimyoviy hamda mexanik xossalari, tuzilishi kabi sohalarini chuqurroq tushunish va o'zlashtirishga yordam berishdir. Shuni ta'kidlab o'tish lozimki, polimerlarning tuzilishi va xossalariga oid keltirilgan xususiyatlari noyobdir, bunday xususiyatlar quyimolekulali birimalarda bo'la olmaydi, shuning uchun ham, polimerlar kimyosining alohida fan sifatida o'rganilishi va o'qitilishining sababi tushunarlidir.