-
-
Texnika va amaliy fanlar
-
O‘rmon va yog‘ochga ishlov berish sanoati
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Uzumchilik
"Uzumchilik" kitobi vino (sharob) ishlab chiqarishga mo'ljallangan uzumchilik sohasi bo'yicha asosiy qo'llanmalardan biri hisoblanadi va vinochilik hamda vino savdosini jiddiy o'rganayotganla uchun mo'ljallangan.
-
Noorganik va analitik kimyodan amaliy mashg'ulotlar
Ushbu o'quv qo'llanmada noorganik va analitik kimyo fanining nazariy va amaliy asoslari batagsil yoritilgan.Qo'llanmada dastlab kimyo laboratoriyasida ishlashning umumiy tartibi va qoidalari bayon qilinib, uning asosiy qismida kimyoning mavzularini to'liq qamrab olgan amaliy mashg'ulotlar keltirilgan. Qo'llanmaning birinchi qismida umumiy va noorganik kimyoning nazariy masalalariga, biogen elementlarning qishloq xoʻjaligidagi roli va mutaxassisliklarga mos laboratoriya ishlari keltirilgan. Ikkinchi qismida analitik kimyoning sifat va miqdor analizlari asosida kationlarni, anionlarning reaksiyalari va bularning miqdorlarini aniqlash usullari oʻz aksini topgan.
-
O‘qish va yozish amaliyoti
Mazkur o‘quv qo‘llanma “60110900 – xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 1-bosqich talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘qish va yozish amaliyoti fanidan amaliy jihatdan foydalanishlari mumkin. Ushbu darslik Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi dasturlar asosida tuzilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma o‘qituvchilar va talabalar uchun pedagogik jihatdan asoslangan, akademik qat’iylik va o‘rganish uchun qulay bo‘lgan manbalarni taqdim etadi.
-
Плавка сплавов цветных металлов для фасонного литья
Учебное пособие написано в соответствии с программой курса "Металлургия литейного производства" по разделу "Плавка цветных металлов и сплавов" и содержит необходиимые сведения по технологии плавки основных цветных металлов и сплавов в плавильных печах любого типа. В пособии приведены сведения о составе и механических свойствах сплавов цветных металлов; рассмотрены шихтовые материалы, флюсы, лигатуры, способы расчета шихты и конструкции плавильных печей.
-
Cross-cultural communication etiquette
Mazkur qo‘llanma “60111800 – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabalariga “Madaniyatlararo muloqot etiketi” fanidan turli madaniyatlar doirasida muloqot qilish qoidalarini o‘rgatishga mo’ljallangan maqsadli adabiyotdir. Ushbu qo‘llanmaning asosiy maqsadi Oliy ta’lim muassasalari talabalariga qo‘yiladigan malaka talablarining amaliyotga tadbiq etilish, oliy ta’lim muassasalardagi chet tillar ta’limi sifatini oshirishni ta’minlashga xizmat qilish, talabalarda ijtimoiy lingvistik kompetensiyani rivojlantirish, xususan, madaniyatlararo nutq madaniyati qonun-qoidalari bilan tanishtirish, ommaviy nutq jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar bilan tanishtirish va ularning samarali yechimlari hamda oldini olish usullari haqida ma’lumot berish, shu bilan birga, nutq jarayonida ishlatiladigan qo‘shimcha materiallarni tanlash kabilarni o‘z ichiga oladi.
-
Kimyoda sinfdan tashqari ishlar
Mazkur o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlari, kimyo ixtisosligi bo‘yicha bakalavriyat tayyorlaydigan yo‘nalishlar uchun muvaqqat dastur asosida yozilgan bo‘lib, unda respublikada kimyo fanini rivojlantirish uchun sinfdan tashqari ishlar olib borish muammolari o‘rin olgan. Ushbu kitob oliy o‘quv yurtlari pedagoglari va talabalariga qo‘llanma bo‘lishi bilan birga, maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari pedagoglariga uslubiyiy qo‘llanma sifatida ham mo‘ljallangan.
-
O'rmonchilik va tabiiy resurslarga kirish I jild
"O'rmonchilik va tabiiy resurslarga kirish" kitobining ikkinchi nashrida o'rmonchilik kasbi haqida har tomonlama va to'liq yangilangan ma'lumotlar taqdim etiladi. Kitobda o'rmonchilikning asosiy jihatlari, jumladan, o'rmon resurslarini boshqarish, iqtisodiyot, o'rmon siyosati, o'rmondan foydalanish va ushbu sohadagi kasbiy imkoniyatlar batafsil yoritilgan.
-
O'simliklar karantini: tamoyillar va konsepsiyalar I jild
Hindistonlik olim N.G.Ravichandra tomonidan yozilgan "O'simliklar karantini: tamoyillar va konsepsiyalar" o'quv qo'llanmasida ekzotik zararkunandalar, o'simlik kasalliklari va invaziv begona o'tlarning kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olishga oid ma'lumotlar bayon etilgan.
-
O'simliklar karantini: tamoyillar va konsepsiyalar II jild
Hindistonlik olim N.G.Ravichandra tomonidan yozilgan "O'simliklar karantini: tamoyillar va konsepsiyalar" o'quv qo'llanmasida ekzotik zararkunandalar, o'simlik kasalliklari va invaziv begona o'tlarning kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olishga oid ma'lumotlar bayon etilgan.
-
Iqtisodiy xavfsizlik
Mamlakatimizda qabul qilingan inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarinin yanada jadallashtirish natijasida mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o'sish sur‘atlari saqlanib qolmoqda. Mamlakat iqtisodiyotini turli tahdidlardan himoya qilish, jamiyat hayot faoliyatining bir qancha sohalarida kechadigan jarayonlarni, jumladan, korrupsiya va xufyona iqtisodiyot bilan bog'liq bo'lgan masalalarni o'rganish, ularni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali xavfsizlikni ta‘minlash hozirgi sharoitlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday sharoitda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash, unga bo'ladigan turli tahdidlarni oldini olish masalasini hal qilish zaruriyati yuzaga keladi.
-
Matematik analiz (egri chiziqli integrallar, sirt integrallari va Furye qatori)
Mazkur qo‘llanma universitetning matematika, amaliy matematika va informatika hamda fizika yo‘nalishlari talabalari o‘quv rejalariga kiritilgan matematik analiz fani dasturlariga asosan berilgan mavzularni o‘z ichiga olgan. Unda matematik analiz fanining bir bo‘limiga oid mavzularning nazariy qismi berilib, ularga doir namuna sifatida misollar yechilib ko‘rsatilgan, o‘rganilganlik darajasini tekshirish uchun nazorat va test savollari berilgan hamda mustaqil yechish uchun misol va masalalar keltirilgan.
-
Акушерство, гинекология и искусственное осеменение сельскохозяйственных животных
Учебное пособие предназначено студентам ветеринарного факультета высших и средних учебных заведений. Учебным пособием могут руководствовать практические ветеринарные врачи, животноводы и осеменаторы.
-
Matematik tizimlar fanidan misol va mashqlar to'plami
Ushbu o‘quv qo‘llanma Maple matematik tizimida misol va mashqlar yechish to‘plami bo‘lib, unda Maple tizimida sodda hisoblashlar bajarish, standart matematik funksiyalardan foydalanish, ifodalar ustida shakl almashtirishlar, tenglama va tengsizliklar hamda ularning sistemasini yechish, limitlarini hisoblash, funksiya hosilasini topish, integrallash, funksiyalarni tekshirish, ularning grafiklarni qurish, differensial tenglamalarni yechish va qatorlarning yig‘indisini hisoblash hamda Maple tizimida dasturlashga doir misollar va mashqlar keltirilgan
-
Qurilish mexanikasi fanidan amaliy mashg`ulotlar
O‘quv qo‘llanmada inshootlarning hisoblash sxemalari, shuningdek, ko‘p oraliqli statik aniq balkalarni doimiy va harakatlanuvchi kuchlar ta’siriga hisoblash, ta’sir chiziqlar yordamida zo‘riqishlarni aniqlash, statik aniq tekis fermalarni doimiy va harakatlanuvchi kuchlar ta’siriga hisoblash, uch sharnirli arka va ramalarni doimiy va harakatlanuvchi kuchlar ta’siriga hisoblash, tortqichli arkalar hisobi, statik aniq oddiy sistemalarda ko‘chishlarni aniqlash mavzulari bayon qilingan.
-
Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi fanidan laboratoriya mashg'ulotlar
Ushbu oʻquv qo'llanma Oliy o'quv yurtlarining 60510100 – Biologiya bakalavriat yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada ikki mavzu ishlab chiqilgan bo'lib, har bir mavzu o'rganiladigan hayvonlarning sistematik oʻrni, mavzuning rejasi, maqsadi va vazifalari, kerakli jihozlar va qo‗llaniladigan uslublar, ishning mazmuni, shuningdek, hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishi hamda ularning rasmlardagi ifodasini o'z ichiga oladi.
-
Elektron pedagogika fanidan amaliy mashg‘ulot topshiriqnomalari
Mazkur o‘quv qo‘llanma pedagogikaning zamonaviy va dolzarb muammolaridan biriga bag‘ishlangan bo‘lib, unda elektron ta’lim nazariyasi, axborotlashtirilgan muhit, pedagogik dasturiy vositalar yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmada amalga oshiriladigan navbatdagi ishlarga amaliy manba bo‘la olishi shubhasiz. Bundan tashqari, undan oliy ta’limda bakalavriyat ta`lim yo‘nalishi talabalari barcha fanlardan o‘quv va elektron manbalar yaratishda samarali foydalanish mumkin.