-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
-
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
O`rmonlar taksatsiyasi
O‘rmon taksatsiya fanidan tayyorlangan ushbu darslikda o‘rmon daraxtlarida ko‘z bilan chamalab va zamonaviy taksatsiyaning ish qurollari bilan hisoblash ishlarini olib borish usullari, kesilgan va o'sib turgan daraxtlarda taksatsiya o‘tkazish, daraxtzor to'liqligi va o'rmon bonitetini aniqlash, o'rmon yog'och mahsulotlari sortimentini aniqlash, o'rmon fondi, uning zaxiralarini aniqlash to'g'risidagi ma’lumotlar to'liq berilgan. Mazkur darslik o'rmonchilik va aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish ta’lim yo'nalishi oliy o'quv yurti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan o 'rmon xo'jaligi ishchi-xodimlari va yog 'ochni qayta ishlash sanoati mutaxassislari foydalanishlari mumkin.
-
Buxgalteriya hisobi nazariyasi
Mazkur darslik iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, undan shu sohaga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo`ljallangan.
-
Sitirus ekinlarini yetishtirish texnologiyasi
Mazkur o'quv qo'llanma ikkinchi nashr hisoblanib, sitrus ekinlarini yetishtirish texnologiyasiga oid asosiy ma’lumotlarni o'zida mujassam etgan bo'lib. unda sitrus ekinlarning tabiiy tarqalish areali, botanik tasnifi, sistematikasi, kelib chiqishi, biologiyasi va boshqalar batafsil yoritilgan.
-
Хосилни сақлаш ва қайта ишлаш
Мазкур китоб унинг ҳаётий кузатишлари, шахсий мулоҳазалари ва тўплаган халқона тажрибалари асосида нашрга тайёрланиб ҳукмингизга ҳавола этилмокда.
-
Pul, kredit va banklar
Darslik iqtisodiyot yo`nalishdagi talabalar va o`qituvchilar, bank va moliya sohasidagi mutaxassislar uchun mo`ljallangan.
-
Iqtisodiy- matematik modellar va usullar
Darslikdan yosh o`qituvchilar, magistrantlar hamda aspirantlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Boshqaruv nazariyasi
Darslik namunaviy o‘quv dasturi asosida tayyorlangan bo ‘lib, undan oliy o ‘quv yurtlari talabalari, tadqiqotchilari, o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari foydalanishlari mumkin.
-
Микроиқтисодиёт
Дарслик иқтисодий олий ўқув юртлари талабалари, магистрлари, аспирантлари ва ўқитувчилари учун мўлжалланган.
-
Меҳмонхона менежменти
Ушбу дарслик туризм мутахассислиги бўйича таълим олаётган бакалаврлар, магистратура тингловчилари ҳамда меҳмонхона менежменти билан шуғулланувчи ва барча қизиқувчиларга мўлжалланган.
-
Машинасозлик технологияси
Мазкур ўқув қўлланмада машинасозлик технологиясининг назарий асослари баён қилинган, машиналарни ишлаб чиқариш, механик ишлов беришда хатоликлар ва уларни ҳисоблаш усуллари, технологик тизимларнинг аниқлиги ва унумдорликка таъсири, механик ишлов беришда аниқликни таъминлаш, технологик ўлчамларни ҳисоблаш, машинасозликда базалар ва базалаш,механик ишлов беришда айрим қатламлари ва тежамли технологик жараёнларни лойихалаш масалалари еритиб берилган.
-
Машина деталлари
Мавжуд ўкув адабиётлардан фарқлироқ, машина деталларининг қузғалмас бирикмалари бўлими (резбали, парчин михли ва пайванд) матни охирида, механик узатмалар эса, бошланғич қисмига кўчирилган. “Машина деталлари” фани дастури бўйича ёзилган ўкув қўлланма умуммуҳандислик курсига етарлига бутунлай мос келади. Шунинг учун бу ўқув қўлланма олий техника ўкув юртларида “Машина деталлари”, “Амалий механика”, “Техникавий механика” бўйича маъруза қилишда қўлланилиши мумкин. Бундай ўрин алмаштиришлар замонавий ўқув режага ва ишчи дастурга мос келади, чунки машина деталлари машина ва механизмлар назариясининг давоми бўлиб ҳисобланади. Бундан ташқари, машина деталлари фанидан курс ишини яхши ўзлаштиришга имкон беради. Маълумки кўпгина ўкув режаларда бу фанни ўрганиш ва курс ишини бажариш бир семестрга мўлжалланган.
-
Ҳаваскор боғбонга қўлланма
Мазкур қўлланма фермер,ҳаваскор боғбон, шунингдек, кенг ўқувчилар оммасига мўлжалланган.
-
Logistika
O'quv qo'llanmada logistikaning zamonaviy konsepsiyasi va vazifalari aks ettirilib,logistik jarayon qatnashchilariga tavsif berilgan.Moddiy oqimlarni ratsional tashkil etish hisobiga xo'jalik faoliyati samaradorligining oshishini ta'minlovchi uslublar keltirilgan.
-
Logistika asoslari
O‘quv qo‘llanmada logistika fanining vujudga kelish tarixi, uning rivojlanish bosqichlari, elementlari va tushunchalari, moddiy oqimlarni boshqarishda logistik yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari va vazifalari, logistik sistemalar, operatsiyalar va funksiyalar,axborot oqimlari, logistikada omborlar va ularning turlari, xarid, ishlab chiqarish va taqsimot logistikasi, logistik markazlar va ularning samaradorligi haqida tushunchalar bayon etilgan.
-
Kompyuter grafikasi va WEB-dizayn
Ushbu darslik «Kompyuter grafikasi va Web-dizayn» deb nomlanib. unda kompyuterning universal uskunaviy dasturiy vositalaridan hisoblangan Corel Draw, PhotoShop, Dreamweaver, Front Page. Home Site va Flash dasturlari, HTML gipermatnlarni belgilash tili, Java Script, PHP kabi web-dasturlash tillarining imkoniyatlari va ta’lim tizimidagi foydalanishning amaliy jihatlari yoritilgan.
-
Қурилиш статистикаси
Қўлланма олий ва ўрта махсус ўқув юртларининг статистика таълими йўналиши бакалаврлари, магистрлари, илмий ходимлари ва профессор - ўқитувчилари учун мўлжалланган.