-
Qurilish. Arxitektura
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
Kompyuter tizimlari va tarmoqlari
Bu dаrslik nаmunаviy vа ishchi о‘quv rejа hаmdа о‘quv dаsturgа muvоfiq ishlаb chiqilgаn bо‘lib fаnni о‘rgаnish uchun zаrur bо‘lgаn аsоsiy tushunchа vа mаsаlаlаrni о‘z ichigа оlаdi.
-
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar
Mazkur darslik “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fanining nazariy asoslari hamda ularning amaliy qo‘llanilishiga bag‘ishlangan. Darslikda ma’lumotlar tuzilmalari tushunchasi, ularning klassifikatsiyasi, massivlar, bog‘langan ro‘yxatlar, stek va navbatlar, daraxtsimon va graf tuzilmalari, shuningdek, qidirish, saralash, xeshlash va rekursiv algoritmlar batafsil yoritilgan.
-
Elektr ta’minoti tizimida muqobil energiya manbalari
Darslik 60710600 – Elektr energetika (Elektr ta’minoti) ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga kiritilgan “Elektr ta’minoti tizimida muqobil energiya manbalari” fan dasturiga muvofiq tuzilgan. Darslikda fan dasturining asosiy qismida belgilangan qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalarining resurslari va ularning zahiralari, elektr energiyasini Quyosh fotoelektr, shamol, gidroelektr, geotermal va atom elektr stansiyalarida ishlab chiqarish, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplariga oid nazariy ma’lumotlar batafsil yoritilgan.
-
Ko'tarish-tashish, yo'l qurilish mashinalari muhandisligi
Darslikda avtomobil yo‘llarini, ko‘tarish-tashish yo‘l qurilish mashinalaridan foydalanib qurishda, ta’mirlash va saqlash ishlarini amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari, mexanizmlari va texnikalari va ularni qo‘llash to‘liq yoritilgan. Darslik 5340600 – “Yo‘l muhandisligi” Avtomobil yo‘llari ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavr talabalar, shuningdek yo‘l xo‘jaligi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.
-
Sensory Evaluation Techniques
How does one plan, execute, complete, analyze, interpret, and report sensory tests? Hopefully, the practices and recommendations in this book cover all of those phases of sensory evaluation. The text is meant as a personal reference volume for food scientists, research and development scientists, cereal chemists, perfumers, and other professionals working in industry, academia, or government who need to conduct good sensory evaluation. The book should also supply useful background to marketing research, advertising, and legal professionals who need to understand the results of sensory evaluation. It could also give a sophisticated general reader the same understanding.
-
Tanlangan sport turi bo'yicha mutaxassislikka kirish (Voleybol)
Mazkur darslikda zamonaviy voleybol o`yinida qo`llaniladigan ilg`or xorijiy tajribalar asosida texnik-taktik mashg`ulotlar texnologiyasi yoritilgan
-
Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш
Мазкур дарсликда Республикада экологик сиёсатнинг шаклланиши, экологик омиллар, экологик тизимлар, популяциялар экологияси, экотизимлар, биосфера ҳақида маълумот, саноатдаги экологик жараёнлар, атроф-муҳитни тозалаш усуллари, атроф-муҳитнинг ифлосланиш даражаси ва бошқа мавзулар тасдиқланган ўқув дастурига мувофиқ киритилган. Ҳозирги замон экологиясининг атмосферани, оқар сувни, тупроқни заҳарли газлар ва чиқиндилардан муҳофаза қилиш жараёнлари ёритилган. Ўзбекистондаги экологик ҳолат бугунги кун маълумотлари билан боғлаб берилган. Дарсликка иқлим ўзгариши, глобал исиш ва экологик хавф, унинг оқибатлари тўғрисида алоҳида янги боб киритилган. Қўлёзмада республикада мавжуд 9 та қўриқхона, 2 та миллий боғ ва Экожайрон маркази ҳақида ПРООН нинг маълумотлари асосида мавзу берилган. Тупроқ, сув, ўсимликлар ва ҳайвонларни ҳимоя қилиш мониторинги мисоллар билан кенг ёритилган. Шунингдек, раҳбарий ҳужжатлар, экологик ҳуқуқ, экспертиза ва соҳага оид қонунчилик ҳужжатлари ҳамда барқарор экологик ривожланиш, экотуризм бўйича маълумотлар келтирилган. Китоб олий ўқув юртларининг гуманитар, санъат, дизайн, молия, биология, техника, иқтисод, ислом университети ва шу соҳа бўйича таълим олаётган бошқа йўналиш талабалари ҳамда атроф-муҳит ҳимоясига қизиққан барча мутахассисларга мўлжалланган. Шунингдек, дарсликдан экология фани ўқитиладиган коллеж талабалари, магистрантлар, илмий ходимлар фойдаланишлари мумкин.
-
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi
Ushbu darslik oliy o'quv yurtlarining ijtimoiy gumanitar, xuquq, islomshunoslik, madaniyat, iqtisod va buxgalteriya fakultetlari talabalari uchun moʻljallangan. Unda tabiatshunoslik fanning kelib chiqishi, kelib chiqish markazlari, antik davr olimlari, Markaziy Osiyolik allomalarning tabiiy fanlarni rivojlantirishga qo'shgan hissalari bayon etilgan. Darslikda shuningdek, tabiatshunoslik fanining hozirgi davrdagi muammolari, yerda hayotning paydo boʻlishi, hozirgi zamon antropologiyasi, koinot va yer haqida, tabiatshunoslikning fizikaviy konsepsiyasi kibernetika va sinergetika, hozirgi zamon biologiyasi, genetika, odam genetikasi, hujayra, oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari, fotosintez, biosfera, noosfera haqidagi ta'limot, iqlim va demografik jarayonlar to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Ushbu qo'lyozma Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tasdiqlangan dastur asosida yozilgan boʻlib darslikdan kasb-hunar kolleji talabalari, bakalavr va magistrlar, shuningdek, tabiiy yoʻnalishidagi ilmiy xodimlar foydalanishlari mumkin. Kitob haqida barcha fikrlar uchun muallif minnatdorchilik bildiradi.
-
Shahar va sanoat ekologiyasi
Mazkur darslik bakalavriat bosqichining 5630100 - Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. "Shahar va sanoat ekologiyasi" fani 2020-yilda tasdiqlangan o'quv rejaning "Ixtisoslik fanlari" blokida 3.04 raqami bilan qayd etilgan. Darslikda shahar ekologiyasining shakllanishi, tabiiy va sun'iy ekotizim, shaharlarning inson salomatligiga ta'siri, urbanizatsiya jarayoni va uning oqibatlari, ekologik ko'rsatkichlar, shahar havosi va unga qo'yilgan talablar, sanoatlashuv hamda uning ekologik oqibatlari, sanoat chiqindilarini qayta ishlash, texnogen landshaftlarni optimizatsiyalash, sanoat zonalaridagi ekologik vaziyatni yaxshilash kabi fan mazmunini tashkil etuvchi asosiy masalalar yoritilgan.
-
Modern english stylistics
Modern English Stylistics is a dynamic field of linguistic study that explores the ways language is used to create meaning, evoke emotion, and achieve specific effects in various contexts. This textbook aims to introduce readers to the core principles, methods, and applications of stylistics, focusing on how linguistic choices shape the interpretation and impact of spoken and written English. Stylistics bridges the gap between language and literature, combining insights from linguistics, rhetoric, and literary criticism. It examines how elements such as word choice, sentence structure, figurative language, and sound patterns contribute to the style of a text. Beyond literature, stylistics also explores language use in everyday communication, media, advertisements, and digital platforms, offering a comprehensive understanding of how English functions in diverse settings. Designed for students, educators, and anyone interested in the artistry and functionality of language, this textbook provides a practical framework for analyzing texts with precision and depth. Each topic includes examples, exercises, and questions to help readers apply theoretical concepts to real-world language use. By delving into Modern English Stylistics, readers will develop an appreciation for the richness and complexity of English and gain tools to analyze and interpret language in meaningful ways. This journey into stylistics not only sharpens analytical skills but also enhances the understanding of how language shapes human thought, culture, and communication.
-
СТРАТЕГИЧЕСКИЙ МАРКЕТИНГ
Известный европейский маркетолог, профессор Ж .Ж . Ламбен, предлагает наиболее полное и систематическое изложение ф ундам ентальны х принципов маркетинга в тесной взаимосвязи с общей стратегией развития фирмы. Особое внимание уделено задаче эффективного сочетания стратеги и и тактики маркетинга. Впервые на русском языке излагается научно обоснованны й подход к изучению потребностей и поведенческой реакции покупателей товаров потребительского и промышленного спроса.
-
Intercultural competence
This book includes articles and activities to help built intercultural competence from the basics of understanding core concepts of culture to the complex work of negotiating identity and resolving cultural differences. Intercultural competence is becoming an increasingly hot topic in language education. The purpose of this course book is to provide opportunities for students to get familiarize themselves with the basic understanding of intercultural competence in becoming language teachers and give ideas on teaching and developing intercultural competence. The content of the course book includes basic cultural key concepts that help students in exploring cultural context and provides an essential review of the key concepts and practices that help ensure success in developing intercultural competence.
-
English phonetics: theory and practice
The goal of the textbook is the formation of content based professional knowledge and skills of students. The textbook is characterized by using presentation form of the modules, CD video materials on the topics and, using E-learning approaches, and the phonetic vocabulary in different languages. It has been written primarily for the students and, teachers and, who is interested in theoretical phonetics.
-
ИСТОРИЯ ЭКОНОМИКИ
В настоящем учебнике изложена история мирового хозяйственного развития от первобытного строя до настоящего времени.
-
Ekologiya
Mazkur darslikda Respublikada ekologik siyosatning shakllanishi ekologik omillar, ekologik tizimlar, populyatsiyalar ekologiyasi, ekotizimlar, biosfera haqida ma'lumot, sanoatdagi ekologik jarayonlar, atrof muhitni tozalash usullari, atrof muhitning ifloslanish darajasi va boshqa mavzular tasdiqlangan o'quv dasturiga muvofiq kiritilgan. Hozirgi zamon ekologiyasining atmosferani, oqar suvni, tuproqni zaharli gazlar va chiqindilardan tabiatni muhofaza qilish yoritilgan. O'zbekistondagi ekologik xolat bugungi kun ma'lumotlari bilan bog'lab byerilgan. Darslikda iqlim oʻzgarishi, global isish va ekologik xavf uning oqibatlari toʻgʻrisida alohida yangi bob kiritilgan. Qo'lyozmada Respublikada mavjud 9 ta qoʻriqxona, 2 ta milliy bog' va Ekojayron markazi haqida ham PROON ning 2009 yilda chop etilgan ma'lumotlari asosida mavzu yoritilgan. Shuningdek, rahbariy hujjatlar, qonunchilik hujjatlari ham keltirilgan. Kitob oliy o'quv yurtlarining gumanitar biologiya, ekologiya va shu soha boʻyicha ta'lim olayotgan boshqa yo'nalish talabalari va atrofmuhit himoyasiga qiziqqan barcha mutaxassislarga mo'ljallab yozilgan. Darslikdan ekologiya fani o'qitiladigan kollej talabalari, magistrlar, ilmiy xodimlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Ekologiya
Mazkur darslikda Respublikada ekologik siyosatning shakllanishi ekologik omillar, ekologik tizimlar, populatsiyalar ekologiyasi, ekotizimlar, biosfera haqida ma'lumot, sanoatdagi ekologik jarayonlar, atrof-muhitni tozalash usullari, atrof-muhitning ifloslanish darajasi va boshqa mavzular tasdiqlangan o'quv dasturiga muvofiq kiritilgan. Hozirgi zamon ekologiyasining atmosferani, oqar suvni, tuproqni zaharli gazlar va chiqindilardan tabiatni muhofaza qilish yoritilgan. O'zbekistondagi ekologik holat bugungi kun ma'lumotlari bilan bog'lab berilgan. Darslikda iqlim oʻzgarishi, global isish va ekologik xavf uning oqibatlari to'g'risida alohida yangi bob kiritilgan. Qo'lyozmada Respublikada mavjud 9 ta qoʻriqxona va Respublikadagi tashkil etilgan ikki milliy bog' haqida to'liq ma'lumotlar berilgan. Kitobda O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi va PROON ning 2009-yilda chop etilgan ma'lumotlari asosida mavzular yoritilgan. Shuningdek, rahbariy va qonunchilik hujjatlari ham keltirilgan. Kitob oliy o'quv yurtlarining gumanitar, biologiya, geografiya, ekologiya, iqtisod, texnik va shu sohalar bo'yicha ta'lim olayotgan boshqa yo'nalish talabalari va atrof-muhit himoyasiga qiziqqan barcha mutaxassislarga mo'ljallab yozilgan. Darslikdan ekologiya fani o'qitiladigan kollej talabalari, magistrlar, ilmiy xodimlar ham foydalanishlari mumkin.