-
San’at. San’atshunoslik
-
Patentshunoslik. Kashfiyotchilik. Innovatsiya
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Motorlu araçlar teknolojısı Araç konfor sıstemlerı
Motorlu araçlar teknolojısı Araç konfor sıstemlerı
-
BOLALARNI SAHNALASHTIRISH VA IJODIY FAOLIYATGA O'RGATISH
XXI asr ta'limni tashkil etish _____bu yangi pedagogik yondashuvlar, inovatsion texnologiyalar , ta'lim metodlari va jarayonlarini joriy etish orqali ta'lim sifatini oshirish bolalarni ,yoshlarni va kattalarni har taraflamarivojlantirishga qaratilgan jarayon.
-
ODDIY DIFFERENSIAL TENGLAMALAR
Ushbu qo‘llanma oliy matematika kursining differensial tenglamalar bo‘limidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan. Ishda oddiy differensial tenglamalar va bunday tenglamalar sistemalarini yechish usullari bo‘yicha asosiy tushuncha va nazariy ma’lumotlar keltirilgan. Koshi masalasi yechimining mavjudlik va yagonalik teoremalari, birinchi tartibli differensial tenglamalarni integrallash usullari, yuqori tartibli tenglama tartibini pasaytirish, ixtiyoriy n-tartibli chiziqli differensial tenglamalarni integrallash, chiziqli va chiziqsiz differensial tenglamalar sistemalari uchun asosiy yechish usullari bayon etilgan. Differensial tenglamalarni darajali qatorlar yordamida yechish, ikkinchi tartibli tenglama uchun chegaraviy masala va Grin funksiyasi usuli, differensial tenglamalarni yechishning operatsion usuli, Lyapunov bo‘yicha turg‘unlik xossasi, differensial tenglamaning maxsus nuqtalari bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlsar keltirilgan. Bayon etilgan usullarni o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishga ko‘maklashuvchi misol va masalalalar qaralgan. Har bir bo‘lim materillari bo‘yicha nazariy savollar, mustaqil ishlash uchun masala va mashqlar berilgan hamda bayon etilgan usullar bo‘yicha test savollari tavsiya etilgan
-
AHOLI YASHASH PUNKTLARINING ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI TIZIMLARI
Mazkur o’quv qo’llanma davlat ta’lim standartlari va na’munaviy o’quv dasturi asosida tuzilgan bo’lib, texnika oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan 60730400 – "Muhandislik kоmmunikatsiyalari qurilishi va mоntaji" (turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan. O’quv qo’llanmada, O’zbekiston Respublikasi hududlarida tabiiy ichimlik suvi manbalaridan oqilona foydalanish, ichimlik suvi iste’moli dinamikasini barqarorlashtirish, suvni qabul qiluvchi inshootlarni loyihalash, gidravlik hisoblar, qurilish ishlari bajarilishi va ekologik muhofazasi masalalarini tashkil qilish, shaharlarda atmosfera yo’g’ini oqava suvlari va kanalizatsiya tizimlarini boshqarish, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsyiya qilish va markazlashgan boshqaruv tizimlarini sohaga joriy qilish muammolari haqida ma’lumotlar mukammal keltirilgan. Mazkur o’quv qo’llanma "Suv ta’minoti va kanalizatsiya" sohasi bo’yicha barcha jarayonlarni yoritib bera olmasada, unda shu sohadagi asosiy texnik va texnologik jarayonlar yoritilgan bo’lib, ushbu jarayonlar bo’yicha tushuntirishlar, ularga ta’sir qilish yo’llari, yaqin kelajakdagi istiqbolli yo’nalishlar va tarmoqlarni ishga tushirish usullariga e’tibor qaratilgan. O’quv qo’llanma - talabalarning ma’ruza va amaliyot darslari bo’yicha bilimi va ko’nikmalarini mustahkamlashga imkon beradi
-
INVESTITSIYА VА INNOVАTSIYАLАR
Dаrslik «Investitsiyа vа innovаtsiyаlаr» fаni dаsturi аsosidа tаyyorlаngаn bo‘lib, undа investitsiyа tushunchаsi vа uning iqtisodiy mohiyаti, investitsion fаoliyаt, investitsiyа siyosаti vа muhiti, investitsiyа loyihаsi vа uni moliyаlаshtirish, xorijiy investitsiyаlаr vа ulаrni jаlb qilish yo‘nаlishlаri, innovаtsiyа vа iqtisodiyot tаrmoqlаridа innovаtsion jаrаyonlаr, innovаtsion fаoliyаt vа uning sаmаrаdorligi kаbi mаsаlаlаr yoritilgаn. Kitob tаlаbаlаr, mаgistrаntlаr, doktorаntlаr, mustаqil izlаnuvchilаr, iqtisodiyot yo‘nаlishidа fаoliyаt yuritаyotgаn professor-o‘qituvchilаr, аmаliyotchi mutаxаssislаr, investitsiyаlаr vа innovаtsion fаoliyаt muаmmolаri bilаn qiziquvchilаrgа mo‘ljаllаngаn.
-
SUV TA’MINOTI VA OQAVA SUVLARNI OQIZISH TIZIMLARI
Darslik "Suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlari" Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy fan dasturiga mos bo'lib, suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlari tarixi va rivojlanish tendensiyalari, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari to'g'risida umumiy ma’lumotlar, suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlarining asosiy elementlari, vazifasi, konstruktsiyalari, turlari, markirovkasi, ularni hisoblash va loyihalash asoslari, parametrlarini hisoblash, ularning xarakteristikalarini qurish tartibi va qoidalari to‘g‘risida nazariy va amaliy ma’lumotlar berilgan.
-
SUV TA’MINOTI VA OQAVA SUVLARNI OQIZISH TIZIM
Darslik "Suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlari" Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy fan dasturiga mos bo'lib, suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlari tarixi va rivojlanish tendensiyalari, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari to'g'risida umumiy ma’lumotlar, suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlarining asosiy elementlari, vazifasi, konstruktsiyalari, turlari, markirovkasi, ularni hisoblash va loyihalash asoslari, parametrlarini hisoblash, ularning xarakteristikalarini qurish tartibi va qoidalari to‘g‘risida nazariy va amaliy ma’lumotlar berilgan
-
Pediatriya
Darslikni tayyorlashda muallif tomonidan vizual namoyon etishning zamonaviy vositalari, suratlar, jadvallar, rasmlar mustaqil tayyorlanish sifatini oshirish uchun qo'llanilgan. Illyustratsiya qilingan darslik davolash, tibbiy pedagogika, tibbiy profilaktika, pediatriya fakultetlari bakalavrlariga mo'ljallangan.
-
Неотложная помощь в гинекологии
В учебнике описаны наиболее часто встречающиеся неотложное состояние в гинекологии, и неотложная помощь при них.
-
Promotion of tourist destinations
This textbook is designed for students pursuing the educational program 61010100 - “Tourism and Hospitality” at Tashkent State University of Economics
-
YENGIL ATLETIKA Bakalavir ta’lim yo‘nalishlari uchun
Insоn salоmatligi va jismоniy rivоjlanishida spоrt muhim о‘rin egallaydi. Ayniqsa, yengil atletika — eng qadimiy, оmmaviy va universal spоrt turlaridan biri sifatida tanilgan. Ushbu spоrt turi nafaqat insоnning jismоniy imkоniyatlarini rivоjlantiradi, balki uning irоdasi, bardоshi va mehnatsevarligini ham shakllantiradi. Yengil atletika bilan shug‘ullanish sоg‘lоm turmush tarzini qarоr tоptirishda muhim ahamiyatga ega.
-
BINO VA INSHOOTLAR XAVFSIZLIGI
Darslikda yashash muhiti va inson faoliyatiga talluqli barcha masalalar, jumladan bino va inshootlar xavfsizligini ta’minlashda konstruktiv elementlarning mustahkamliligi, seysmik mustahkam binolarni loyihalash, inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash, yuk ko‘tarish mexanizmlaridan foydalanishda xavfsizlik choralarini ta’minlash, xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va zamonaviy vositalari, mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari hamda bino va inshootlar yong‘in xavfsizligi masalalari kiritilgan.
-
KATTALIK ETALONLARI VA BIRLIKLAR O‘LCHAMINI UZATISHNING ILMIY ASOSLARI
“Kattalik etalonlari va birliklar o‘lchamini uzatishning ilmiy asoslari” fani asosida tayorlangan darslik amalda foydalanish uchun ishlab chiqilgan bo`lib, kattaliklarning etalonlari haqida va kattaliklar natijalarini o`lchovlar bilan solishtirishga bag‘ishlangan. Kattalik va parametrlarning birligini ta’minlash yo‘li bilan aniqlik va ishonchlilikga erishishi to`g`risida ham bayon qilingan.
-
АВТОМОБИЛЛАРНИНГ ТЕХНИК ЭКСПЛУАТАЦИЯСИ
Дарсликда амалий фаолиятдаги автомобиллар техник эксплуатациясининг ҳолати, яъни автомобилларга техник хизмат кўрсатиш ва жорий таъмирлаш технологияси, ҳамда автотранспорт корхоналарида ишлаб чиқаришда қўлланиладиган технологик жиҳозлар, ҳаракатдаги таркибга моддий-техник таъминотни ташкил қилиш ва рессурсларни тежаш услуллари, автомобил транспортини турли экстремал табиий иқлим ва йўл шароитларидаги, асосий ишлаб чиқариш базаларидан ажралган ҳолдаги, ҳамда махсуслаштирилган ҳаракатдаги таркибнинг эксплуатацияси, автомобил транспортининг атроф-муҳитга зарарли таъсирининг йўналишлари ва уларни камайтириш йўллари келтирилган.
-
ЖИЗЗАХ ВИЛОЯТИНИНГ МЕЛИОРАТИВ ҲОЛАТИ ОҒИР, СУВ ТАНҚИС БЎЛГАН ҲУДУДЛАРИДА ЭКИНЛАРНИ ПАРВАРИШЛАШ АГРОТЕХНОЛОГИЯСИ БЎЙИЧА
Тавсияномада суғориладиган экин майдонларини полиэтилен плёнка билан мулчалаш, экинларни етиштиришда сув ва ресурстежовчи агротехнологияни қўллаш билан бирга уруғларни экиш ҳамда экин ҳосилини йиғиб олгунича бўлган агротехник тадбирлар тўлиқ келтирилган. Тавсиянома Республика фермерларига қишлоқ хўжалиги тадбирларини юритишда оқилона ишлаш, сув ва ер ресурсларидан унумли фойдаланиш бўйича асосий билимларни ўзлаштириш ҳамда амалда қўллашда кўмаклашиш, қишлоқ хўжалигини такомиллаштиришга ҳисса қўшишдан иборат.
-
Falsafa
Ushbu darslik Toshkent amaliy fanlar universiteti talabalarini “Falsafa” fanidan o‘rganadigan mavzular mazmuni bilan tanishtiradi. Darslikning asosiy maqsadi jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi, yangi O‘zbekiston sharoitida, falsafa fanini o‘rganish orqali bo‘lajak kadrlarning axloqiy, ma’naviy, ekologik madaniyatini yuksaltirish, raqabotbardosh amaliyotchi bakalavrlar tayyorlash uchun zarur bilimlarni berishdan iborat. Darslikda falsafaning inson dunyoqarashi shakllanishidagi roli, ma’naviy hayot shakllanishiga turli yondoshuvlar, mulk shakllarining xilma xilligi, globallashuv, raqamli iqtisodiyot davrida, milliy va umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida yoritilgan.