-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qurilish mexanikasi
O'quv qo'llanma qurilish mexanikasi fanidan amaliy masalalarni yechishga qaratilgan. Bu masalalarni yechishga kerakli nazariy materiallar ham qisqacha yoritilgan. Oliy o'quv yurtlarining 60730300-"Qurilish muhandisiligi", va 60730200-"Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish" yo'nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma. Qo'llanmada statik aniq va statik aniqmas sistemalarni hisoblashning klassik usullari bilan birga kompyuter dasturlarini qo'llash, muhandislik inshootlarini matritsalar yordamida hisoblash, hamda zo'riqishlar epyuralarini EXCEL paketida chizish namunalari keltirilgan. Barcha masalalar uchun topshiriq variantlari namunalari berilgan.
-
Tasvirlarni qayta ishlash
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida raqamli ma‘lumotlar, ayniqsa tasvir va video ma‘lumotlar bilan ishlash muhim ilmiy-amaliy yo'nalishlardan biriga aylandi. Hozirgi kunda tasvirlarga ishlov berish usullari tibbiyot, sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, xavfsizlik tizimlari, multimedia, sun‘iy intellekt va kompyuter ko'rish kabi ko'plab sohalarda keng qo'llanilmoqda. Shu sababli ushbu yo'nalishda chuqur bilim va amaliy ko'nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
-
Soliq nazariyasi
Mazkur darslik bakalavriat bosqichining «Soliqlar va soliqqa tortish yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda Soliq nazariyasi fanining rivojlanish taraqqiyoti, soliqlarning yuzaga kelish shart-sharoitlari, soliqlar va boshqa majbriy to'lovlarning davlatchilikning turli davrlarida amal qilish xususiyatlari, soliqlarga oid ilmiy nazariyalar va qarashlarning qisqacha mazmuni yoritib berilgan. Shuningdek, mazkur darslikda soliqqa tortish amaliyoti uchun muhim sanalgan soliq elementlari va ularni qo'llani lish xususiyatlari, soliq tamoyillari, soliq siyosati va tizimining tarkibi hamda ularni tashkil etish asoslari, soliqlarning makroiqtisodiy ja rayon bilan uzviy bog'liqlik masalalari nazariy jihatdan yoritilgan. Darslikda keltirilgan materiallar va ma'lumotlar bo'lajak soliq mutaxassislarining o'z kasbiy bilim va malakalarini oshirish uchun asosiy manbaalardan biri bo'lib xizmat qiladi.
-
Kichik gidroenergetika (melioratsiya tizimlarida)
Кичик гидроэнергетика (Мелиоратив тизимларда)» номли дарсликда: ҳозирги кунда экологик тоза энергия ишлаб чиқариш имконини берувчи, қайта тикланувчи энергия манбаларининг, айниқса гидроэнер гетиканинг инсоният тараққиётидаги ўрни; Ўзбекистон Республикасида гидроэнергетиканинг ривожланиши хамда Энергетик ва Ирригация режимида ишловчи ГЭСлар;мамлакатимиз сув манбаларининг гидроэнергетик ресурслари, назарий ва техник ҳамда соф гидроэнергетик потенцал миқдорлари; эксплуатация қилинаётган, курилаётган ва лойиҳаланилаётган гидроэнергетик объектлар; Марказий Осиё ва Ўзбекистон Республикасасида ҳосисил бўладиган сув ресурслари манбалари ҳамда уларининг бугунги кундаги ҳолати ва улардан кокомплекс фойдаланиш; ирригацион тармоқлар ва уларни тадқиқ қилиш усул ва мосламалари; ирригация тармоқлари турлари ва улардаги энергетик нуқталарини аниқлаш ирригация тармокларидаги тухтовсиз ёки доимий ишловчи ГЭСлар, тўғонли иншоотлар ва магистрал каналлардаги ГЭСлар; ирригация максадларида фойдаланиладиган схемани ирригация-энергетика мақсадида фойдаланиш схемасига айлантириш; магистрал каналлардаги шаршаралар ёки кўндаланг тўсувчи иншоотлардаги ГЭСлар хамда қиш даврида дарёга сувни қайтариб ташлаш учун махсус ташламаси бўлган магистрал канал шаршарасидаги ГЭСлар; ўз-ўзини таъминловчи қурилмалар, вегетация даврида фаслий ишловчи ГЭСлар; суғориш тармоқларида кичик ва ўрга ГЭСлар; сув энергияси, Ўзбекистонда гидроэнергетиканинг ривожланиш босқичлари; энергетик қурилмалар, мини ва микро ГЭСлар; гидроаккумуляция ва гидротурбонасос станциялари; ГЭСларнинг асосий параметрлари; гидробугинлар классификацияси-тўғонли, деривацион ва аралаш гидробугинлар; гидротурбиналар ва уларнинг асосий турлари; гидроэлектростанциянинг техник иқтисодий кўрсатгичлари ва парамерлари тўғрисида маълумотлар берилган
-
Solıq munosabatlarıda solıq intizomi muammoları
Darslikda soliq munosabatlarining tashkil etilishi, iqtisodiy mohiyati, maqsadi va vazifalari, funksiyalari va roli, uning davlat soliq menejmenti tizimida tutgan o'rni yoritilgan. Soliq munosabatlari qatnashchilari oʻrtasidagi soliqqa oid munosabatlar, ularning vazifalari va funksiyalari, majburiyatlarini o'rganish orqali soliq to'lovchilar tomonidan soliq majburiyatini bajarilishi, soliq to'lamaslik riski darajasi yuqori soliq to'lovchilar soliq intizomi nazorati, soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik tizimi, shuningdek, soliq intizomiga rioya etish yo'llari hamda soliq intizomi nazoratiga oid ilg'or tajriba va metodlar chuqurlashgan tarzda oʻrganilgan.
-
Экономическая теория
Учебник представляет второе, переработанное дополненное издание «Учебника по основам экономической теории», изданного В1994 1997 гг. В нем изложен расширенный курс дисциплины «Экономика» для высших учебных заведений в соответствии с федеральным стандартом и примерной программой, утвержденной Министерством общего и профессионального образования РФ. Во второе издание включены новые главы (Потребительское поведение. Теория предельной полезности, Рынок факторов производства с несовершенной конкуренцией и ряд других). В книге приведено значительное количество графиков, позволяющих углубить изложение материала. В книге имеются глоссарий, список лауреатов премии в память Альфреда Нобеля.
-
Yuridik shaxslarni soliqqa tortish
Mazkur darslikda soliq qonunchiligiga asosan yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar va yig'imlar tarkibi, yuridik shaxslami soliqqa tortish tartibi, yuridik shaxslami soliqqa tortishning o'ziga xos xususiyatlari keltirilgan. Darslik oliy ta'limning 230000 Iqtisod ta'lim sohasidagi 5230800-Soliqlar va soliqqa tortish bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari va iqtisodiy ta'lim yo'nalishlari mavjud oliy ta'lim muassasalarining talabalari, magistrantlari, davlat soliq xizmati organlari, moliya va bank xodimlari, buxgalterlar va ilmiy izlanuvchilarga mo'ljallangan.
-
Biznesni soliqqa tortish
Biznesni soliqqa tortish nomli darslikda Biznesni soliqqa tortish fanining maqsadi, predmeti va vazifalari, biznesni soliqqa tortishda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarni davlat budjeti daromadlarini shakllantirish va pul muomalasini mustahkamlashdagi ahamiyati, biznesni soliqqa tortishda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarni davlat budjetiga to'lash tartibi, biznesni soliqqa tortishda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlaming turlari, Oʻzbekiston Respublikasi soliqlar va yig'imlar tizimi, foyda solig'ini hisoblash va soliq hisobotini taqdim etish tartibi, yakka tartibdagi tadbirkorlaming daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari, aylanmadan olinadigan soliqni hisoblash va to'lash tartibi, yakka tartibdagi tadbirkorlaming soliq bazasini aniqlashning o'ziga xos xususiyatlari, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini hisoblash va to'lash tartibi, qat'iy belgilangan miqdorda soliq to'lashning xususiyatlari, ijtimoiy soliqni hisoblash va to'lash tartibi, qo'shilgan qiymat solig'i hisobotini taqdim etish va to'lash tartibi o'z aksini topgan.
-
Ishlab chiqarish uskunalari xavfsizligi
Ushbu o'quv qo'Ilanma “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi" mutaxassisIigi hamda texnika sohasining boshqa sohalarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, ishlab chiqarish uskunalaridan xavfsiz foydalanish, xavflarni boshqarish va texnik tizimIarning barqaror ishIashini ta`minlashga qaratilgan tizimli bilimlarni beradi.
-
Sun'iy intellekt va ta'lim amaliyoti:Gumanitar fanlar nashri
Mazkur mahalliylashtirilgan o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi xulosasi asosida takomillashtirildi.
-
Botanikadan amaliy mashg'ulotlar
Mazkur o'quv qo'llanma 60510100 Biologiya bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, botanika fanidan egallangan nazariy bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlash hamda ularni amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Unda tuban o'simliklar, jumladan, suvo'tlar, zamburug'lar va lishayniklarning umumiy xususiyatlari, morfologik va anatomik tuzilishi, sistematik o'mi, ko'payishi, rivojlanishi, yashash muhiti va ekologik xususiyatlarini amaliy jihatdan o'rganish masalalari yoritilgan.
-
Arbeit mit Liebe Deutsch mit Spaß
Arbeit mit Liebe Deutsch mit Spaß bu nemis tilini chet tili sifatida o'rganmoqchi bo'lganlar uchun zamonaviy va amaliy qo'llanma. Bu kitob o'z til ko'nikmalarini tizimli ravishda va zavq bilan rivojlantirmoqchi bo'lgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan. Unda nazariya va amaliyot uyg'unlashgan bo'lib, o'rganish jarayonini samarali va qiziqarli tashkil etishga yordam beradi
-
Tasvirlarni qayta ishlash
Mazkur uslubiy qo'llanma talabalarda tasvirlarga ishlov berishning asosiy nazariy tushunchalarini shakllantirish hamda amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Qo'llanmada tasvirlarni qayta ishlashning asosiy bosqichlari tizimli va ketma-ket tarzda yoritilgan bo'lib, har bir mavzu boyicha qisqa nazariy ma‘lumotlar, amaliy mashg'ulotlar, bosqichma-bosqich qo'llanmalar hamda natijalarni tahlil qilish uchun topshiriqlar keltirilgan
-
Chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
Ushbu o'quv qo'llanma, «Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi» yo'nalishida ta'lim olayotgan bakalavrlarga o'quv qo'llanma sifatida foydalanishga mo'ljallangan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining 2026-yil 4-iyuldagi 341-sonli buyrug'iga asosan, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etilgan
-
FITOPATOLOGIYA
Qishloq xo‘jaligi dunyo iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri bo‘lib, insoniyatni oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilikni yem xashak, sanoatni esa qimmatli xomashyo bilan ta’minlaydi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining prognozlariga ko‘ra, 2050-yilga borib, yer yuzi aholisi 9,7 milliard kishiga yetadi. Bu esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kamida 60–70 foizga oshirishni talab qiladi.
-
Fizpraktikum (elektr va magnetizm)
Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti "Fizika" kafedrasi professor-o'qituvchisi tomonidan tayyorlangan bo'lib, fizika ta'lim yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan. Unda "Elektr va magnetizm" fanidan bajariladigan laboratoriya ishlarining tavsiflari keltirilgan