-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Yunon-rim kurashi nazariyasi va uslubiyati
O ’quv qo’llanma jismoniy tarbiya institutlari va jismoniy tarbiya fakultetlarida yunon-rim kurashi bo'yicha ixtisoslashgan bo'lim talabalari uchun hozirgi zamon talablari asosida fanni o'rganish dasturiga muvofiq yozilgan. Muallif mazkur qo’llanmada yunon-rim kurashining tarixi. Musobaqa qoidalari, texnikasi, taktikasi, jismoniy tayyorgarliklar va sportda doping muammosiga ham to'xtalgan.
-
Suv resurslari
O'quv qo’llаnmа «Suv rеsurslаri» fаni dаsturi аsоsidа yozilgаn bo’lib, undа suvning muvоzаnаtdаgi vа hаrаkаtdаgi qоnuniyatlаri, suv хo’jаligi inshооtlаridа suv miqdоrini аniqlаshgа dоir jаrаyonlаr хаmdа suv rеsurslаridаn fоydаlаnishdа iktisоdiy kulаy inshооtlаrni tаnlаsh usullаri yoritilgаn. O’quv qo’llаnmа 5340100 – «Iqtisоdiyot (suv хo’jаligidа)», 5340200-“Mеnеjmеnt (suv хujаligidа)” bаkаlаvriаt yunаlishi tаlаbаlаri uchun mo’ljаllаngаn.
-
Nazariy mеxanika
Ushbu o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining qurilish, muxandislik, suv xo'jaligi, transport va kasbiy ta’lim sohalari bo'yicha bilim oluvchi bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmada nazariy ma'lumotlar bakalavriatura talablaridan kеlib chiqqan holda qisqacha bayon qilingan bo`lib, mеxanikaning statika bo`limidagi tеkislikda joylashgan kuchlarni qo'shish va muvozanat shartlari fazodagi kuchlar sistеmasining xususiy holi sifatida yoritilgan. Kinеmatika bo'limidagi kinеmatik kattaliklar avval vеktor usulida bеrilib, so'ngra koordinata va tabiiy usulda kеltirib chiqarilgan. Dinamika bo`limida esa qattiq jism va moddiy nuqta dinamikasining umumiy tеorеmalari xususiy hol sifatida bayon etilgan.
-
Mehnat resurslari safarbarligi
Ushbu o’quv qo’llаnmаdа mеhnаt rеsurslаrini sаfаrbаrligining ijtimоiy-iqtisоdiy mаzmuni, mеhnаt rеsurslаri sаfаrbаrligining tаsniflаnishi, mеhnаt rеsurslаri sаfаrbаrligining bаlаnsi, uning turlаri vа kеsimlаri, mеhnаt rеsurslаri sаfаrbаrligining iqtisоdiy mехаnizmi, mеhnаt rеsurslаri sаfаrbаrligini bоshqаrish, mеhnаt rеsurslаrining hududiy, tаrmоqlаrаrо, kаsbiy vа ijtimоiy sаfаrbаrligi, mеhnаt jаmоаsining ishlаb chiqаrish jаrаyonidаgi sаfаrbаrligi, mеhnаt rеsurslаrining individuаl sаfаrbаrlik хususiyatlаri, kоrхоnаdа ishchi kuchining qisqаrtirilishi, хоdimning mаdаniy-tехnik dаrаjаsi vа uning mеhnаt sаfаrbаrligi o’rtаsidаgi o’zаrо bоg’liqligi mаsаlаlаri yoritilgаn.
-
Mashina-traktоr parkidan fоydalanish
O’quv qo’llanmada: mashina va agregatlardan ishlab chiqarishda fоydalanish, dehqоnchilikda jadallashtirilgan industrial texnоlоgiyalar sharоitlarida mashinalardan fоydalanish va texnik servis nazariy asоslari; qishlоq xo’jaligida transpоrt, qishlоq xo’jaligi muassasalarida mashina-traktоr parkidan fоydalanish bo’yicha injener-texnik xizmatlarni lоyihalash masalalari ko’rilgan.
-
Korxonalarning moliyaviy holati tahlili
O'quv qo'llanmada bozor munosabatlarining shakllanishiga moslab, korxonalarning moliyaviy holati tahlilining nazariy, uslubiy va shu bilan birga uning asosiy bosqichlari yoritilgan. Unda moliyaviy tahlilning asosiy talablari, manbalari, xorijiy mamlakatlarning moliyaviy tahlil borasidagi tajribalari, korxonalarning moliyaviy holatini umumiy baholash, moliyaviy mustahkamlik tahlili, balans likvidligi, korxonalarni ishchanlik va bozorga oid faolligi tahlili, aylanma mablaglarining aylanishi, mahsulotlar tannarxi bilan moliyaviy holat o'rtasidagi aloqa hamda korxonalarning moliyaviy natijalari tahlili ko'rib chiqiladi. Iqtisodiyotga oid adabiyotda birinchi marotaba korxonalarning iqtisodiy nochorligi tahlili ham bayon etilmoqda.
-
Korporatsiyalar moliyаsi
Ushbu darslikda korporatsiyalarni boshqarish usullari va ularning amaldagi tizimi, korporatsiyalarni boshqarishning hozirgi zamon rivojlanish tendenstiyalari, korporativ boshqaruv andozalarini joriy etish masalalari ko’rib o’tilgan. Korporativ tushunchasining iqtisodiy mazmuni va mohiyati, O’zbekiston Respublikasida mulk shakllarini o’zgartirish jarayonlarini amalga oshirishda kelib chiqadigan nizolar va ularning turlari, shuningdek, ularni bartaraf etish masalalariga alohida to’xtalgan.
-
Kontaktli payvandlash texnologiyasi va jihozlari
O'quv qo'llanmada bosim ostida payvandlashning asosiy usullari tavsiflari, xususan, kontaktli payvandlash nazariyasi va texnologiyasining asosiy masalalari bayon qilingan. Qo'llanma kasb-hunar kollejlarida «Kontaktli payvandlash texnologiyasi va jihozlari» bo’yicha 010005 — «Payvandlash» yo'nalishi mutaxassislari tayyorlash dasturiga moslab yozilgan. O'quv qo'llanma kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan, undan, shuningdek, mazkur yo'nalishdagi bakalavriat talabalari ham foydalanishlari mumkin.
-
Kompyuter tizimlari va tarmoqlari
Ushbu o‘quv qo‘llanmada kompyuter tizimi va tarmoqlarining tuzilishi, ularning asosiy parametrlari, Harakteristikalari, texnikaviy va dasturiy vositalari, lokal, korporativ va global kompyuter tarmog‘ining tuzilmalari keltirilgan. Global Internet tarmog‘iga ulanish usullari, manzillashtirish, asosiy resurslari, har hil usullarda va tartibda ishlash keng yoritilgan. Qo‘llanma oxirida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish yoki laboratoriya ishlari uchun yo‘riqnomalar keltirilgan. Talabalarning mustaqil tayyorlanishi uchun test savollaridan namunalar ham berilgan. Qo‘llanmadan barcha oliy o‘quv yurtlarining talabalari, kasb hunar kolledjlari va akademik litsey o‘quvchilari ham foydalanishlarii mumkin.
-
Kasbiy ta`lim mеtodikasi
Mazkur o`quv qo`llanmada kasbiy ta`lim metodikasi fanini o`qitishning an`anaviy usullari tahlil qilingan hamda asosiy qonun qoidalari, o`qitish omillari kеltirilgan. O`qitish jarayonida yangi pеdogogik tехnologiyalarni qo`llash usullari va yo`llari, o`qitish natijalarini baholashning ob’еktiv usullari bayon qilingan hamda talabalarni o`qish jarayonida faol qatnashishlari uchun pеdagoglar uchun yo`l-yo`riq va tavsiyalar kеltirilgan. Shu jumladan, talabalarga “Informatika” fanini o`qitish muammolari, хususiyatlari, usul va uslubiyotlari bеrilgan O`quv qo`llanma oliy va o`rta maхsus o`quv yurtlari, akadеmik litsеy va kasbhunar kollеjlari kasbiy ta`lim yo`nalishidagi talabalar va pеdagoglari uchun, hamda mustaqil o`qish uchun foydalanishga mo`ljallangan.
-
Isitish. 1-qism Isitish asoslari
O‘quv qo‘llanma uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida isitish asoslari, ikkinchi qismida suv bilan isitish tizimlari va uchinchi qismida esa bug`li, havoli va panel-nurlanishli isitish tizimlari keltirilgan. Isitish asoslarida asosiy e’tibor isitish tizimlarining tafsilotiga, isitilayotgan binoning issiqlik rejimiga, isitish tizimining issiqlik quvvatini aniqlashga, markaziy isitish tizimlarining elementlari tuzilishiga qaratilgan. Bunda isitish asboblariga qo‘yiladigan talablar, ularning tasnifi, tavsiloti bayon etilgan, isitish asboblarini tanlash va joylashtirish, issiqlik uzatish koeffitsiyentini aniqlash, issiqlik oqimining zichligini topish, isitish asboblarining issiqlik qisobini bajarish, issiqlik uzatishni rostlash kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Issiqlik o‘tkazgichlarning tasnifi va materiallari, binoda joylashtirilishi, isitish asboblarga ulanishi, berkitish-rostlash armaturasini joylashtirish, isitish tizimidan qavoni chiqarish, issiqlik o‘tkazgichlarni izolatsiyalash savollari yoritilgan. O‘quv qo‘llanma “isitish, shamollatish, qavoni mo‘tadillash va havo qavzasini muqofaza qilish” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan magistrantlar, shuningdek “Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi” yo‘nalishining kunduzgi va sirtqi bakalavriatura talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Harakatning turg'unlik nazariyasi
Mazkur o'quv qo'llanmada harakat turg'unlik nazariyasining umumiy tushunchalari va ta'riflari, statsionar harakatlar uchun Lyapunovning ikkinchi usuli, konservativ sistemalar muvopzanat holati va statsionar harakatlarning turg'unligi, statsionar harakatlar uchun yaqinlashish usuli bo'yicha turg'unlik kriteriylar bayon qilingan.
-
Harakat xavfsizligi xizmatlari asoslari
O'quv qo'llanma yuqoridagi bakalavr yo'nalishlar talabalariga, avtotransport, yo'l xo'jaligi va O'zR IIV YHXB mutaxassislariga, shuningdek, harakat xavfsizligini ta'minlash bilan shug'ullanadigan boshqa tashkilot va korxona mutaxassislariga foydalanish uchun tavsiya etiladi.
-
Chizmachilik darslarida Autocad dasturi yordamida chizmalarni bajarish
DTSda umumiy o‘rta ta’lim maktablari chizmachiiik faniga kompyuter grafikasi uchun uch soatlik yukiama ajratiigan. Qo'llanmada AutoCAD dasturining grafik buyruqlari va imkoniyatlarini to‘laroq o‘rgatish maqsadida mustaqil ta’lim va to‘garak darslarida ham foydalanishni ko‘zda tutib to‘qqizta dars keltirilgan. Ularda har bir dars mavzusining rejasi, maqsadi, asosiy qismi, tayanch iboralari va nazorat savollari batafsil ishlab chiqilgan. Shuningdek, qo‘llanmada o'quvchilarning darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarini oshirish uchun bitta graflk ish hamda shaxsiy vazifa variantlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, unda o'qituvchilarga va iqtidorli talabalarga mo'ljallangan qattiq jismlarning uch o'Ichamli tasvirlarini AutoCAD dasturidan foydalanib yasashga misollar keltirilgan. Hamda qo'llanmaga ilova qilingan CD diskdagi AutoCAD-2007 dasturini o'rnatish va sozlash bo‘yicha amaliy ko'rsatmalar berilgan.
-
Davlat va huquq nazariyasi
0 ‘quv qo‘llanma davlat va huquq sohasidagi hozirgi zamon ilmiy konsepsiyalarini inobatga olgan holda tayyorlandi. U davlat va huquqni talqin etishdagi an’anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammolar hamda nuqtayi nazarlarni ham qam rab olgan. Shuningdek, unda 0‘zbekistonda shakllanayotgan fuqarolik jam iyati, dem okratik davlatchilik va huquqiy tizim xususiyatlariga oid nazariy xulosalar o ‘z ifodasini topgan. Davlat va huquqning mohiyati, mexanizmi, funksiyalari va jam iyatni modernizatsiyalash davridagi roli jonli tarzda bayon etildi.
-
Chizma geometriya va kompyuter grafikasi
O'quv qo'llanma "Chizma geometrya" nazariyasi bilan "Kompyuter grafikasi" amaliyoti birgalikda aks ettirilgan ilk o'quv qo'llanma sifatida taqdim etiladi. Ushbu o'quv qo'llanma barcha oily va o'rta maxsus o'quv yurtlarining texnika mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Institut o'quv-uslubiy komissiyasi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.