-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Milliy g'oya targ'ibot texnalogiyalar
Mazkur o'quv qo'llanmada milliy g'oya targ'iboti texnalogiyalari, uni amalga oshirish yo'llari,sohalari bugungi globallashuv jarayonlarida mafkuraviy va ma'naviy tahdidlarning oldini olishda yoshlarni milliy g'oya negizlari va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash usullari ko'rsatilgan.
-
Ehtimollar nazariyasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalari kompyuter ilimlari va dasturlash texnologiyalari, boshlang’ich ta’lim yo’nalishlari uchun tasdiqlangan Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fani o‘quv dasturi asosida yozilgan. Qo‘llanma 2 ta bob, 10 ta paragrafdan iborat bo‘lib, u ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning tasodifiy hodisalar va tasodifiy miqdorlar bo‘limlari bo‘yicha asosiy materiallarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, unda bu bo‘limlar bo‘yicha nazariy ma’lumotlar va ularga doir misollar yechib ko‘rsatilgan. Har bir paragraf va bandlarning oxirida nazorat topshiriqlari, mustaqil yechish uchun misollar keltirilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmadan oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda matematika o‘qituvchilari foydalanishi mumkin.
-
Boshlang‘ich sinf darslarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish
Mazkur o‘quv qo‘llanmada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning nazariy asoslari, pedagogik-psixologik omillari hamda metodik yondashuvlari yoritilgan. Qo‘llanmada o‘quvchilarning tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish va muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim metodlari, interfaol usullar va amaliy topshiriqlar tizimi keltirilgan. Shuningdek, boshlang‘ich ta’lim darslarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari, fanlararo integratsiya asoslari hamda ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar bayon etilgan. O‘quv qo‘llanma pedagoglar, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari, magistrantlar hamda ilmiy izlanuvchilar uchun mo‘ljallangan.
-
Eski o‘zbek yozuvi
Mazkur o‘quv qo‘llanma Tarix hamda Arxivshunoslik yo‘nalishida “Eski o‘zbek yozuvi” fanidan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari o‘tadigan o‘qituvchi, shuningdek, mazkur yo‘nalish talabalari va eski o‘zbek yozuvini mustaqil o‘rganishga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
-
Eksperimental psxologiya
Mazkur Ekseperimental psixologiya nomli o'quv qo'llanma psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan bo'lib, eksiperimental psixologiyaning rivojlanish tarixi, shaxsning psixik jarayonlari,psixik holatlarini,individual xususiyatlarini tajriba va tadqiqotlar yordamida ilmiy,amaliy o'rganish tizimli asoslab berilgan.O'quv qo'llanmada fanning rivojlanish tarixi,ilmiy farazning shakllantirishi,gipotezalar.metodlar klassifikatsiyasi,tadqiqotni tashkil etish,tadqiqot bosqichlari,tadqiqotlarga qo'yiladigan talablar,shaxsni turli xususiyatlarini tadqiq etishning ilmiy-nazariy asoslari keltirib o'tilgan.
-
Hozirgi o'zbek adabiy tili
Mazkur o'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalarining o'zbek tili va adabiyot ta'lim yo'nalishlari bakalavr talabalari,qolayversa,ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida faoliyat yuritayotgan barcha professor o'qituvchilar,o'zbek tili va adabiyoti bilan shug'ullanuvchilar va qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Parayengil atletika
Mazkur o‘quv qo‘llanma “61010300-Adaptiv jismoniy tarbiya va sport (barcha ta’lim shakllari uchun)” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, Parayengil atletikani o‘rgatish metodikasi fanidan nazariy va amaliy jihatdan foydalanish mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi dasturlar asosida tuzilgan. Unda talaba mavzular bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulot rejalari, darslarga tayyorlanish davomida foydalaniladigan ma’ruza matni, qo‘shimcha ma’lumotlar, zarur adabiyotlarro‘yxati, nazorat savollar, glossariy berilgan.
-
Odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Mazkur o‘quv qo‘llanmasi “Maxsus pedagogika (logopediya)” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda foydalanish uchun ishlab chiqilgan. Qo‘llanmada inson organizmining anatomik tuzilishi va fiziologik jarayonlari maxsus pedagogika fanining mazmuni va vazifalaridan kelib chiqqan holda yoritilgan. O‘quv materiallari maxsus ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar organizmining yoshga oid, individual hamda funksional xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlangan. Qo‘llanmada har bir mavzu bo‘yicha amaliy va nazariy topshiriqlar, kuzatish va mustaqil ishlashga mo‘ljallangan mashqlar, zaruriy adabiyotlar ro‘yxati, nazorat savollari, tayanch tuchunchalar, glossariy berilgan.
-
Differensial tenglamalar
Mazkur qo‘llanma universitetning matematika, amaliy matematika hamda fizika yo‘nalishlari talabalari o‘quv rejalariga kiritilgan oddiy differensial tenglamalar fani dasturlariga asosan berilgan mavzularni o‘z ichiga olib, 2-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan. Unda differensial tenglamalar fanining oddiy differensial tenglamalar bo‘- limiga oid mavzularining nazariy qismi qisqacha berilib, ularga doir misollar yechib ko‘rsatilgan hamda mustaqil yechish uchun misol va masalalar berilgan. Shuningdek, yakka tartibda yechish uchun mustaqil ta’lim topshiriqlari kiritilgan.
-
Akademik ko’nikmalar va kasbiy kompetentlik.
Mazkur o’quv qo’llanma “Akademik ko’nikmalar va kasbiy kompetentlik” fanining o’quv dasturi asosida tayyorlangan bo’lib, talabalarda akademik ko’nikmalarni shakllantirish va kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning nazariy hamda amaliy asoslarini yoritishga bag’ishlangan. Qo’llanmada akademik madaniyat, tanqidiy fikrlash, mustaqil ta’limni tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, akademik yozuv qoidalari, axborot manbalari bilan ishlash, vaqtni boshqarish hamda kasbiy faoliyatda zarur bo’lgan kompetentsiyalarni rivojlantirish masalalari keng yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalari va mehnat bozori talablari asosida mutaxassisning raqobatbardoshligini ta’minlovchi kasbiy kompetentsiyalar mazmuni ochib berilgan.
-
Vоlеybоlni o‘rgatish metodikasi
Mаzkur О‘quv qо‘llаnmаdа jismоniy tаrbiyа vа spоrt fаоliyаti mаshgʻulоtlаri yuklаmаlаrini tоʻgʻri tаqsimlаshdа, uning vаzifаsi о‘qituvchi sаbоqlаrini idrоk еtish vа ulаrning fоydаliligini аnglаb еtish uchun о‘zidа qulаy ichki zаmin yаrаtishdаn ibоrаtdir. Ushbu о‘quv qо‘llаnmаdа vоlеybоlning kеlib chiqishi vа rivоjlаnish tаrixi, vоlеybоlnning tеxnikа, tаktikаsi аsоslаri vа о‘rgаtish uslubiyаti, о‘yin qоidаsi vа vоlеybоl bо‘yichа musоbаqаlаrni tаshkil qilish аsоslаri, vоlеybоl bо‘yichа О‘quvchilаrning tаyyоrgаrlik dаrаjаsini bаhоlаsh, vоlеybоl bо‘yichа о‘quv mаshg‘ulоtlаrini tаshkil еtish vа о‘tkаzish tо‘g‘risidа mа’lumоtlаr kеltirilgаn.
-
Ixtisoslikka kirish (Yunon rum) 1-2-qism
Mazkur o‘quv qo‘llanma “Yunon-rum kurashi ixtisoslikka kirish” fanidan universitet bakalavriat bosqichi talabalarini tayyorlashga qo‘yilgan talablarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, u yunon-rum kurashi yo‘nalishida tahsil olayotgan sirtqi hamda kunduzgi ta’lim shaklidagi talabalar uchun nazariy kurs sifatida majburiy o‘quv manbasi hisoblanadi. Unda ushbu sport turining nazariy, metodik va amaliy asoslari keng yoritilgan bo‘lib, ixtisoslik yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar uchun o‘z bilimlarini chuqur o‘zlashtirish va kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish imkonini beradi. Talabalardan fanning nazariy va metodik jihatlarini puxta o‘zlashtirish, o‘qitish jarayonida metodik yondashuvlarni to‘g‘ri qo‘llay olish, kasbiy madaniyat, bilimdonlik, intizom, joziba va axloqiy poklik kabi fazilatlarni egallash talab etiladi. Mavzularni ijodiy tahlil asosida o‘rganish, olingan nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llash bo‘lajak mutaxassislarga sport sohasida mustaqil izlanishlar olib borish, o‘z tajribasini takomillashtirish va zamonaviy talablarga mos natijalarga erishish imkonini yaratadi.
-
Ingliz tili o‘qitish metodikasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Ushbu qo‘llanma ingliz tilini o‘qitish metodikasining nazariy va amaliy asoslarini yoritishga qaratilgan bo‘lib, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘quv qo‘llanmada chet tillarni o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi, zamonaviy kommunikativ yondashuvlar, til ko‘nikmalarini (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish) o‘qitishning psixologik, metodik va amaliy asoslari, shuningdek, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan interfaol usullar va texnologiyalar keng yoritilgan.
-
Menejmentga kirish
Mazkur o‘quv qo‘llanma “Menejmentga kirish” asoslarini tizimli va izchil ravishda yoritib beradi. “Menejmentga kirish” kursi doirasida menejmentning mohiyati, tashkilotni tizim sifatida anglash, boshqaruvning asosiy funksiyalari hamda usullarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, boshqaruv qarorlarini qabul qilish texnologiyalari, nizoli vaziyatlarda rahbarlik uslublari va boshqaruv jarayonining mazmun-mohiyati batafsil ifodalangan.
-
Matematik analiz (egri chiziqli integrallar, sirt integrallari va Furye qatori)
Mazkur qo‘llanma universitetning matematika, amaliy matematika va informatika hamda fizika yo‘nalishlari talabalari o‘quv rejalariga kiritilgan matematik analiz fani dasturlariga asosan berilgan mavzularni o‘z ichiga olgan. Unda matematik analiz fanining bir bo‘limiga oid mavzularning nazariy qismi berilib, ularga doir namuna sifatida misollar yechilib ko‘rsatilgan, o‘rganilganlik darajasini tekshirish uchun nazorat va test savollari berilgan hamda mustaqil yechish uchun misol va masalalar keltirilgan.
-
Iqtisodiy xavfsizlik
Bugungi kunda iqtisodiy xavfsizlik mamlakatimiz milliy xavfsizligining eng muhim elementlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Insonlarning hayotiy faoliyatlaridagi barqarorlik ko'p jihatdan iqtisodiyotdagi barqarorlikka bog'liq bo'ladi. Demak, makro darajada iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash xavfsizlikning barcha tizimlari asosiy elementi sifatida yuzaga chiqadi. Mazkur о'quv qо'llanma oliy ta‘lim muassasalarining iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bо'yicha) yо'nalishida tahsil olayotgan talabalar, ma‘ruza va amaliy mashg'ulotlar о'tib kelayotgan professor-о'qituvchilar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar uchun mо'ljallangan.