-
San’at. San’atshunoslik
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
-
Sun'iy intellekt asoslari
Darslikda sun'iy intellektning tarixi va rivojlanish bosqichlari, bilimlarni ifodalash usullari, izlash algoritmlari (BFS, DFS, A*), mantiqiy xulosa chiqarish, mashinaviy oʻrganish, neyron to'rlar, genetik algoritmlar hamda ekspert tizimlar mavzulari ketma-ket va izchil bayon etilgan. Har bir bob nazariy material bilan birga amaliy misollar, psevdokodlar va mustaqil ishlash uchun topshiriqlarni o'z ichiga oladi
-
Elektrodinamika
Mazkur darslik nazariy fizika kursining elektrodinamika qismiga bag'ishlangan bo'lib maxsus nisbiylik nazariyasi mikroskopik va makroskopik elektrodinamika bo'limlarini qamrab oladi.
-
Elektrodinamika
Maxsus nisbiylik nazariyasi asoslari. Relativistlik mexanika. Elektromagnit maydondagi zaryad
-
Technical writing and professional communication for nonnative speakers of english
Technical writing and professional communication for nonnative speakers of english
-
-
-
Sun'iy intelekt (Hisoblash agentlarining asoslari) II jild
Sun'iy intelekt (Hisoblash agentlarining asoslari) II jild
-
Boshlang‘ich sinflarda lug‘at ustida ishlash metodikasi
Mazkur darslik Ona tili- o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” fanining o‘quv dasturi va sillabusiga muvofiq yaratilgan. Unda boshlang‘ich sinflarda lug‘at ustida ishlash metodikasi, bosqichlari yoritilgan. Ushbu darslik pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim talabalari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va bolalar nutqini rivojlantirish muammolari bilan ishlovchi mutaxassislarga mo‘ljallangan
-
Ichki yonuv dvigatellariga qo‘yiladigan talablar
"Ichki yonuv dvigatellariga qo'yiladigan talablar" fani transport vositalari, qishloq xoʻjaligi texnikalari, maxsus mashinalar hamda energetik qurilmalarda qo'llaniladigan zamonaviy dvigatellarni loyihalash, ularning konstruktiv tuzilishini tahlil qilish va muhandislik hisoblarini bajarishning nazariy hamda amaliy asoslarini o'rgatuvchi muhim mutaxassislik fanlaridan biri hisoblanadi. Mazkur darslikda ichki yonuv dvigatellarining ishlash prinsipi, asosiy mexanizmlari va tizimlari, termodinamik hamda gazodinamik jarayonlari, konstruktiv elementlari, detallar mustahkamligi, issiqlik va mexanik hisoblari, shuningdek dvigatelning asosiy parametrlarini aniqlash usullari batafsil yoritilgan. Darslikda porshen, shatun, tirsakli val, gaz taqsimlash mexanizmi, sovitish, moylash va ta'minlash tizimlari konstruktsiyasi hamda ularning hisoblash metodikalari ilmiy va amaliy jihatdan izchil bayon etilgan. Darslikda zamonaviy dvigatellarda qo'llanilayotgan innovatsion texnologiyalar, elektron boshqaruv tizimlari, energiya tejamkorlik masalalari va ekologik talablar ham keng yoritilib, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy loyihalash ko'nikmalari bilan uyg'unlashtirishga alohida e'tibor qaratilgan.
-
Mexanizm va mashinalar nazariyasi. Mashina detallari
"Mexanizm va mashinalar nazariyasi. Mashina detallari" nomli darslikda: kirish, mexanizmning tuzilishi va erkinlik darajalari, richagli mexanizmlarning kinematik tadqiqoti, sterjenli mexanizmlarning kinematik tadqiqoti, grafoanalitik usul, mexanizmlarning kinematik tadqiqoti, kulachokli mexanizmlar, aylanma harakatni uzatish, tishli mexanizmlar kinematikasi, planetar mexanizmning sintezi, tishli uzatmalardagi ilashmaning asosiy nazariyasi, tishli g'ildiraklarning tayyorlash usullari, tishli ilashmalarning turlari, richagli mexanizmlar sintezi, mashina detallarining loyihalash asoslari, rezbali birikmalar, shponkali va shlitsali birikmalar, parchin mixli birikmalar, payvand birikmalar, uzatmalar va ularning turlari, tishli uzatmalar, konussimon tishli uzatmalar, chervyakli uzatmalar, friksion uzatmalar va variatorlar, tasmali uzatmalar, zanjirli uzatmalar, vallar va o'qlar, podshipniklar, muftalar, yuk ko'tarish va tashish mashinalari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan
-
Mashinasozlik texnologiyasida resurs tejamkor texnologiyalar
Mazkur "Mashinasozlik texnologiyasida resurstejamkor texnologiyalar" darsligida mashinasozlikda material, energiya va mehnat sarfini kamaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, detallar ishonchliligi va xizmat muddatini uzaytirishga xizmat qiluvchi zamonaviy materiallar, texnologiyalar, mustahkamlash usullari va nanotexnologiyalar yoritilgan.
-
Surdopedagogika
“Surdopedagogika” nomli darslik 60110300 – Maxsus pedagogika (surdopedagogika) yo‘nalishi bakalavr bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalashning nazariy hamda amaliy asoslarini yoritishga qaratilgan. Ushbu darslikda surdopedagogikaning fan sifatida shakllanishi, eshitish buzilishlarining turlari va sabablari, kar va zaif eshituvchi bolalarning psixofiziologik rivojlanish xususiyatlari, nutq va bilish jarayonlarining o‘ziga xosligi ilmiy-nazariy jihatdan bayon etilgan.
-
Surdotarjimonlik praktikumi
O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim tizimining rivojlanishi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishni talab etadi. Shu jarayonda surdotarjimonlik faoliyati muhim pedagogik ko‘prik vazifasini bajaradi. Mazkur darslikning maqsadi — bo‘lajak surdotarjimon va surdopedagoglarni inklyuziv muhitda samarali ishlashga ilmiy va metodik jihatdan tayyorlashdir. Unda imo-ishora nutqi, daktilologiya hamda og‘zaki nutqni rivojlantirish masalalari tizimli va amaliy yo‘nalishda yoritiladi.
-
RIVOJLANISHIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARNING LOGOPEDIK REABILITATSIYASI
Ushbu fan rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarda namoyon bo'ladigan kamchiliklari to'g'risida aniq, ravshan tasawur berish hanida ulardagi kamchiliklarini bartaraf etish, korreksiya, kompensatsiya, reabilitatsiya qilish ishlari bo 'yicha ko'nikma va malakalarni shakllantIrish asosi hisoblanadi.
-
-
RANGTASVIR
Ushbu darslik rangtasvir faniga nazariy va amaliy materiallar berilgan. Darslikda tasviriy san'at texnologiyasi haqida hamda akvarel va guash bo'yog'i texnikasi ishlatishi haqida berilgan.