-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Geografiya o`qitish metodikasi
Ushbu darslikda unda bo`lg`usi geografiya o`qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini tarkib toptirish va rivojlantirish uchun zarur bo`lgan geografiya o`qitish metodikasining maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi, geografiya o`qitishning dolzarb muammolariga doir ma`lumotlari o`z ichiga olgan.
-
Tikuv buyumlar texnologiyasi
Ushbu darslik bakalavrlar uchun mo’ljallangan bo’lib, tikuv buyumlari ishlab chiqarish texnologik jarayoni bosqichlari, kiyim detallarini biriktirish usullari, buyumga namlab - isitib ishlov berish, kiyim detallariga dastlabki ishlov berish, ustki va yengil kiyim tikish, hamda tikuv trikotaj buyumlari texnologiyasini o’rganishga asoslangan. “Tikuv buyumlari texnologiyasi” darsligi 5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari) hamda 5111000 – Kasb ta’limi (Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari) ta’lim yo’nalishidagi bakalavrlar uchun ixtisoslik fanlaridan nazariy va amaliy mashg’ulotlar hamda mustaqil ta'lim va kurs loyihasi, diplom loyiha ishlarini bajarish uchun tavsiya etiladi.
-
Ipak qurti seleksiyasi
Darslikda ipak qurti seleksiyasi, uning respublika pillachiligini rivojlantirishdagi o`rni, ipak qurtining zotlarini seleksiya qilish usullari, dastlabki manbadan foydalanish, tanlash, chatishtirish usullari, ipak qurtining jinsini boshqarish va klonlashtirish ishlarini o`rgatadi. Shuningdek, ipak qurtida geterozis va uning boshqarish, ipak qurtini respublikamizda yaratilgan asosiy zot va duragaylari, ularni davlat sinovidan o`tkazish, naslchilik ishlari kabi jarayonlar to`g`risida to`liq ma`lumotlar berilgan.
-
Raqamli mobil aloqa vositalari
Ushbu darslikda to`rtinchi avlod va keng polosali aloqa tizimlarining rivojlanishi, 4G avlod tizimlari haqida asosiy tushunchalar, mobil va keng polosali aloqa tizimlarining keyingi rivojlanish istiqbollari ko`rib chiqilgan. Harakatdagi radioaloqa tizimlarining rivojlanish tahlili, ularning sinflarga bo`linishi, sotali tizimlarining evolyutsiyasi keltirilgan. LTE mobil aloqa texnologiyalarining, Wi-Fi va WiMAX keng polosali simsiz aloqa tizimlarining o`ziga xos xususiyatlari ko`rsatilgan.
-
Тут ипак қурти биологияси ва эмбриологияси
Дарсликда ипак қуртининг ҳайвонот оламида тутган ўрни, морфологияси, анатомияси ва органлар танада жойлашиши, тузилиши ва уларнинг вазифаси атрофлича ёритилган.
-
Цифровая экономика
В учебнике дается общее представление о цифровой экономике и связанных с ее развитием технологиях, описываются новые объекты управления - платформы и экосистемы бизнеса, новые принципы управления бизнесом и подходы к организации маркетинга с примерами из зарубежной и российской практики.
-
Ипак қурти наслчилиги ва уруғчилиги
Ушбу дарсликда зот ва линиялар, уларнинг классификацияси, селекция ишлари, янги зот яратиш, уларнинг ичида танлаш ишларини олиб бориш, танлов ва ишлаб чиқаришда синаш ишларини ўтказиш ҳамда ипак қурти наслчилик станцияларида суперэлита, элита уруғларини тайёрлаш ишлари атрофлича ёритилган.
-
Ishonchlilik nazariyasi va diagnostik asoslari
Darslikda transport vositalarining texnik holati, ishlash qobiliyati, qism va birikmalarining har xil omillat ta'sirida eskirishi, yeyilishi haqida tushuncha berilgan bo'lib, ularning ishonchliligi bayon etilgan hamda ekspluatatsiya jarayonida buyumlarni ishonchlilikka sinash va ishonchlilik xususiyatlari ko'rsatkichlarini qo'llash usullari yoritigan. Shuningdek, transport vositalari ishonchliligini oshirish yo'lida ayrim konstruksion va ekspluatatsion choralar bo'yicha tavsiyalar berilgan. Diagnostik tashqi belgilar, parametrlar va me'yorlar, obyektning texnik holati ta'riflangan. Diagnostikaning umumiy jarayoni va texnik diagnostika vositalariga qo'yiladigan talablar, transport vositalarini diagnostikalsh usullari va diagnostikalash vositalari tasnifi hamda diagnostika samaradorligini baholash bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.
-
Maxsus cholg`u
Ushbu darslikda doira san`atining tarixi va rivojlanishiga bog`liq ma`lumotlar bilan bir qatorda mashhur ustoz doira ijrochilari tomonidan ijro etilib, og`zaki ravishda shogirdlarga etkazib kelingan yirik asarlar o`rin olgan.
-
Sud va huquqni muhofaza qilish organlari
Darslikda O'zbekiston Respublikasida amalda bo'lgan qonunchilikka, Oliy sud Plenum qarorlariga asoslangan holda huquqni muhofaza qilish faoliyatining tushunchalari, uning belgilari, funksiyalari, sud hokimiyatining mohiyati hamda O'zbekiston Respublikasi sud tizimiga tavsif beriladi.
-
Organik kimyo
Darslikda organik kimyoning nazariy asoslari, uglevodorodlar, spirtlar, aldegidlar va ketonlar, karbon kislotalar, efirlar, uglevodlar, oqsillar, aromatik birikmalar, terpenlar, geterosiklik birikmalar kabi eng muhim organik moddalar haqida bayon qilingan.
-
Qurilishda metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati
Darslik bino va inshootlarni loyihalash, konstruksiyalarni sinash va hisoblash, ularni qurilish jarayonida baholash (metrologiya, material va konstruksiyalarni tayyorlash jarayonida sifat nazoratini amalga oshirish, hamda standartlash ishlarini boshqarish va boshqa qurilishdagi dolzarb masalalarga bag'ishlangan). «Qurilishda metrologiya, standartlash va sifat nazorati« darsligi bino va inshootlarni sinash usullari va vositalari haqida saboq beradi.
-
Макроэкономика
В учебнике дано систематическое изложение основных макроэкономических проблем и моделей. Отличительной особенностью учебника является то, что он представляет собой полный учебно-методический комплекс. В каждой главе выделяются, наряду с теоретической частью, основные понятия, вопросы для обсуждения, задачи и принципы их решения, тесты, рекомендуемая литература. Содержание многих категорий раскрывается авторами не только в теоретическом аспекте, но и с учетом осуществления макроэкономических процессов в переходной экономике.
-
Основы прикладной антропологии и биомеханики
В книге приведены элементы нормальной и пластической анатомии, сведения об антропоморфологических признаках, определяющих внешнюю форму тела человека, и биомеханических основах управления движениями человека. Рассмотрены методы исследования размеров тела человека и принципы современной размерной антропологической стандартизации. Изложены усовершенствованная методика построения размерной типологии взрослого и детского населения и принципы перехода от антропометрических к конструкторским стандартам. Рассмотрены перспективы совершенствования размерной типологии и использования трехмерных компьютерных моделей для проектирования внешней формы тела человека и одежды.
-
Baliqchilik gidroinshoatlari va mexanizatsiyalash
Darslik Oliy ta’limning 400000 - Qishloq va suv xo'jaligi bilim sohasi, 410000-Qishloq, o ’rmon va baliq xo'jaligi ning ta’lim sohasi. 5410600 -Zooinjeneriya (baliqchilik) ta’lim yo'nalishining tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo'yiladigan umumiy talablari asosida yozildi. Darslikda baliqchilik gidroinshoatlari va mexanizatsiyalash, uning tarkibiy qismlari, gidrotexnik qurilmalar, baliqchilik xo'jaliklaridagi asosiy ishlab chiqarish jarayonlari va ularni mexanizatsiyalash uchun ishlatiladigan texnika vositalari tizimi, ularning vazifalari, tuzilishi, ishlashi va ulardan oqilona foydalanish asoslari to'g'risida ma’lumotlar yoritilgan. Darslikdan qishloq xo'jalik oliy va o'rta maxsus ta’lim o ‘quv yurtlarining Zootexniya ta’lim yo’nalishi bo'yicha ta’lim olayotgan talabalar, havza baliqchiligi xo jaliklarining ishchi - texnik xodimlari va mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
-
Don va don maxsulotlari ekspertizasi
Darslikda don va uni qayta ishlash mahsulotlari bо‘lgan yorma, un, makaron mahsulotlari, don asosidagi oziqaviy konsentratlarning tovarshunoslik nuqtai – nazaridan baholash va sifatini ekspertiza qilish muammolari bayon etilgan. Bu mahsulotlaring tо‘liq tavsifi, ishlab chiqarishda sifatini shakllantiruvchi omillar keltirilgan. Boshoqli, dukkakli, yog‘li urug‘lar turlari, ularining halq xо‘jaligidagi ahamiyati, botanik tavsifi, kimyoviy tarkibi, xillari, navlari va sifat kо‘rsatkichlari yoritilgan. Darslik 5321000 – Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi (Don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash) yо‘nalishi talabalari uchun mо‘ljallangan bо‘lib, soha xodimlari ham foydalanishlari mumkin. “Don va don mahsulotlari ekspertizasi” fanidan darslik 5321000 - Oziq-ovqat texnologiyasi (Don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash) bakalavr ta’lim yо‘nalishi uchun tasdiqlangan О‘zbekiston Davlat Ta’lim standarti hamda yо‘nalishning fan dasturlariga asoslangan holda yozilgan.