-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
Tabiiy bilimlar zamonaviy konsepsiyasi
Ushbu darslik tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyalarini yoritib beradi. Unda tabiat qonuniyatlari, biologiya, fizika, kimyo, geologiya va ekologiya fanlarining integratsiyasi, inson faoliyatining tabiatga ta'siri, global ekologik muammolar, yer kurrasidagi demografik o'zgarishlar va energetika resurslari bilan bog'liq dolzarb masalalar atroflicha tahlil qilingan. Kitob bugungi kundagi ilmiy-texnik taraqqiyotning tabiat bilan o'zaro bog'liqligini va barqaror rivojlanish uchun zarur bo'lgan ilmiy asoslarni o'z ichiga oladi.
-
Suv xo‘jaligi qurilishini tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish
Ushbu darslikda suv xo‘jaligi qurilishini tashkil qilish, rejalashtirish va uni boshqarish bo‘yicha nazariy va amaliy asoslar bayon etilgan. Asarda suv xo‘jaligi sohasidagi qurilish obyektlari, ularni loyihalash va boshqaruv tizimlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, respublikamizdagi suv xo‘jaligi obyektlarining o‘ziga xos xususiyatlari, qurilish ishlarini tashkil etishning optimal variantlari, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rivojlantirish hamda suv resurslaridan samarali foydalanish strategiyalari keltirilgan. Kitob oliy o‘quv yurtlarining irrigatsiya va melioratsiya yo‘nalishidagi talabalari, gidrotexnika qurilishi mutaxassislari hamda soha rahbarlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, suv xo‘jaligini boshqarishda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llashga xizmat qiladi.
-
STATISTIKA
Ushbu darslik statistika fanining nazariy va amaliy asoslarini qamrab olgan bo‘lib, ikki qismdan iborat: statistika nazariyasi va iqtisodiy statistika. Unda statistika predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati, o‘rtacha miqdorlar, variatsiya ko‘rsatkichlari, korrelyatsion va regression tahlil, dinamika qatorlari, iqtisodiy indekslar, milliy hisoblar tizimi, aholi va mehnat bozori statistikasi hamda makroiqtisodiy faoliyat natijalari batafsil yoritilgan. Darslik oliy o‘quv yurtlari talabalari va magistrlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan amaliyotchi mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
-
STATISTIKA
Darslikda statistikani tarixi, rivojlanish bosqichlari, tashkil etilishi, predmeti va vazifalari, statistik kuzatish ma’lumotlariga ishlov berish metodlari, statistik ko‘rsatkichlar, o‘rtacha miqdorlar, variatsiya ko‘rsatkichlari, tanlab kuzatish, dinamika qatorlari, statistik indekslar, o‘zaro bog‘liqlanishlarni statistik o‘rganish, aholi statistikasi, mehnat bozori statistikasi, milliy boylik statistikasi, moliya bozori statistikasi, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash uslubiyati va ularning o‘zaro bog‘liqligi, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish sohalarining statistik ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish xarajatlari va moliyaviy natijalar statistikasi, milliy hisoblar tizimi ko‘rsatkichlarini hisoblash va ularning iqtisodiy statistik tahlili metodologiyasi keng yoritilgan.
-
Sport tibbiyoti
Darslik sport tibbiyotini o‘rganishning yangi dasturiga mos holda tuzilgan bo‘lib, unda zamonaviy tibbiyotning yutuqlarini inobatga olgan holda sport tibbiyotining vazifalari va mazmuni, umumiy va mahalliy patologiyalarning sport tibbiyoti nuqtai nazardan asoslari, kishi tanasiga muntazam ravishdagi sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sportning ta’siri, shifokor nazoratining uslubi, turli sport mutaxassisligi bo‘yicha vakillari ustidan o‘z vaqtida, joriy va bosqichli shifokor-pedagogik nazoratning asosiy tamoyillari, musobaqalarni tibbiy jihatdan ta’minlash hamda sportcha patologiya va o‘tkir holatlar, sportchilar tanasining yosh va jinsga ko‘ra faol imkoniyatlari, ularning chiniqqanlik darajasi kabi masalalar o‘z ifodasini topgan.
-
Sport pedagogik mahoratini oshirish: yengil atletika
Ushbu darslik O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti yengil atletika ixtisosligi talabalariga mo'ljallangan bo'lib, darslikda yengil atletika bo'yicha sport pedagogik mahoratini oshirishga, ya'ni mashg'ulotlarni rejalashtirish, yillik tayyorgarlikning bosqich va davrlarida yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, ko'pkurash turlarida mashg'ulotlarni olib borish, o'tkazish bo'yicha sportchilarni tayyorlash tizimini ochib bergan.
-
Sotsiologiya tarixi
Ushbu darslik sotsiologiya ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, sotsiologiya fanining tarixi, uning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, mumtoz sotsiologlar konsepsiyalari va sotsiologik maktablarni tizimli yoritib beradi. Kitobda Ogyust Kont, Gerbert Spenser, Emil Dyurkgeym, Maks Veber, Vilfredo Pareto, Pitirim Sorokin, Talkott Parsons va Robert Merton kabi yirik olimlarning qarashlari tahlil qilinib, har bir mavzu bo'yicha savol va topshiriqlar, asosiy tushunchalar keltirilgan.
-
Slovenčina pre cudzincov
Učebnica Slovenčina pre cudzincov je koncipovaná ako komplexný sprievodca slovenským jazykom pre zahraničných študentov a záujemcov, pričom využíva 15 tematicky zameraných lekcií na rozvoj komunikačných schopností v bežných situáciách. Obsah je spracovaný v malých, prehľadných krokoch s bohatými ilustráciami, tabuľkami a gramatickými vysvetleniami, ktoré sú zrozumiteľné aj pre nefilológov. Publikácia kladie dôraz na praktické využitie jazyka, zahŕňa monológové a dialógové texty, základnú gramatiku ako skloňovanie a časovanie, a je doplnená o audionahrávky, čo umožňuje efektívnu prácu samoukom pri osvojovaní si výslovnosti a slovnej zásoby.
-
Slovenčina pre cudzincov. 2. časť
2. časť učebnice Slovenčina pre cudzincov vznikla na základe skúseností pedagógov stredísk jazykovej a odbornej prípravy zahraničných študentov s výučbou slovenčiny ako cudzieho jazyka. Učebnica voľne, ale konzekventne nadväzuje na 1. časť učebnice. Texty sa zväčša opierajú o články a úryvky z novín, časopisov a kníh a podávajú sa v skrátenej a mierne adaptovanej forme. Sú formou a obsahom volené tak, aby umožnili rozličné formy práce a aby študent spoznal slovenčinu v čo najširšom zábere.
-
Siyosatshunoslik
Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida siyosatshunoslik fanini o‘qitish uchun belgilangan davlat ta’lim standartlari va ishlab chiqilgan o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. Unda zamonaviy siyosiy fanning eng muhim muammolari, uning o‘ziga xos jihatlari, asosiy kategoriya va paradigmalari tahlil qilinadi. Shuningdek, siyosatshunoslikning predmeti, mazmuni va vazifalari, ijtimoiy-siyosiy ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanishi, Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy fikrning asosiy bosqichlari atroflicha yoritiladi. Darslikda xorijiy va milliy manbalardan keng foydalangan holda jamiyat hayotida siyosatning roli va zamonaviy siyosiy tizimning o‘rni, siyosiy hokimiyat, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat konsepsiyalari, partiyaviy va saylov tizimlari, siyosiy yetakchilik, jamiyat siyosiy hayotining demokratik asoslari, siyosat, din va mafkura o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, xalqaro siyosat, siyosiy madaniyat, siyosiy nizolar, siyosiy modernizatsiya, geosiyosat va siyosiy globalizm masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
-
Siyosatshunoslik
Mazkur darslik davlat ta'lim standartlari talablariga muvofiq tayyorlangan bo'lib, unda Siyosatshunoslik fanining mavzui, tadqiqot usullari, qonun va kategoriyalari, siyosiy g'oyalar va ta'limotlarning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari, jamiyat siyosiy tizimining ilmiy nazariyasi, davlat hokimiyati mexanizmi, siyosiy partiyalar, siyosiy madaniyat, siyosiy ong va mafkura masalalari yoritilgan. Shuningdek, darslikda davlat hokimiyati tashqi siyosati faoliyatining dolzarb muammolari, xalqaro tizim, xalqaro siyosat, xalqaro terrorizm, mintaqaviy mojarolar va xalqaro tashkilotlarning ahamiyati tahlil etilgan.
-
Siyosatshunoslik
Mazkur darslik davlat ta’lim standartlari va O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida siyosatshunoslik fanini o‘qitish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur asosida tayyorlangan bo‘lib, unda siyosatshunoslikning predmeti, tarkibi va vazifalari, jahon ijtimoiy-siyosiy tafakkuri rivojining asosiy bosqichlari, Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy tafakkur rivoji, jamiyatning siyosiy tizimi, hokimiyat va partiyalar, siyosiy yetakchilik, jamiyat siyosiy hayotining demokratik asoslari, siyosat, din va mafkuraning o‘zaro aloqasi, xalqaro siyosat va xalqaro munosabatlar, xalqaro terrorizm va unga barham berishning siyosiy-huquqiy choralari, umuminsoniy madaniyat tizimida siyosiy madaniyat kabi dolzarb masalalar o‘z ifodasini topgan.
-
Siyosatshunoslik
Mazkur darslik davlat ta'lim standartlari asosida tayyorlangan bo'lib, unda siyosatshunoslikning predmeti, tarkibi va vazifalari, ijtimoiy-siyosiy ta'limotlarning shakllanishi va rivojlanishi, Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy tafakkur rivojining asosiy bosqichlari, jamiyat hayotida siyosat va siyosiy tizim, siyosiy hokimiyat va ko'ppartiyaviylik, siyosiy yetakchilik, jamiyat siyosiy hayotining demokratik asoslari, siyosat, din va mafkuraning o'zaro aloqasi, xalqaro siyosat va xalqaro munosabatlar, xalqaro terrorizm va unga barham berishning siyosiy-huquqiy choralari, umuminsoniy madaniyat tizimida siyosiy madaniyat kabi dolzarb masalalar o'z ifodasini topgan.
-
Shaharsozlik asoslari va landshaft arxitekturasi
Ushbu darslik arxitektura ta'limi yo'nalishi talabalari uchun «Landshaft arxitekturasi» fani bo'yicha yozilgan. Bu fan ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismda landshaft arxitekturasining evolutsion tarixi, ya'ni genezisi – qadimiy bog'dorchilikdan XX asr boshining bog'-park san'ati va landshaft arxitekturasigacha ochib berilgan. Ikkinchi qismda landshaft arxitekturasining zamonaviy rivojlanishi va talablari yoritilgan. Ushbu kitob landshaft arxitektura, shaharsozlik, dizayn, shahar va qishloq xo'jaligi qurilishi va boshqa kollej, litsey, bakalavriatura, magistratura talabalari, arxitektorlar, qurilish injenerlari, yer shakllantirish mutaxassislari va barcha landshaft arxitekturasi bilan qiziquvchilarga mo'ljallangan.
-
Shahar va sanoat ekologiyasi
Mazkur darslik bakalavriat bosqichining 5630100 – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda shahar ekologiyasining shakllanishi, tabiiy va sun’iy ekotizim, shaharlarning inson salomatligiga ta’siri, urbanizatsiya jarayoni va uning oqibatlari, ekologik ko‘rsatkichlar, shahar havosi va unga qo‘yilgan talablar, sanoatlashuv hamda uning ekologik oqibatlari, sanoat chiqindilarini qayta ishlash, texnogen landshaftlarni optimizatsiyalash, sanoat zonalaridagi ekologik vaziyatni yaxshilash kabi fan mazmunini tashkil etuvchi asosiy masalalar yoritilgan.
-
Selluloza va qog'oz ishlab chiqarish texnologiyasi
Ushbu darslikda tolali yarim tayyor mahsulot, qog'oz va qalin qog'oz ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari, yog'och massasini ishlab chiqarish, sellyuloza olish usullari, qog'oz ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyo turlari, shuningdek, qog'ozni qayta ishlash, pardozlash va sifatini yaxshilash nazariyasi va amaliyoti to'liq yoritilgan. Kitob O'zbekistondagi qog'oz sanoatining rivojlanish tarixi, texnologik bosqichlari hamda zamonaviy ishlab chiqarish korxonalaridagi jarayonlar haqida batafsil ma'lumot beradi.