-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
-
-
-
-
Iqtisodiyot nazariyasi
Darslikda hozirgi davrda iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog‘liq nazariy qarashlar va qonunlar, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha ma’ruzalarida berilgan tavsiyalar, qabul qilingan qonunlar, qarorlar va statistik ma’lumotlar keltirilgan. Darslik tushunarli, ravon yozilgan bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari bakalavr talabalari, yosh o‘qituvchilar, biznes va tadbirkorlik kursi tinglovchilari hamda iqtisodiyot sohasi bilan qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. Ushbu darslik «Iqtisodiyot nazariyasi» fani bo‘yicha namunaviy dastur asosida yozilgan. U besh bo‘limdan iborat bo‘lib, talabalar har bir bo‘limini chuqur anglab olishlariga xizmat qiladi. «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligining tarkibiy tuzilishi iqtisodiy mavzular bo‘yicha fikrlash va tegishli xulosalar chiqarishni ta’minlaydi.
-
Iqtisodiy ta'limotlar tarixi
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlari bakalavrlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda iqtisodiy ta’limotlarning tarixiy rivojlanishi, turli davrlardagi olimlar va mutafakkirlarning qarashlari, zamonaviy iqtisodiy maktablar va ularning nazariyalari tizimli ravishda yoritilgan. Darslikda iqtisodiy fikrlar tarixidagi asosiy yutuqlar, iqtisodiy resurslar, bozor mexanizmlari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi, shuningdek, talabalarga iqtisodiy hodisalarni mustaqil tahlil qilish va to‘g‘ri xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam beradi.
-
Iqtisodiy bilim asoslari
Ushbu darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda milliy iqtisodiyotimiz asoslari, bozor munosabatlari, talab va taklif qonuniyatlari, soliq tizimi hamda oila iqtisodiyoti bo‘yicha fundamental bilimlar sodda va tushunarli tilda, hayotiy misollar yordamida yoritilgan.
-
Iqtisodiy bilim asoslari 9
Ushbu darslik 9-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, iqtisodiy bilimlar, tadbirkorlik asoslari, bozor iqtisodiyoti, davlat va iqtisodiyot, soliq tizimi, iqtisodiy o'sish, inflatsiya, ishsizlik hamda jahon iqtisodiyoti bo'yicha nazariy va amaliy ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
-
Основы экономических знаний
Учебник предназначен для учащихся 8 класса средних общеобразовательных школ и знакомит их с ключевыми понятиями экономической науки. Книга охватывает широкий спектр тем, включая основы экономики, рыночные механизмы, экономику домашнего хозяйства, спрос и предложение, конкуренцию, а также налоговую систему. Материал структурирован для самостоятельного изучения, дополнен практическими заданиями, иллюстрациями, формулами и дополнительной информацией, направленной на формирование экономической культуры и расширение кругозора учащихся в соответствии с современными требованиями.
-
Internet tarmoqlari va xizmatlari
Ushbu darslikda internet tarmog‘ining tuzilishi, komponentlari, foydalanuvchilarning internet tarmog‘iga ulanish usullari, ularning texnik tavsiflari, internet tarmog‘i texnologiyalari, internet tarmog‘ida ma’lumotlarni uzatish tamoyillari, internet tarmog‘ida OSI modeli, tarmoq protokollari va internet xizmatlarining tashkil etilishi atroflicha yoritilgan bo‘lib, darslik axborot texnologiyalari universitetining barcha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi korxonalari muxandis xodimlari uchun mo‘ljallangan.
-
Inson falsafasi
Darslik Falsafa magistratura mutaxassisligi fanlari turkumiga kiradi, uning mazmuni DTS va namunaviy dastur mazmuniga mos. Darslik ikki qismdan iborat. Birinchi qismda inson o‘ta faol va o‘zgaruvchan fenomen degan g‘oya ilgari suriladi. Zotan inson haqidagi mistik ta’limotlar klassik falsafiy nazariyalar, fizika, biologiya va psixologiya sohasidagi eng yangi kashfiyotlar bilan bog‘liq, ammo bu insonning butunlay yangi obrazi yaratilishiga olib kelgani yo‘q. Darslikning ikkinchi qismida dindorlik hodisasi madaniyat, ayrim ijtimoiy va tabiiy fanlarning keng ma’lumotlari yordamida kompleks tahlil qilinadi.
-
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti asosida yaratilgan bo‘lib, unda kompyuter grafikasi, Photoshop dasturida ishlash, web-sahifa yaratish asoslari, Macromedia Flash 8 dasturi hamda axborot xavfsizligi va tarmoqlar xavfsizligini ta’minlash usullari yoritilgan.
-
Informatika va axborot texnologiyalari
Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi umumiy o'rta ta'lim davlat ta'lim standartlari hamda informatika va axborot texnologiyalari fani bo'yicha malaka talablari asosida yaratilgan. Darslikda Microsoft Office Excel elektron jadvalida ishlash, mantiqiy va matematik funksiyalar bilan ishlash, MS Access 2010 ma'lumotlar bazasini tashkil etish, ma'lumotlar omborida jadvallarni o'zaro bog'lash, shuningdek, Delphi dasturlash muhitida interfeys ilovalarini yaratish asoslari yoritilgan.
-
Informatika va axborot texnologiyalari
Ushbu darslik 6-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter dasturiy ta'minoti, xususan, matn muharrirlari va matn protsessorlari bilan ishlash asoslari qiziqarli va ko'rgazmali tarzda yoritilgan. Darslik yordamida o'quvchilar matn hosil qilish, hujjatlar tayyorlash, tahrir qilish va bezak berish bo'yicha amaliy ko'nikmalarni egallaydilar hamda kompyuterning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishadilar.
-
Informatika va axborot texnologiyalari. 7-sinf uchun darslik
Mazkur darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, informatika fanining asoslari, axborot tushunchasi, bilish jarayoni, kompyuter texnologiyalari va ulardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Darslikda axborotni to‘plash, uzatish, saqlash va qayta ishlash qonuniyatlari hamda zamonaviy axborot texnologiyalarining jamiyatdagi ahamiyati yoritilgan.
-
Informatika
Ushbu darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, informatika fanining asosiy tushunchalari, kompyuterda ishlash qoidalari, xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiyena talablari bilan tanishtiradi. Kitob o‘quvchilarga kompyuterdan to‘g‘ri va samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
-
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari
Ushbu darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda kompyuterlar va ularning tuzilishi, operatsion tizimlar, elektron jadvallar bilan ishlash, hujjatlarda rasmlar va jadvallarni joylashtirish hamda diagrammalar yaratish kabi mavzular yoritilgan. Darslik zamonaviy axborot texnologiyalari asoslarini o‘rganish, informatika fanining tarixiy rivojlanishi va kompyuter savodxonligini oshirishga qaratilgan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.
-
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari
Ushbu darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda informatika fanining asoslari, algoritmlash jarayonlari, masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari hamda amaliy mashqlar tizimli ravishda bayon etilgan. Kitob o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga va kompyuter savodxonligini oshirishga qaratilgan.
-
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
Darslik magistratura mutaxassisligi adabiyotlari turkumiga kiradi hamda davlat ta'lim standartlari va namunaviy o'quv dasturi mazmuniga mos. Unda fanning ijtimoiy madaniy jarayon sifatida rivojlanishi, ijod, ilmiy tadqiqot va bilish jarayoni uyg'unligi, kashfiyot va ixtirolar, innovatsiya va novatsiyalarning o'zaro aloqadorligi, metodologik yondashuvlar hamda olimning ijtimoiy mas'uliyati kabi ilmiy faoliyatni tashkil etishning nazariy asoslari yangilangan tafakkur nuqtai nazaridan keng qamrovli yoritib berilgan. Darslik majmuasidan barcha oliy o'quv yurtlarida magistratura mutaxassislari va umuman ilmiy tadqiqot va ijod muammolari bilan shug'ullanuvchi stajyor tadqiqotchi-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, professor o'qituvchilarga mo'ljallangan.
-
ILMIY ISH ASOSLARI
Oliy ta’lim muassasalari bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun “Ilmiy ish asoslari” fanidan yaratilgan mazkur darslik namunaviy dasturda ko‘zda tutilgan ma’ruzalar mavzulari va ular bo‘yicha o‘tkaziladigan seminar mashg‘ulotlarini qamrab olgan bo‘lib, unda har bir ma’ruzaning qisqacha mazmuni, seminar mashg‘ulotlari uchun tarqatma-didaktik materiallar, o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar, o‘zini o‘zi tekshirish testlari, fanga oid terminlarning izohli glossariysi, shuningdek, talabalar mustaqil bajarishlari uchun amaliy topshiriqlar berilgan.