-
-
-
Geodeziya. Kartografiya
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Tutash muhitlar mexanikasi
Ushbu o'quv qo'llanma mexanika va matematik modellashtirish yo'nalishi bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, tutash muhit mexanikasi fani bo'yicha deformatsiyalanuvchi muhit kinematikasiga doir namunaviy masalalar va misollarning yechimlari, mustaqil ish topshiriqlari va test savollarini o'z ichiga oladi.
-
TURIZM GEOGRAFIYASI
Mazkur o'quv materialida turizm geografiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, turizmning turlari, shuningdek mahalliy va xalqaro turizmning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, turistik resurslar, rekreatsiya geografiyasi hamda turistik faoliyatning asosiy tushunchalari tahlil qilingan.
-
KARTALARNI LOYIHALASH VA TUZISH
Mazkur o'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalarining «Geodeziya, kartografiya va kadastr» bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda kartalarni loyihalash va tuzishning nazariy asoslari, usullari, kartografik belgilanishlar, generalizatsiya va geografik kartalar haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.
-
Kartografiya
Mazkur o'quv qo'llanma oliy ta'lim tizimining geodeziya, kartografiya va kadastr yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, kartografiyaning mazmun-mohiyati, shakllanish va rivojlanish bosqichlari, xaritalarning matematik asosi hamda ulardan foydalanish masalalarini o'z ichiga oladi.
-
INJENERLIK GEODEZIYASI
Mazkur o'quv qo'llanmada injenerlik geodezik ishlarning asosiy turlari, jumladan topografik-geodezik qidiruv, chiziqli inshootlarni trassalash, inshootlar deformatsiyasini kuzatish, gidrotexnik va yer osti inshootlarini loyihalash hamda qurishdagi geodezik ishlarning nazariyasi va amaliyoti bayon etilgan. Qo'llanma oliy o'quv yurtlari bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Geodeziya (I va II qism)
O'quv qo'llanma "Geodeziya va geoinformatika" ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'qiydigan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, masofaviy ta'limdan o'qiydigan talabalar mustaqil o'rganishi va topshiriqlarni bajarishida foydalanishlari ham mumkin.
-
Optika fanidan laboratoriya ishlarini bajarish
Ushbu uslubiy qo'llanmada optika fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga doir uslubiy ko'rsatmalar bayon etilgan. Qo'llanmada zamonaviy talqin qilingan materiallar, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda virtual laboratoriyalarni bajarish hamda optika fanining yangi sohalarining fizik asoslari yoritilgan. Oliy ta'lim muassasalarining fizika va astronomiya ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tahsil olayotgan bakalavrlar uchun mo'ljallangan.
-
Statistik tahlil
Mazkur o'quv qo'llanma yangi o'quv dasturiga mos tarzda tayyorlangan nashr bo'lib, unda statistik tahlilga kirish, tahlil uchun dastlabki ma'lumotlarni tayyorlash, ma'lumotlarni tavsiflash, iqtisodiy indekslar, korrelyatsion tahlil, dinamik qatorlarning tahlili kabi statistik tahlilning muhim qirralari qamrab olingan.
-
Ekologiya o'qitish metodikasi
Mazkur o'quv qo'llanma oliy ta’lim muassasalarining Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, o'qituvchilar hamda mutaxassislar uchun mo'ljallangan bo'lib, ekologiya o'qitish metodikasining maqsadi, vazifalari, predmeti va o'rganish obyektlarini yoritadi.
-
Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
Ushbu o'quv qo'llanmada jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanini o'qitishda mavzularni zaruriy hajmda tizimli yoritish, ularni puhta o'zlashtirishni ta'minlovchi innovatsion metodlar asosidagi qiziqarli topshiriqlar, nostandart testlar, mantiqiy va alternativ testlar ifoda etilgan. Qo'llanma geografiya yo'nalishida o'qiyotgan talabalar, fan o'qituvchilari hamda keng sonli kitobxonlarning nazariy va amaliy mashg'ulotlarda bilim va malakalarini shakllanishiga xizmat qiladi.
-
ШАҲАРЛАР ГЕОГРАФИЯСИ
Ўқув қўлланмада шаҳарлар географияси фанининг предмети, объекти, вазифалари, тадқиқот усуллари, дунё шаҳарларининг пайдо бўлиши ва тарихий ривожланиш босқичлари ёритилган. Шунингдек, мамлакатимиздаги иқтисодий районлар шаҳарларининг келиб чиқиши, бажарадиган функциялари ва ривожланиши батафсил ўрганилган.
-
“MUHOFAZA QILINADIGAN TABIY HUDUDLAR EKOLOGIYASI” fanidan AMALIY MASHG’ULOTLAR O’TISH UCHUN O’QUV QO’LLANMA
Ushbu o'quv qo'llanma “Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar ekologiyasi” fanidan amaliy mashg'ulotlar o'tish uchun mo'ljallangan bo'lib, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning toifalari, maqsad va vazifalari hamda tashkil etilishi tarixi haqida ma'lumot beradi.
-
Педагогика tarixi
Mazkur o'quv qo'llanma pedagogika oliy o'quv yurtlari va universitetlar talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, qadimiy zamonlardan hozirgi kungacha bo'lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqiyotini o'rganadi. Kitobda o'zbek pedagogikasi tarixi, milliy qadriyatlar, Sharq mutafakkirlarining ilmiy-pedagogik merosi hamda ta'lim-tarbiya tizimining shakllanish bosqichlari yoritilgan.
-
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi
Ushbu o'quv qo'llanma jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlaydigan oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistrlari, o'rta maxsus ta'lim muassasaslarining o'quvchilari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya bakalavri o'quv dasturi asosida jismoniy tarbiya mutaxassisiga kasb tayyorgarligining ilmiy, nazariy va amaliy materiallari yoritilgan.
-
Экология ўқитиш методикаси
Ушбу ўқув қўлланмада экологик таълимнинг назарий асослари, ўқитиш методлари, воситалари ва уни ўқитишда миллий ғояни сингдириш масалалари берилган. Қўлланма педогогик йўналишдаги олий ва ўрта махсус таълим муассасалари талабалари, экология фанидан сабоқ бераётган профессор-ўқитувчилар учун мўлжалланган.
-
Jahon geografiyasi (Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi)
Mazkur o'quv qo'llanma oliy ta'lim tizimida geofraflar tayyorlashga mo'ljallangan bo'lib, materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi qismiga bag'ishlangan. Unda Yevrosiyo, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya va Okeaniya, Antarktida materiklari haqida qisqacha ma'lumotlar, test topshiriqlari hamda nazorat savollari berilgan. Qo'llanmadan talabalar bilan birga magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar va o'qituvchilar ham foydalanishlari mumkin.