-
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Oziq-ovqat sanoati
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
-
-
Water management in the pearl of the east
O‘qish, yozish, gapirish va ingliz tilini o‘rganishning boshqa tarkibiy qismlarini o‘z ichiga olgan ushbu qo‘llanma XXI asr ehtiyojlarini hisobga olgan holda yaratilgan.
-
Ўзбекистон: мустақиллик одимлари
Ушбу китобда сизнинг мамлакатингиз тўғрисида, унинг тарихи ва бугунги ҳаёти ва ривожланиш истиқболлари тўғрисида қисқача маълумот берилган. Сизнинг мамлакатингиз буюк давлатга айланиши учун барча имкониятлар мавжуд - Президент И.А.Каримовнинг Ватанимизни юксак даражада ривожланган, цивилизация мамлакатига айлантиришга асос бўладиган беш тамойили ва бешта шарт-шароити - буюк тарихимиз, бой маънавий меросимиз, меҳнатсевар-бунёдкор халқимиз, битмас туганмас табиий бойликларимиз ва фақат олға боришимиз учун ўзимизнинг аниқ йўлимиз бор
-
Sport anatomiyasi va biomexanikasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan o‘quv dasturi asosida yozilgan bo‘lib, pedagogik kollejlari uchun mo‘ljallangan. Unda odam tayanch-harakat organlari, muskullari, ichki organlari, sezgi organlari, yurak-qon va nerv sistemalari haqida o‘quvchilar uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar hamda mavzularga tegishli suratlar berilgan.
-
Озиқ-овқат ишлаб чиқариш ва консервалаш кимёси
Ушбу ўқув қўлланма замонавий адабиётлар асосида ёзилган бўлиб, унда 3620500 – «Қишлоқ хўжалик маҳсулотларини ишлаб чиқариш, дастлабки ишлов бериш ва сақлаш технологияси» таълим йўналиши ўқув дастури бўйича режалаштирилган барча маълумотлар келтирилган. Ўқув қўлланмада «Озиқ – овқат ишлаб чиқариш ва консервалаш кимёси» фани бўйича коллеж ўқувчиларига етарли даражада назарий ва илмий ҳамда амалий маълумотлар тўпланган.
-
Qiziqarli kimyo
Ushbu o'quv qo'llanma asosan bakalavrlar tayyorlovchi oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, akademik litsey, kasb-hu-nar kollejlari, umumta'lim maktablari o'qituvchilari va o'quvchilariga ham tavsiya qilinadi. O'quv qo'llanmada kimyo faniga oid qiziqarli tajribalar tafsilotlari, elementlar va muhim kimyoviy birikmalar to'g'risida "Bilasizmi?" nomli qiziqarli ma'lumotlar, talabalar va o'quvchilar nutqini boyituvchi kimyoviy inssenirovkalar, viktorina va topishmoqlar savollari, chaynvord va kross-vordlar hamda ularning javoblari, shuningdek, boshqa foydali maslahatlar berilgan.
-
Oliy matematika 2-qism
Ushbu o‘quv qo‘llanma oily ta’lim muassasalarining texnika va texnologiya yo‘nalishlari bakalavrlari uchun «Oliy matematika» fani dasturi asosida yozilgan bo‘lib, fanning bir necha o‘zgaruvchi funksiyalarining differensial hisobi, bir necha o‘zgaruvchi funksiyalarining integral hisobi, oddiy differensial tenglamalar va qatorlar bo‘limlariga oid materiallarni o‘z ichiga oladi.
-
Управление качеством продукции
В данном учебном пособии в доступной форме приведены основные вопросы, предусмотренные учебной программой дисциплины Управление качеством продукции. Данное учебное пособие позволит студентам по направлениям образования бакалавриатуры и по специальностям магистратуры ВУЗов самостоятельно получить основные знание.
-
Kimyo
Mazkur o‘quv qo‘llanma 8 ta bobdan iborat bo‘lib, uning birinchi bobi kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari deb nomlanib, unda fanning asosiy tushunchalari va qonunlari misollar asosida yoritilgan. 2 – bob atom tuzilishi deb nomlangan bo‘lib, bu qismda modda, birikmalarning asosini tashkil etuvchi eng kichik zarracha atomning tarkibi, uning yadro va kvant – mexanik modeli, radioaktivlik, yadro reaksiyalari haqida tushunchalar batafsil yoritilgan.
-
Макроиқтисодий таҳлил
Ўқув қўлланмада макроиқтисодий таҳлилда фойдаланиладиган асосий иқтисодий тушунчалар ва категорияларнинг моҳияти,улар орасидаги ўзаро боғлиқликлар,яратилган ижтимоий-иқтисодий ҳолатларини таҳлил қилиш ва ҳисоблаш усуллари баён этилган.Бунда иқтисодий фанларнинг ютуқлари ва жаҳон амалиёти ҳамда халқаро молия институтлари талабларига асосланган.
-
Chizma geometriyadan masalalar to'plami
Mazkur to’plam institutning YeUTT - 5521100, TVF - 5521200, kasbiy ta’lim - 5140900, TGIQ va BIQ – 558300 yo’nalishlarida taxsil olayotgan birinchi kurs talabalariga mo’ljallangan bo’lib, «Сhizma geometriya» fanining na’munaviy dasturi asosida tuzilgan. Mazkur to’plam o’qituvchilarga amaliy mashg’ulotlar o’tqazish uchun uslubiy qo’llanma sifatida ishlatilsa, talabalar uchun chizma geometriyadan masalalar yechish uchun ish daftari sifatida qo’llanilishi mumkin. To’plamda «Сhizma geometriya» fanining nuqta, to’g’ri chiziq va sirtlarga oid mavzulari bo’yicha masalalar keltirilgan.
-
Optikadan masalalar va laboratoriya ishlari to'plami
Fizika fanining xususiyatlaridan kelib chiqib, qo'llanmadan o'rin olgan har bir laboratoriya ishi va masalalar bo'yicha nazariy ma’lumotlar, nazariy-amaliy, tajriba xatoliklarini hisoblash usullari hamda talabalar uchun foydali bir qator tavsiyalar berilgan. Iqtidorli talabalar uchun ayrim laboratoriya ishlarini bajarishda va masalalarni yechishda maxsus yaratilgan dastur asosida kompyuter imkoniyatlaridan foydalanib, ko‘rgazmali pedagogik texnologiyalami qo'llash usullariga ham alohida e’tibor berilgan.Fizika fanining xususiyatlaridan kelib chiqib, qoʻllanmadan o'rin olgan har bir laboratoriya ishi va masalalar bo'yicha nazariy ma'lumotlar, nazariy-amaliy, tajriba xatoliklarini hisoblash usullari hamda talabalar uchun foydali bir qator tavsiyalar berilgan. Iqtidorli talabalar uchun ayrim laboratoriya ishlarini bajarishda va masalalarni yechishda maxsus yaratilgan dastur asosida kompyuter imkoniyatlaridan foydalanib, koʻrgazmali pedagogik texnologiyalarni qo'llash usullariga ham alohida e'tibor berilgan.
-
Биокимё
Ушбу қўлланма университетлар ва педагогика институтларининг биология факультети ва Фармацевтика институтининг агробиотехнология факультети талабалари учун ёзилган. Бу китобда биокимёдан амалий машғулотлар ўтказиш хусусидаги билимлар жамланган. Кўлланмада келтирилган кўпгина методлардан талабалар илмий-тадкикот ишларида хам фойдаланишлари мумкин.Қўлланмада келтирилган ҳар бир амалий машғулотлар мавзуси биокимё курсининг тегишли назарий боблари билан узвий боғлиқ. Ҳар қайси амалий машғулотга назарий тушунчалар берилган, ҳар бир методнинг моҳияти ва қўлланилиши кўрсатилган, бу эса ўз навбатида фанни янада чуқурроқ ўзлаштиришга имкон беради.
-
Педагогик конфликтология
Аннотация: мазкур ўқув қўлланма олий таълим муассасаларининг педагогика ва психология йўналишида таълим олувчи бакалавр ва магистрантлар, шунингдек, барча педагогик фаолият билан шуғулланувчи мутахассислар учун мўлжалланган. педагогик Китобда педагогиканинг янги соҳаларидан бири конфликтология фанининг шаклланиши, уни ўрганишнинг ўзига хосликлари, педагогик конфликтологиянинг асосий тушунчалари, ечимлари ва уларнинг таснифи каби масалалар ёритилган. Ушбу ўқув қўлланмани ёзишдан асосий мақсад, ёшларга ҳаётдаги конфликтлар бўйича кенг назарий ва амалий билимлар бериш орқали ёшларни жамиятда мустақил ва фаол фуқаро сифатидаги иштироки учун замин яратишдан иборатдир.
-
Инновацион иқтисодиёт
Ушбу ўқув қўлланма жаҳон иқтисодиётининг глобаллашуви шароитида мавжуд ресурслардан фойдаланиш самарадорлигини оширишда ҳамда ташқи бозорда рақобатбардошликни таъминлашда замонавий инновацияларга асосланган юксак технологияларни жорий этиш билан боғлиқ масалалар кўриб чиқилган.
-
Reading and writing practice. (Methodological manual for Higher Educational Institutions)
"Reading and writing practice" - Ushbu o'quv qo'llanma 60110900-Xorijiy til va adabiyot (Ingliz till) ta'lim yo'nalishi uchun mo'Ijallangan bo'lib, talabalarni zamonaviy chet tillarini o'qitishning asosiy qoidalari bilan tanishtirish; hamda boshqa fanlar bilan bog'liqligini ko'rsatish, bu fanlar metodikaning mazmuni va maqomini belgilab beradi; mavjud ta'lim konsepsiyalarini baholash ko'nikmasini shakllantirish; chet tillarini o'qitish usullari, uslublari va vositalari bilan tanishtirish hamda ularni amaliyotda samarali va ijodkorona qo'llash ko'nikmasini rivojlantirish; chet till o'qituvchisining kasbiy faoliyati tabiati va xususiyatlari haqida yaxlit tasavvur hosil qilishdir. Mustaqil ishlash uchun berilgan topshiriqlar, o'quvchilarning o'z-o'zini rivojlantirishiga yordam beradi. Mazkur o'quv qo'llanmaning tarkibidagi har bir mavzuda madaniyat, muloqot va ularning o'zaro ta 'siri haqida chuqur tushuncha beriladi. Har bir mavzu, o'quvchilarni nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy ko'nikmalar bilan ham ta'minlaydi. Mavzularni o'z ichiga olgan mustahkamlovchi mashqlar, talabalarni o'z fikrlarini ifoda etishga rag'batlantiradi.
-
Study skills
Mazkur o'quv qo 'llanma Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Mustaqil ta'lim ko'nikmalari" fan dasturi asosida 5111400 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) hamda 5120200 -"Tarjima nazariyasi va amaliyoti" yo'nalishlari bo'yicha bakalavriat yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'Ijallangan. Mazkur o'quv qo'llanmaning maqsadi talabalarga oliy ta'limning o'ziga xos xususiyatlari, ularning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o'quv usullarini tanlash, ta'limda aks ettirishning ahamiyati, o'z-o'zini baholash, maqsad qo'yish, zarur ko'nikmalarni shakllantirish uchun mustaqil rejalar tuzishni o'rgatishdan iborat.